• Tarmoq pog‘onasi
  • Transport pog‘onasi
  • Taqdimot pog‘onasi
  • Amaliy pog‘ona
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet121/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222
    Kanal pog‘onasi - xatoliklarni aniqlash va fizik darajada xatoliklarni tiklashni o‘z ichiga oladi, belgilangan uzunlikdagi kadrlar (frame) yoki qismlarni qayta ishlaydi. Ushbu pog‘onada PDU (Protocol Data Unit – ma’lumotlar bloki protokoli) odatda kadr deb ataladi. Paketlar kommutatsiyasi rejimida ishlaydigan birinchi pog‘ona hisoblanadi.
    Tarmoq pog‘onasi – aloqa tarmog‘ida paketlarni bog‘lash va marshrutlashni ta’minlaydi, xususan, chiquvchi paketlarning manzillarini qayta ishlash, kiruvchi paketlarning manzillarini dekoderlash va yuklanish darajasining o‘zgarishiga mos keladigan
    javob uchun marshrutlash ma’lumotlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
    Transport pog‘onasi - quyi darajadagi tarmoqqa kirish va mijozlar o‘rtasida xabarlarni uzatish, shu jumladan xabarlarni paketlarga ajratish, paketlar tartibini kuzatish, boshqaruv oqimlari va fizik manzillarning generatsiyasi uchun javobgardir.
    Seans pog‘onasi - jarayonlar o‘rtasida sessiyalar (aloqani o‘rnatadi, tasdiqlaydi va tamomlaydi) yoki aloqa protokollarini amalga oshiradi. Amalda, kam sonli dasturlar seans pog‘onasidan foydalanadi va kamdan-kam hollarda alohida protokollar sifatida amalga oshiriladi. Ushbu qatlamning funksiyalari ko‘pincha dastur pog‘onasining funksiyalari bilan birlashtirilib, bitta protokolda amalga oshiriladi.




    Ma’lumot Sarlavha

    Paket

    Fizik aloqa



    6.5- rasm. OSI modeli



    Taqdimot pog‘onasi - uning nomidan ko‘rinib turibdiki, tarmoq orqali uzatiladigan ma’lumotlarning tarkibini o‘zgartirmasdan taqdim etilishini ta’minlaydi. Taqdimot pog‘onasi tufayli, bitta tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan uzatiladigan ma’lumotlar, har doim boshqa tizimning amaliy pog‘onasi tomonidan tushuniladi (ya’ni tarjimon vazifasini bajaradi). Shu yerda axborot shifrlanadi va deshifrlanadi, va kerak bo‘lgan taqdirda axborotni zichlashtiradi (siqadi). Buning natijasida barcha amaliy xizmatlar uchun ma’lumotlar almashish mahfiyligi darhol ta’minlanadi. Bunga misol qilib, TCP/IP stekidagi amaliy pog‘ona protokollari uchun maxfiy xabar almashishni ta’minlaydigan SSL (Secure Socket Layer) protokolini keltirishimiz mumkin.
    Amaliy pog‘ona - bu pog‘ona tarmoq foydalanuvchilariga fayllar, printerlar yoki gipermatnli veb-sahifalar kabi umumiy resurslarga kirish, shuningdek, qo‘shma ishlarni tashkil qilish imkonini beradigan turli xil protokollar to‘plami, masalan, elektron pochta protokoli. Amaliy pog‘onada ishlaydigan ma’lumotlar birligi odatda xabar deb nomlanadi. Bu pog‘onada juda ko‘p turli xil protokollar va tegishli amaliy dastur xizmatlari mavjud. Eng keng tarqalgan tarmoq fayllarini xizmatlarining ba’zi bir turlari: TCP/IP stekidagi NFS va FTP, Microsoft Windowsdagi SMB, Nowell Netware operatsion tizimidagi NCP.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.