• Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet116/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222

    Daraxt topologiyasi


    Daraxtsimon topologiya - bir nechta yulduz topologiyalarining kombinatsiyasi hisoblanadi. Ushbu topologiya passiv yoki faol kommutatorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulashni ta’minlaydi. Daraxt har bir yuqori darajadagi tugunni yulduzlarning birlashmasidan tashkil etuvchi, past darajadagi yulduz shaklidagi tugunlar bilan bog‘langan tarmoqlarning topologiyasi. Bundan tashqari, daraxt ierarxik yulduz deb ham ataladi. Daraxt nomi grafik nazariyasidan kelib chiqqan. Daraxtning birinchi tuguni ildiz deb ataladi. Daraxtlar faol va passiv bo‘lishi mumkin. Faol daraxtlarda kompyuterlar tugun sifatida ishlatiladi, passiv daraxtlar esa kommutatorlarda ishlatiladi. Topologiya ko‘pincha mahalliy tarmoqlarni kichik hajmdagi qurilmalar bilan o‘rnatish uchun asosan korporativ kommutatorlarni yaratishda ishlatiladi. Daraxtsimon topologiya katta tarmoq bo‘lgani uchun, barcha kompyuterlar tarmoqqa yaxshi kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu, aslida, bir nechta kompyuterni bitta daraxtga ulashning eng samarali usuli hisoblanadi.

    6.4- rasm. Daraxt topologiyasi asosida ulangan tarmoq


      1. Ma’lumotlar kommutatsiyasi va marshrutlash mexanizmi




    Telekommunikatsiya tarmog‘i klassifikatsiyasi


    Telekommunikatsiya tarmog‘i bir nechta parametrlar bo‘yicha toifalanishi mumkin.
    Tarmoq hajmi bo‘yicha:

        • Lokal tarmoqlar (Local Area Network, LAN) – tarmoq binosi yoki tashkilot;

        • Hududiy tarmoq (Metropolitan Area Network, MAN) – shahar va milliy darajadagi tarmoq;

        • Global tarmoq (Wide Area Network, WAN) – o‘n minglab va yuz minglab kompyuterlarni o‘z ichiga olgan va katta hududlarni qamrab olgan tarmoq;

    Kommutatsiya turi bo‘yicha:

        • Paketlikommutatsiyaasosidagitarmoq (masalan, TCP/IP, IPX/SPX, ATM, 3Gmobilaloqatarmog‘i);

        • Kanallar kommutatsiyasi asosidagi tarmoq (1G va 2G mobil aloqa tarmog‘i, UfTT);

        • Aralash turdagi tarmoq (masalan, 2,5G mobil aloqa tarmog‘i).

    Virtual kanallarni o‘rnatish bo‘yicha:

        • Virtual kanallarni o‘rnatishli (masalan, X.25, Frame Relay, ATM tarmog‘i UfTT);

        • Virtual kanal o‘rnatishsiz bog‘lanish (masalan, TCP/IP, IPX/SPX);

        • Protokol stekidan foydalanish bo‘yicha. Tarmoq orqali aloqani tashkil etish muammosi

    Aloqa tarmog‘ini loyihalashda quyidagi asosiy muammolarni hal qilish kerak:

        • Nomlash va ruhsat. Ikki jarayon aloqa uchun bir-birini qanday topadi?

        • Marshrutlash strategiyalari. Xabarlar tarmoq orqali qanday yuboriladi?

        • Ulanish strategiyalari. Qanday qilib ikkita jarayon xabar almashadi?

        • Nizolarni hal qilish. Tarmoq bu umumiy resurs. Uni ishlatish bo‘yicha ziddiyatli so‘rovlar qanday hal qilinadi?


    Download 5,84 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.