|
Ko‘p marotabalik operatsiyalar
|
bet | 37/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Bir martalik operatsiyalar operatsion tizim boshqaruvi ostida joylashgan jarayonlar sonining o‘zgarishiga olib keladi va har doim ajratilgan yoki belgilangan resurslarni ozod qilish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p martalik operatsiyalar operatsion tizimlarda jarayonlar sonini o‘zgartirmaydi va ajratilgan yoki bo‘shatilgan resurslarga bog‘liq emas.
Jarayonni ishga tushirish. Operatsion tizim tayyorlilik holatida bo‘lgan jarayon sonlaridan birini keyingi vazifani bajarish uchun tanlab oladi. Operatsion tizim tanlagan jarayonlar axborotlarni tezkor xotirada mavjud bo‘lishini ta’minlaydi. So‘ng jarayon holati ushbu jarayon uchun registr belgilarini tiklaydi, bajarilishini o‘zgartiradi va jarayon buyruqlarini hisoblagich ko‘rsatishiga muvofiq boshqaruv buyruqlarini uzatadi. Kontekstni qayta tiklash uchun kerakli barcha ma’lumotlar, operatsiyani amalga oshiradigan PCB jarayonidan olinadi.
Jarayonni ma’lum bir vaqtga to‘xtatish. Bajarish holatida bo‘lgan jarayon ishini istalgan biror bir uzilish natijasida to‘xtatish mumkin. Protsessor buyruq hisoblagichini avtomatik ravishda saqlaydi va bajarilayotgan jarayonda bir yoki bir nechta registr bo‘lishi mumkin, so‘ng esa joriy uzilishni qayta ishlash uchun maxsus manzil bo‘yicha boshqaruvga uzatiladi. Uzilishni qayta ishlash bo‘yicha ishni qurilma (hardware) oxiriga yetkazadi. Odatda ko‘rsatilgan manzilda operatsion tizimning bir qismi joylashgan
bo‘ladi. U tayyorlilik holatidagi jarayonga o‘tkazishda uning PCB da tizimli va registrli kontekst jarayoni dinamik qismida saqlanadi va uzilishlarni qayta ishlaydi, u holda paydo bo‘lgan uzilish bilan bog‘liq belgilangan ishlar bajariladi.
Jarayonni bloklash. Jarayon biror bir hisoblash tizimlarida paydo bo‘lishi kutilmayotganda va ishini davom ettirish mumkin bo‘lmaganda bloklanib qo‘yiladi. Buning uchun belgilangan chaqiriq tizimi yordami bilan operatsion tizimga murojaat qiladi. Operatsion tizim chaqiriq tizimini qayta ishlaydi (kiritish/chiqarish operatsiyalarini nomlaydi, jarayonlar navbatiga jarayonni qo‘shadi, qurilmada kutayotganlarni bo‘shatadi va boshqalar) va bajarish holatidan kutish holatiga o‘tkazib uning PCB si kontekst jarayoni kerakli qismiga yozib qo‘yadi.
|
| |