• Jarayonni yo‘q qilish
  • Operatsion tizimda protsessorni boshqarish
  • init - tizimni ishga tushirish; pagedaemon




    Download 5,84 Mb.
    bet39/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   222
    init - tizimni ishga tushirish;

  • pagedaemon - xotirani sahifali tashkil qilish jarayonini boshqaruvchi demon jarayoni (tizim qayta tiklanmaguncha doimiy ravishda amalga oshiriladigan jarayon);

  • swapping - jarayon, ko‘chirishni (yoki almashtirishni) boshqarish.

  • init - jarayonitizimniishga tushirgandan so‘ng foydalanuvchi jarayonlarini boshlaydi. Keyin, o‘z navbatida, yangilarini va boshqalarni ishga tushirishi mumkin.

    Jarayonni yo‘q qilish


    Bu shuningdek, jarayonlardagi asosiy operatsiyalardan biridir. Qoida sifatida, yakuniy vazifani bajarganda va tugatish uchun operatsion tizimga exit tizim chaqiruvi yordamida murojaat qilganda jarayon yo‘q qilinadi (tugatiladi).
    O‘z faoliyatida ona jarayoni abort (UNIX) tizim chaqiruvi bilan farzand jarayonlarini yo‘q qilishi mumkin. Linuxda esa kill tizim chaqiruvi asosida amalga oshiriladi.
    Bu quyidagi hollarda bo‘lishi mumkin:

    • Farzand jarayon unga ajratilgan resurslardan oshib ketsa;

    • Farzand jarayoniga topshirilgan vazifani hal qilish boshqa talab qilinmasa;

    • Ona jarayonidan chiqish amalga oshirilsa, shu sababli farzand jarayonlari ham to‘xtatilishi kerak. Agar ona jarayoni yo‘q qilinsa, operatsion tizim farzand jarayonining bajarilishini davom ettirishga ruxsat bermaydi. Oxirgi hodisa jarayonlarning kaskadli yo‘q qilinishi deb ataladi.



      1. Operatsion tizimda protsessorni boshqarish


    Multidasturli muhitda OT protsessor qaysi jarayonni, qachon va qancha vaqt olishini hal qiladi. Bu funksiya jarayonni rejalashtirish deb nomlanadi. Operatsion tizim protsessorni boshqarish uchun quyidagi amallarni bajaradi:

    Protsessorni (CPU ni) rejalashtirish multidasturli operatsion tizimlarning asosidir. Protsessorni jarayonlar o‘rtasida almashtirish orqali operatsion tizim kompyuterni unumdorligini oshirishi mumkin.
    Protsessorni rejalashtirish va dispetcherlashtirish operatsion tizimning eng muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ushbu bo‘limda quyidagi masalalar ko‘rib chiqilgan:

    • Jarayonlarni rejalashtirishning asosiy tushunchalari;

    • Dispetcherlashtirish mezonlari;

    • Dispetcherlashtirish algoritmlari (FCFS, SJF, RR va boshqalar);

    • Bir necha jarayonlarni dispetcherlashtirish;

    • Real vaqtda dispetcherlashtirish;

    • Ko‘p darajali navbatlar.

    Download 5,84 Mb.
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    init - tizimni ishga tushirish; pagedaemon

    Download 5,84 Mb.