• Jarayonni yaratish
  • Resurslarni taqsimlash
  • Bajarish
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet38/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   222
    Jarayonni qayta ochish. Istalgan biron bir operatsion tizimda paydo bo‘lgan biror bir holatda aynan qanday hodisa yuz berganini aniqlash zarur bo‘ladi. So‘ng operatsion tizim ushbu holat uchun kutish holatida ayrim jarayonlar joylashganmi yoki yo‘qligini tekshiradi va agar topilsa, hodisa bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish uchun uni tayyorlilik holatiga o‘tkazadi.

    Jarayonni yaratish


    Jarayonni yaratish – jarayonlardagi asosiy operatsiyalardan biridir. Ona jarayoni farzand jarayonlarini yaratadi, bu esa o‘z navbatida boshqa jarayonlarni keltirib chiqaradi va shu bilan jarayon daraxtini shakllantiradi. Jarayonlarni yaratishda turli xil yondashuvlar mavjud, ona va farzand jarayoni tomonidan resurslardan birgalikda foydalanish (almashish), ularni parallel ravishda bajarish va manzillar va xotiradan foydalanish.

    Resurslarni taqsimlash


    Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:

    • Ona va farzand jarayoni barcha resurslarni almashadi (bo‘lishadi);

    • Farzand jarayonlari ona jarayonlari resurslarining bir qismini almashadi;

    • Ona va farzand jarayonlari umumiy resurslarga ega emas.

    Bajarish


    Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:

    • Ona jarayoni va farzand jarayonlari birgalikda bajariladi;

    • Ona jarayoni farzand jarayonining tugashini kutmoqda.

    Manzil va xotiradan foydalanish


    Quyidagi yondashuvlar bo‘lishi mumkin:

    • Farzand jarayonining manzil maydoni ona jarayonining manzil maydonidan nusxa ko‘chiradi;

    • Farzand jarayoni unga yuklangan dasturga ega.

    • Farzand jarayoni ona jarayoni (yengil jarayon) bilan bir xil xotira maydonida ishlaydi.

    Unix operatsion tizimda bu quyidagicha amalga oshiriladi: fork – bu yangi jarayonni yaratadigan tizim chaqiruvi. Ona jarayonining xotirasini nusxalashtiradi va farzand jarayoni uchun yangi virtual manzillar maydonini yaratadi. Shundan so‘ng, tizim xotirasida yangi dastur bilan almashtirish uchun yana bir tizim chaqiruvi amalga oshiriladi - exec (execve) tizim chaqiruvi. Farzand jarayoni ona jarayonining o‘rniga davom etadi.

    2.15- rasm. UNIX tizimidagi jarayon daraxti


    Tizim ishga tushganda ildiz (root) jarayon yaratiladi. U o‘z navbatida, uchta farzand jarayonini yaratadi:
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.