O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




Download 0,82 Mb.
bet82/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

Sharq falsafasida inson. Qadimgi Sharq, xususan Xitoy falsafiy tizimlari asosan sotsiotsentrik konsepsiyalardan iborat bo‘lib, ularda inson, odatda, jamiyat, sotsium bilan uzviy bog‘liq deb qaraladi. «Ideal munosabatlar qonuni»ga odamlar o‘rtasida, oila, jamiyat, davlatda rioya qilish inson hayotining muhim ma'nosi hisoblanadi; bunga jamiyatda qabul qilingan me'yorlar, qoidalar, rasm-rusumlar va shu kabilarga izzat-ikrom bilan yondashish imkoniyat yaratadi. Boshqacha aytganda, inson o‘z shaxsiy hayotini doim jamiyat ravnaqi, kamoloti bilan o‘lchashi lozim, xususan, u keyinchalik oila va davlatni takomillashtirishga harakat qilish uchun o‘zini kamol toptirishi lozim. Shu ma'noda mashhur qadimgi xitoy faylasufi Konfutsiy (mil. av. 551-479 yillar)ning fikrlari diqqatga sazovor bo‘lib, u shunday deb saboq beradi: «qilmishlarning asoslari va tamoyillarini o‘rgansang, yaxshilik va yomonlik haqidagi fikrlaring (axloqiy bilimlar) barkamollikning eng so‘nggi darajasiga yetadi. Niyatlar sof va xolis bo‘lsa, qalb rostgo‘y va samimiy bo‘ladi. qalb rostgo‘y va samimiy bo‘lsa, inson to‘g‘ri yo‘lga kiradi, kamol topadi. Inson to‘g‘ri yo‘lga kirsa va kamol topsa, oilada tartib o‘rnatiladi. Oilada tartib hukm sursa, xalqlarni boshqarish osonlashadi. Xalqlarni boshqarish osonlashsa, butun dunyo tinch-totuv yashaydi»86.
Qadimgi hind falsafasiga dunyoning ichki dunyosini birinchi o‘ringa qo‘yish, ya'ni antropotsentrizm xosdir. Masalan, buddizmda nirvanaga erishish inson barcha niyatlarining pirovard maqsadi deb e'lon qilinadi. Nirvana jonning shunday bir holatiki, bunda har qanday mayllar yo‘qoladi va ichki uyg‘unlik yuzaga keladi, mutlaqo erkinlik va tashqi dunyoga qaram emaslik tuyg‘usi paydo bo‘ladi.
Qadimgi hindlarning boshqa bir diniy-falsafiy ta'limoti – jaynizm nuqtai nazaridan inson o‘zining ma'naviy mohiyati bilan moddiy mohiyatni nazorat qilish va boshqarishga erishish uchun uzoq va og‘ir yo‘l – jonning erkinlashuvi yo‘lini bosib o‘tishi lozim.
Markaziy Osiyo mutafakkirlari qarashlarida insonni nazariy aql boshqaradi. Jumladan al-Forobiy fikricha “Inson shaxsini shakllantiradigan, uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadigan va unda insoniy xislatlarni rivojlantiradigan narsa uning faol aqlidir Bu kuch avval- boshda faqat qobiliyatdir bu quvvat o‘ylash, mulohaza yuritishga qobil, ammo hayotga tadbiq etish, ya'ni joriy qilishga qobil emas”87. Aqlni hayotga tadbiq etish uchun, unga tashqi kuch ta'sir etishi kerak, bu esa faol aqldir.Faol aql - mustaqil quvvat bo‘lib, o‘z mohiyati, Birinchi va ikkinchi va boshqa sabablar mohiyati haqida fikrlay oladi. Aynan shu faol aql odam imkoniyatlarining tashqi voqyealarga ta'sir etishi va uni rivojlantirishga turtki beradi. Forobiy ta'biri bilan “moddiy aqldan amaliy aqlning yuqoriroq pillapoyasiga ko‘tariladi va uning faol aqlga munosabati quyosh bilan ko‘zni solishtirlandek bo‘ladi”88. Agar quyosh bo‘lmasa, inson narsalarni ko‘ra olmaydi. Faol aql quyoshi inson ruhi da paydo bo‘lganidan keyin, aqliy quvvat faol aqlga qaraydi. Inson tabiat gultoji, ya'ni aqlli mavjudod. Yusuf Xos Xojib fikricha inson dunyoda abadiy emas, bu dunyoga kelgan har qanday odam vaqti yetgach ketadi. Inson umrining qimmati necha yil yashagani bilan emas, qanday ezgu ishlarni amalga oshirganligi, hayotda qoldirgan izi bilan belgilanadi. U kishi olamdan o‘tgandan so‘ng, bu dunyoda undan ikki xil, biri yomon, ikkinichisi yaxshi degan nom qoladi Inson iloji boricha o‘zidan yaxshi nom qoldirishi, yaxshi olqish olishi lozim deb ta'kidlagan
Umuman olganda, barcha zamonlarda insonda umumiy asosni izlash bilan band bo‘lgan Sharq tafakkuriga hozir ham insonni va uning tashqi dunyo bilan aloqasini tushunishga nisbatan G‘arb falsafasidagidan o‘zgacha yondashuv xosdir. XX asr boshida hind mutafakkiri S.Vivekananda shunday deb yozgan edi: «Inson tabiatni o‘ziga bo‘ysundirish uchun tug‘iladi va bu o‘rinlidir, ammo G‘arb «tabiat» deganda faqat moddiy, tashqi dunyoni tushunadi. Bu tashqi tabiat o‘zining barcha tog‘lari, okeanlari, daryolari, o‘zining cheksiz kuchlari, cheksiz rang-barangligi bilan juda ulug‘vor, lekin undan ham ulug‘vorroq dunyo borki, bu insonning ichki dunyosidir. U quyosh, yulduzlar, yer va butun moddiy Koinotdan yuksakroq, bizning shaxsiy jajji hayotlarimizning tor chegarasiga sig‘maydigan dunyodir. G‘arb odami tashqi dunyoda «o‘ziniki» bo‘lganidek, bu ichki dunyoda Sharq odami ham xuddi shunday «o‘ziniki»dir. Shu bois... G‘arb ma'naviy dunyo nima ekanligini, xudo nima ekanligini, inson joni nima ekanligini bilmoqchi, dunyoning siri va mazmuni nimada ekanligini anglab yetmoqchi bo‘lsa, u Sharq oyoqlari ostiga cho‘kib quloq solishi kerak. Hamonki dunyo hozir ma'lum ma'naviy uyg‘onishga muhtoj ekan, bunda u kuchni Sharqdan oladi»89...
Ibn Xaldun fikricha, inson tabiatida ezgulik va yovuzlik mavjud. Agar odamlar o‘z holiga qo‘yilsa va insoniylik ruhida tarbiyalanmasa, unda Xudo ne'matini qo‘lga kiritish kamdan –kam kishiga muyassar bo‘ladi. Xayr va shayorr oralig‘ida qolib, har ikkisidan birini tanlash lozim bo‘lganida, unda sharrni tanlaydi, zero inson tabiatida sharrga moyillik ko‘proq. Adolatsizlik va boshqalarga hujum qilish insonlarga xos xislat. Shuning uchun jamiyatda kishilarning bir-birlariga jabr qilmasliklari uchun ma'xrifatga erishmoq zarur
Keltirilgan so‘zlar nafaqat teran ma'noga ega, balki hozirgi dunyoning globallashuvi va yagona insoniyatning shakllanishi nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.

Download 0,82 Mb.
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

Download 0,82 Mb.