|
Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va topologiyalari
|
bet | 114/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Har qanday tarmoq tizimidagi saytlar ma’lum bir topologiyada, tugunlarni bog‘laydigan ulanishlarning (kabellar, simsiz tarmoqlar yoki ikkalasi) geometrik joylashuvida bir-biriga fizik yoki mantiqan ulanishi mumkin. Eng keng tarqalgan topologiyalar shina, yulduz, xalqa, daraxtdir. Har bir topologiyada barcha saytlar o‘rtasida tezkor aloqa zarurligi, sayt yoki aloqa liniyasi ishlamay qolish (nosozliklar tufayli) holatlari, uzun aloqa liniyalarining narxi va bitta saytni boshqa ko‘plab saytlarga ulashning qiyinligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklar mavjud. Tarmoqni loyihalashtiruvchisi uchun juda ko‘p yechimlar mavjud va ularning barchasi mijozning talablariga javob berishi mumkin. Loyihalashtiruvchilar qaysi konfiguratsiyani ishlatishni tanlashda to‘rtta mezonni hisobga olishlari kerak:
Asosiy xarajat - tizimdagi turli saytlarni bog‘lash uchun zarur bo‘lgan xarajatlar;
Aloqa narxi - xabarni bir saytdan boshqasiga yuborish uchun ketadigan vaqt;
Ishonchlilik - tizimda havola yoki sayt ishlamay qolgan taqdirda ham ko‘plab saytlar bir-biri bilan aloqada bo‘lishining kafolati;
Foydalanuvchi muhiti - biznesni muvaffaqiyatli investitsiyalash uchun tarmoq javob berishi kerak bo‘lgan muhim parametrlar.
Har bir mijoz uchun bir nechta yechimlar bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi tanlov barcha to‘rtta mezonni hisobga olishi kerak.
Shina topologiyasida barcha tugunlar 6.1- rasmda ko‘rsatilga-nidek tarmoqning butun uzunligi bo‘ylab ishlaydigan bitta aloqa liniyasiga
ulanadi. Qurilmalar kabellar bilan fizik bir-biriga bog‘langan, lekin kabellar markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi orqali o‘tmaydi. Barcha topologiya oxirida signallarni ifodolovchi terminatorlar joylashadi. Xabarlar bitta mashina orqali hammaga jo‘natiladi va faqat u kimga mo‘ljallangan bo‘lsa o‘sha uni qabul qiladi. Bunday tarmoq juda arzon va sozlash oson hisoblanadi. Kamchiligi umumiy kabel va terminator tizimidan chiqishda ishni rad etishi hisoblanadi. Shuningdek tarmoqni shikastlangan joyini topish qiyin.
6.1- rasm. Shina topologiyasi asosida qurilgan tarmoq
Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha uzatishi mumkin, chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda ustma ust (konflikt) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi. Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chetdagilardan tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lmaydi.
|
| |