O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




Download 5,84 Mb.
bet118/222
Sana15.05.2024
Hajmi5,84 Mb.
#236377
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   222
Dinamik marshrutlash. A-dan B-ga xabar yuborish uchun yo‘l, ushbu xabarni yuborish vaqtida aniqlanadi. Odatda tizim boshqa tizimga ulanish orqali xabar yuboradi. Usul yuklanishlarni o‘zgartirishga moslashtirilgan, chunki u juda ko‘p ishlatiladigan ulanishlar orqali xabarlarni yuborishdan qochadi. Dinamik marshrutlash algoritmlari tarmoqning o‘zgaruvchan sharoitlariga real vaqtda moslashadi. Buni, kelgan marshrutni yangilash xabarlarini tahlil qilish orqali amalga oshiradilar. Xabarda tarmoq almashinuvi sodir bo‘lganligini bildirsa, marshrutlash dasturi marshrutlarni qayta hisoblab chiqadi va yangi marshrutlash (yangilanish) xabarlarini yuboradi. Dinamik marshrutlash algoritmlari, kerak bo‘lganda, statik marshrutlarni to‘ldirishi mumkin.
Ma’lumotlarni uzatish har doim ham muammosiz amalga oshirilmaydi. Masalan, noto‘g‘ri tugun yoki tarmoq tufayli manzilga yetib bormaslik kabi xatolarga olib keladigan sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday hollarda, marshrutizator va marshrutlash protokollari garchi ular xatoni tuzatishga harakat qilmasa ham, xatolik haqida xabar beradi. Xatolarni tuzatish tarmoq arxitekturasining boshqa darajalaridagi protokollarga qoldiriladi. Quyida biz eng ko‘p ishlatiladigan dinamik marshrutizatsiya protokollarini ko‘rib chiqamiz.
RIP (Routing Information Protocol) – eng oddiy marshrutlash protokoli hisoblanadi. U kichik kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladi. U marshrutizatorlarga qo‘shni marshrutizator tomonidan olingan yo‘l (marshrut) ma’lumotlarini dinamik ravishda yangilashga imkon beradi. RIP protokoli 15 tagacha marshrutizatorlarni qo‘llab- quvvatlaydi. RIP protokolida eng kam sonli o‘tish har doim tanlanadi. Ushbu vektor masofasini aniqlash algoritmini bajarish oson, ammo zamonaviy tarmoq sharoitida u eng yaxshi bo‘lmasligi mumkin, chunki u boshqa muhim omillarni, masalan, tarmoqli kengligi, ma’lumot ustuvorligi yoki tarmoq turini hisobga olmaydi.
OSPF (Open Shortest Path First) – bu bog‘lanish holati (link- state) texnologiyasiga asoslangan dinamik marshrutlash protokoli va
qisqa yo‘lni topish uchun Dijkstra algoritmidan foydalanadi. OSPF protokoli marshrutizatsiya ma’lumotlarini uzatish uchun xabarlarni almashishda 5 ta turdagi paketlarni ishlatadi. Salomlashish (hello) paketi, ma’lumotlar bazasini tavsiflovchi paket, kanal holati paketi, kanal holatini yangilash paketi, kanal holatini tasdiqlash paketi. Bu paketlar qo‘shni marshrutizatorlarni aniqlash uchun va tarmoq to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida marshrutizatsiya ma’lumotlarini almashish uchun ishlatiladi.
BGP (Border Gateway Protocol) – Internet tarmog‘ida ishlatiladigan asosiy dinamik marshrutlash protokoli hisoblanadi. BGP marshrutizatorlari tarmoq mavjudligi haqida ma’lumot almashadilar. Tarmoq ma’lumoti bilan birgalikda, ushbu tarmoqlarning turli xususiyati va holatlari uzatiladi, BGP eng yaxshi yo‘nalishni tanlaydi va marshrut siyosatini yuritadi. Yo‘nalish ma’lumoti bilan uzatiladigan asosiy xususiyatlardan biri bu axborot uzatilgan avtonom tizimlar ro‘yxatidir. Ushbu ma’lumot BGP ga tarmoqning qayerda avtonom tizimlari joylashganligini aniqlashga, marshrutlashni ilova qilishni istisno qilishga imkon beradi va shuningdek, undan qoidalarni konfiguratsiya qilishda ham foydalanish mumkin. Marshrutlash bir avtonom tizimdan boshqasiga bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Barcha BGP siyosati asosan tashqi/qo‘shni mustaqil tizimlar bilan bog‘liq. Ya’ni ular bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlar qoidalari tasvirlangan. BGP katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlayotganligi sababli (IPv4 uchun mavjud jadval hajmi 450 mingdan ortiq marshrutni tashkil qiladi), uning konfiguratsiyasi va ishlash tamoyillari ichki dinamik marshrutlash protokollaridan (IGP - interior gateway protocol – ichki shlyuz protokoli) farq qiladi.
Aloqa tarmog‘i uzatilayotgan ma’lumotlarning mazmuni bilan emas, balki ma’lumotni bir nuqtadan boshqasiga o‘tkazish bilan bog‘liq. Tarmoq ulanishlarining (kommutatsiya) quyidagi turlari mavjud:

Download 5,84 Mb.
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   222




Download 5,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

Download 5,84 Mb.