• Vazifalar Tahdidlar
  • Ma’lumotni maxfiyligi, yaxlitligi va imkoniyligi




    Download 5,84 Mb.
    bet164/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222

    Ma’lumotni maxfiyligi, yaxlitligi va imkoniyligi


    Xavfsizlikka bag‘ishlangan ko‘plab ishlarda axborot tizimlarining xavfsizligi uch qismga bo‘linadi: maxfiylik, imkoniylik va yaxlitlilik.
    8.3- jadval

    Vazifalar

    Tahdidlar

    Maxfiylik

    Ma’lumotlarni
    himoyalanmaganligi

    Imkoniylik

    Ma’lumotlarni qalbakilashtirish

    Yaxlitlik

    Xizmatdan bosh tortish

    Uchala komponent birgalikda CIA (Confidentiality, Integrity, Availability) deb nomlanadi. Ularning funksiyalari quyidagilardan iborat:

      • maxfiylik (confidentiality) — maxfiy ma’lumotlarga faqat ruhsat berilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) foydalanuvchilargina murojaat qila olishini kafolatlash;

      • imkoniylik (availability) — ruhsat berilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) foydalanuvchilar har doim ma’lumotlarga murojaat qila olishini kafolatlash;

      • yaxlitlik (integrity) — ma’lumotni to‘g‘ri qiymatini saqlash, ruhsat berilmagan (ro‘yxatdan o‘tmagan) foydalanuvchilarni ma’lumotlarga qandaydir o‘zgartirish kiritishi, buzishi yoki o‘chirishini ta’qiqlashni kafolatlash.

    Xavfsizlik talablari tizimning maqsadiga, ishlatilgan ma’lumotlarning xarakteri va mavjud tahdidlarning turiga qarab farq qilishi mumkin. Butunlik va imkoniylik xususiyatlari muhim bo‘lmagan tizimni tasavvur qilish qiyin, ammo maxfiylik har doim ham talab qilinmaydi. Masalan, agar siz Internetda veb-serverda ma’lumotni nashr qilsangiz va sizning maqsadingiz uni keng doirada odamlarga taqdim qilish bo‘lsa, unda bu holda maxfiylik talab qilinmaydi.Shunga qaramay yaxlitlik va imkoniylik talablari dolzarbligicha qolmoqda. Darhaqiqat, agar siz ma’lumotlar yaxlitligini ta’minlash uchun maxsus choralarni ko‘rmasangiz, buzg‘unchi sizning serveringizdagi ma’lumotlarni o‘zgartirishi va shu bilan korxonangizga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, jinoyatchi veb- serverga joylashtirilgan narxlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritishi mumkin, bu sizning kompaniyangizning raqobatdoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki kompaniyangiz tomonidan erkin tarqatiladigan dasturiy mahsulotning kodlarini o‘g‘irlashi mumkin, bu albatta uning biznes imidjiga ta’sir qiladi. Ushbu misolda ma’lumotlarning imkoniyligi ham muhim hisoblanadi. Internetda serverni yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun katta pul sarflab, kompaniya daromadga ishonishga haqlidir: mijozlar sonining ko‘payishi, sotuvlar sonining ortishi va boshqalar. Ammo buzg‘unchi hujumni boshlashi va natijada serverni boshqa barcha so‘rovlarga kirish imkonini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Maxfiylik, imkoniylik va yaxlitlik tushunchalari nafaqat ma’lumotga, balki kompyuter tarmog‘ining boshqa resurslariga, masalan, tashqi qurilmalar yoki ilovalarga nisbatan ham belgilanishi
    mumkin. Noqonuniy" foydalanish ehtimoli xavfsizlik tizimini buzilishiga olib keladigan ko‘plab tizim resurslari mavjud. Masalan, chop etish qurilmasiga cheklanmagan kirish buzg‘unchiga chop etilgan hujjatlarning nusxalarini olish, sozlamalarni o‘zgartirish, ish tartibining o‘zgarishiga va hatto qurilmaga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin. Chop etish qurilmasiga nisbatan maxfiylik xususiyati shundaki, qurilmadan foydalanish faqat unga kirish huquqi berilgan foydalanuvchilargina beriladi. Qurilmalar turli xil xizmatlarni taqdim etishlari mumkin (chop etish, fakslarni yuborish, Internetga kirish, elektron pochta va boshqalar), ulardan noqonuniy foydalanish, korxonaga moddiy zarar yetkazish ham tizim xavfsizligini buzish hisoblanadi. Ular quyidagicha:

      • Axborotni imkoniyligi, maxfiyligi, yoki yaxlitligini buzilishiga qaratilgan har qanday harakatlar, boshqa tarmoq resurslaridan noqonuniy foydalanish tahdid deb ataladi.

      • Axborot tizimining kamchiligidan foydalanib, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tahdid hujum deb ataladi.

      • Xavf — bu muvaffaqiyatli amalga oshirilgan hujum natijasida axborot resursining egasiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar qiymatini ehtimoliy baholash. Xavf qiymati qancha katta bo‘lsa, mavjud xavfsizlik tizimi shuncha zaif degani va hujumni amalga oshish ehtimolligi ham shuncha katta bo‘ladi.




      1. Download 5,84 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotni maxfiyligi, yaxlitligi va imkoniyligi

    Download 5,84 Mb.