|
Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
|
bet | 3/8 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #244875 | Turi | Referat |
Bog'liq Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklariAxloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
Insonning axloqiy hayoti uning axloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Zero, axloqiy tarbiya insonning shaxs bo‘lib yetishuvini ta ’minlaydigan uzluksiz jarayonlardan biri. Unda individ axloqiy qadriyatlarni anglab yetadi, o‘zida axloqiy fazilatlarni barqaror etadi,axloqiy tamoyillar va me’yorlar asosida yashashga o‘rganadi. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri — qanday yashamoq kerak, ikkinchisi — nima qilmog‘-u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko'rinishidir. Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota-onaning o‘zi axloqiy tarbiya ko‘rgan bo‘lishi kerak degani. Zero, qush inida ko‘rganini qiladi: ota-ona oilada yuksak axloq namunasini ko‘rsatishi lozim. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, axloqiylik insonda faqat axloqiy tarbiya vositasidagina vujudga keladi, degan moddiyatchilik qarashlari ko’p yillar mobaynida hukmronlik qilib keldi. To‘g‘ri, axloqiy tarbiyaning ahamiyati nihoyatda katta. Lekin axloqiylik insonga uning insoniylik belgilaridan eng muhimi sifatida ato etilgan ilohiy ne’mat. Shu ma’naviy ne’mat asosni axloqiy tarbiya yordamida takomillashtiramiz. Aks holda maymun va itlardan ham axloqiy mavjudot tarbiyalab yetkazishimiz mumkin bo‘lur edi.Shunday qilib, axloqiy tarbiya inson farzandini komillikka yetkazish yo‘llaridan biri. Uning vositalari ko‘p. Ulaming bir qismi an’anaviy tarbiya vositalari bo‘lsa, yana bir qismi zamonaviy vositalar. Odatda, har ikki turdagi vositalardan foydalaniladi. Chunonchi, maktabgacha bo’lgan axloqiy tarbiyada ertak va rivoyatlar vositasidagi an anaviy tarbiya bilan o‘yinchoqlar va o‘yinlar vositasidagi zamonaviy tarbiya muvaffaqiyatli qo‘llaniladi; bunda bola qizg‘anchiqlik, g‘irromlik qilmaslikka, halol bo‘lishga o'yinlar yordamida da’vat etiladi. Bolalar axloqiy tarbiyasida televideniye, radio, qo‘g‘irchoq teatri, kino san’ati katta rol o ynaydi. Umuman, axloqiy tarbiyaning eng kuchli vositasi — san’at. Bu vosita aholining barcha tabaqasini, turli yoshdagi shaxslarni qamrab oladi. Ayniqsa, san’atning badiiy adabiyot turi keng qamrovli. Ertakdan tortib romangacha bo‘lgan janrlarda chop etilgan asarlar shaxsning axloqiy shakllanishida ulkan xizmat ko‘rsatadilar. Ular orqali kitobxon tarbiyalanuvchi sifatida ezgulik va yovuzlik nimaligini badiiy idrok etadi; ideal tanlashda ham ularning ahamiyati katta. Bundan tashqari, badiiy adabiyotning bevosita axloqiy tarbiyaga mo‘ljallangan hikoyatlar, rivoyatlar va nasihatlar majmualari borki, biz ulami, awal aytganimizdek, pandnomalar deb ataymiz: “Kalila va Dimna”,”Qobusnoma”, “Guliston”, “Zarbulmasal” singari bunday mumtoz asarlar an’anaviy axloqiy tarbiya vositasi sifatida necha asrlardan buyon qanchadan qancha avlodlarga xizmat qilib keldi, bundan buyon ham shunday bo‘lib qolajak. Axloqiy tarbiyaning barcha zamonlar uchun dolzarb bo‘lgan yo‘li, bu — namunaviylik tamoyili. Oilada, avvalo, yuqorida aytilganidek, ota-ona bolaga axloqiy namuna bo'lishi kerak. Maktabda va oliy o‘quv yurtida muallimlarning ta ’lim berish usullaridan tortib, to “maydachuyda” xatti-harakatlarigacha o‘z shogirdlari tomonidan shaxsiy namuna tarzida qabul qilinishini nazardan qochirmaslik lozim. Ustoz shogirdlik munosabatlaridagi muomala odobi, halollik, rostgo‘ylik yoshlar axloqiy tarbiyasi shakllanishini ta’minlovchi omillardandir.
Hozirgi paytda axloqiy tarbiyaning eng kuchli zamonaviy vositasi sifatida televideniyeni keltirish mumkin. U deyarli barcha san’at turlarida yaratilgan asarlarni ekranlashtirish va ekranda ko‘rsatish imkoniga ega. Bundan tashqari, unda maxsus axloqiy
tarbiyaga bag‘ishlangan muntazam ko’rsatuvlar ham berib boriladi. o ‘zbek tilidagi “Otalar so‘zi — aqlning ko’ zi”, “Rivoyat”, “Oqshom ertaklari” singari ko'rsatuvlar bunga misol bo‘la oladi. Shu bois televideniye hech qachon yengiltaklikni targ‘ib etuvchi qo’shiqlar, salkam pomografik reklamalar, inson qalbini qattiqlashtiradigan “o’ldir-o’Idir”lardan iborat seriallar korxonasi bo‘lib qolmasligi kerak. Axloqiy tarbiya aslida axloqiy madaniyatning o‘zagini tashkil etadi, biz ko rib o tgan muomala odobi, etiket, kasbiy odob singari axloqiy xatti-harakatlar uchun asos vazifasini o‘taydi. Biroq u o ‘zini yetarli namoyon qilishi uchun ta ’lim bilan doimiy aloqada bo‘lishi shart. Shuning uchun biz ko‘pincha “ta’lim-tarbiya” degan qo'shaloq atamani qo‘llaymiz. Ta’lim-tarbiyada tarbiyalanuvchiga bola deb emas, bo‘lajak komil i nson deb qarash muhim. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri.
|
| |