Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi




Download 0,59 Mb.
bet5/8
Sana20.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#244875
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari

Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Ko‘rinib turibdiki,g‘oyaviy-ma’naviy tahditlar dunyoning barcha mamlakatlari, xalqlari hayotiga daxildor masala sanaladi. Demak, g‘oyaviy-ma’naviy tahdid qaysi davlat yoki xalqqa qarshi qaratilishidan qat’iy nazar, butun insoniyatda birdek tashvish va xavotir uyg‘otishi kerak.Dunyo boshdan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermokda. Birok ayrim g‘arazli kuchlar shunday ham murakkab bu jarayonni yanada keskinlashtirish, obrazli qilib aytganda, tinik suvni loyqalatib, istagancha baliq tutishga intilmoqda. Jumladan, hamisha zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan katta boylik orttirib kelgan kuchlar mana shunday taloto‘plardan foydalanib, “ommaviy madaniyat” g‘oyasini keng targ‘ib etayapti.Jumladan, bunday kuchlar o‘z niyatlarini amalga oshirish yo‘lida qurolli vositalardan foydalanibgina qolmasdan, balki demokratiyani yoyish shiori ostida axborot xurjlari orqali harakat qilishmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda axborot-telekommunikatsiya texnalogiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ma’lumotlar almashinuvining tezlashishiga olib keldi. Bunda asosan Internet ijtimoiy tarmog‘i etakchi rolni o‘ynamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda eryuzida 2,1 mlrd. internetdan foydalanuvchilar bo‘lib, uning 44 foizini Osiyo mintaqasida yashovchilar tashkil etar ekan. Umumiy ko‘rsatkichningyarmidan ko‘pi 25yoshgacha bo‘lganlardan iborat.
Bunday murakkab zamonda ma’naviyat va ma’rifat masalasi naqadar dolzarb, hal qiluvchi masalaga aylanib borayotganini ko‘pchilik hamon teran anglab etgani yo‘k. Takror aytish foydadan xoli emaski, agar ma’naviyatni yo‘qotsak, o‘zimizni va o‘zligimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin. Aksincha, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirsak, o‘zimizning maksad-vazifalarimizga etish uchun kuchli va ishonchli madad topa olamiz.
To‘g‘ri, biz demokratiya davrida yashayapmiz. Jamiyatimizda qiziqish va intilishlarga hurmat bilan qaraladi. Ammo xatarli qiziqish va mayllardan davlat va jamiyat o‘zini himoya qilishi lozim. Buning uchun esa, eng avvalo, reklama va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi davlatimiz qonunlarining talablari qat’iy bajarilishi kerak.Ayni paytda barchamiz yoshlar dunyoqarashini kengaytirishimiz, imkoniyatlarini rivojlantirishimiz lozim. Masalan, «Ogohlik» iborasining ma’nolarini bugungi zamon sharoitidan kelib chiqib, ancha keng miqyosda tushunishimizga to‘g‘ri keladi. YA’ni bugungi ogohlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlar dilini, ruhiyatini, aql- idroki va umuman ma’naviyatini diniy-aqidaparastlik, jaholatparastliklar xataridan tashqari, ayni paytda, jahonda yuz berayotgan siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va estetik manfaatlar yo‘nalishidagi goh oshkora, goh xufiyona kurashlarning keng miqyosdagi xatarli jihatlaridan, jumladan, «ommaviy madaniyat»ning emiruvchi ta’siridan muhofaza qilishni ham o‘z ichiga oladi. Kelajak egalarini xalqimiz ma’naviyatiga yot “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoya qilish bugungi kunning eng dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda. Buning uchun avvalo ularni milliy tiklanish g‘oyasi, milliy madaniyat va qadriyatlarni e’zozlash ruhida tarbiyalash, yoshlarni axborot-resurs markazlariga, madaniy-tarixiy yodgorlik maskanlariga, teatr va ko‘rgazmalarga jalb etish, barkamol avlodni bilimli, sog‘- lom va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatga ega insonlar qilib tarbiyalash, ular ongi va qalbida mafkuraviy immunitetni shakllantirishda barcha birday mas’uliyatni his etmog‘i lozim.
Binobarin, o‘sib kelayotgan avlodni shunday tarbiyalashimiz kerakki, ular axborot makoniga kirganda, faqat o‘zi uchun zarur va foydali narsani olsin, internetdan foydalanish madaniyatini o‘rgansin. Bu masalada internet tizimi orqali mentalitetimizga mutlaqo yot mafkura va dunyoqarashni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishga urinayotganlar borligi, ayniqsa, xatarli ekanligidan barchamizni ogoh bo‘lishimiz zarur. Zero, biz bu masalada hamisha ogoh va hushyor turmasak, mafkuraviy xurujlar, avvalo, yoshlarning ongini zaharlashi, “ommaviy madaniyat” deb atalayotgan illat xalqimizning ma’naviy boyligi bo‘lgan odob-axloq, ibo, or-nomus, iroda, sharm-hayo, iffat-andisha kabi fazilatlarimizni nursizlantirib, ko‘p mingyillik milliy qadriyatlarimizga putur etkazishimiz mumkin.
K o‘p narsa internetting boy axborot resurslaridan kim va qanday maqsadlarda foydalanishiga bog‘liq. SHu o‘rinda har qanday axborot xurujlari, “ommaviy madaniyat” xavfidan himoyalanmagan saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siridan butun millat, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni himoya qilish har bir ongli insonning muqaddas burchi ekanini ta’kidlash lozim. O‘zbekiston erishayotgan, dunyo tan olayotgan ulkan yutuqlarning negizida turgan asosiy omil insondir. Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”, degan so‘zlari bir asr avval millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarblik kasb etgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin o‘rnini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon etkazishi mumkin. Bu tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish talab etiladi. Davr shiddatiga hamohang qadam tashlayotgan yoshlarimiz milliy ma’naviyatimiz asosida tarbiya topsa, odob-axloq tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. “Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Milliy qonunchilik tajribasida bu kabi normalarning aks etishi yoshlarimizda turli axborot xurujlari, jamiyatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda, farzandlarimizni xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalarga, ota-onaga hurmat ruhi asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. Zero, har qaysi davlatning yoshlari uning ertangi kunini, taqdirini belgilovchi kuch bo‘lib sanaladi.

Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy tahlillarda g‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar quyidagilarda namoyon bo‘ladi

Download 0,59 Mb.