|
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi
|
bet | 1/8 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #244875 | Turi | Referat |
Bog'liq Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKASIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
Kompyuter injiniring fakulteti
“Falsafa” yo’nalishi tinglovchisi
Karimov Doniyor Rustamovich ning
“ZAMONAVIY AXLOQIY TARBIYADA KOSMOPOLITIZMGA MOYILLIK.” mavzusidagi
REFERATI
Ilmiy rahbar: Muhamadiyev H.
Samarqand-2024
Mavzu: Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari
Kirish
Reja:
1. Axloqiy tarbiya hamda uning yo‘llari va vositalari
2. Zamonamizning axloqiy muammolari
3. Zamonaviy jamiyatning axloqiy hayoti.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
“Agar mendan “sizni nima qiynayapti?”- deb so‘rasangiz farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman”- deydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev.
Bu fikrlari mustaqil yurtimizni, ertamizning egalariga ta’lim- tarbiya berishdek ulkan ma’suliyat, davlat rahbari, mutassadi tashkilotlar, har bir oila, jamiyat a’zolari oldidagi ulkan ish sifatida qarashimizni taqozo etmoqda. Insoniyatning ko‘payishi tabiat qonuni bo‘lgani kabi bola dunyoga kelgan kundan boshlab ota-onaning bola tarbiyasi uchun javobgarligi ham jamiyatimizning qonunidir. Azaldan bola tarbiyasi bilan yoshligidan, asosan, ona shug‘ullangan, otaning asosiy vazifasi oilani boqish bo‘lib, uyda bo‘lgan vaqtda bolani nazorat qilib borishdan iborat edi. Bugungi oilaviy tarbiya, “Milliy va zamonaviy o‘zbek bolasining siymosi qanday bo‘lishi kerak?” degan savolga javob talab qilmoqda. Bugungi bola o‘tgan asr bolasidan keskin farq qiladi, o‘zbek o‘g‘il-qizlari zamonaviy komil inson siymosiga ega bo‘lmog‘i lozim. Tabiiyki, bu jarayonda oilaviy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Bola, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila o‘z muhiti orqali bolaning dunyoqarashiga va xulqiga doimo o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Ibn Sino ta’biricha, “ota-ona bola tarbiyasini unga ism qo‘yishdek oliyjanob vazifadan boshlaydi”. Hozirgi kunda oilaviy munosabatlarda ota-onalarning farzandlar bilanto‘liq va etarlicha munosabatga kirisha olmasligini kuzatamiz. Oilaning boshi bo‘lgan erlarning ba’zilari ko‘chadagi ulfatchilikdan, ish yuzasidagi safarlardan ortib, o‘z farzandlarini moddiy tomondan ta’minlashlari mumkin, lekin ularni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, ruhiy madad bo‘lishga ularning qiziqish va intilishlarini, ularni qiynayotgan muammolar nimalardan iborat ekanligini bilishga, o‘rganishga vaqt ajrata olmaydilar, vaqt topsalar ular bilan gaplashishga hafsala qilmaydilar.
Mazkur referatning maqsadi Zamonaviy axloqiy tarbiya, insoniy qadriyatlarni rivojlantirish, insoniy munosabatlarni kuchaytirish va o'zaro munosabatlarni mustahkam qilishga qaratilgan ilmiy metodlar va amaliyotlar birligini ifodalaydi. Ushbu mavzu o'rganish maqsadi, insonlarning ijtimoiy, psixologik va ma'naviy o'zgarishlarga mos keladigan ma'lumot va ko'nikmalarga ega bo'lishi orqali insoniy rivojlanishini ta'minlashdir. Bu tarbiya shakllarini o'rganish yordamida insonlar, o'zlarining jamiyatda o'z o'rnini aniqlash, boshqalar bilan muomala qilish, muammoni echish, insonparvarlikni rivojlantirish va boshqa jamiyat a'zolariga qarshi murojaat qilish bilan bog'liq malakalarni o'rganishlari mumkin. Ushbu mavzu o'rganish o'quvchilarga, ularning o'zlarini va jamiyatdagi o'rinlarini tushunishiga yordam beradi, shuningdek, ularning insonparvarlik va o'zlarini rivojlantirish yo'llarini aniqlashiga yordam beradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi
|