Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik




Download 0,59 Mb.
bet4/8
Sana20.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#244875
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va kamchiliklari

Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik.
Bugungi dunyo boshidan kechirayotgan globallashuv jarayoni insoniyat uchun katta imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Lekin, ayrim kuchlar dunyoni yanada murakkablashtirishga xarakat qilayapti. Xususan, doimo zo‘ravonlik va gegemonlik hisobidan boylik orttirib kelgan kuchlar «ommaviy madaniyat» shiori ostida turli salbiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilmoqdalar. Kimki «ommaviy madaniyat» ortidan ergashsa, o‘zining ijodiy qobiliyatidan yiroqlashadi va tayyor madaniy mahsulotlar «iste’molchisi»ga aylanib qoladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, «ommaviy madaniyat» asosan hayotiy tajribasi kamroq yoshlarni ohanrabodek o‘ziga tortadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti o‘zining «Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch» nomli asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, «Tabiiyki, «ommaviy madaniyat» degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi»59. Ommaviy madaniyatni niqob qilib, buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q. Ushbu madaniyatning asosida avvalo tijorat, moddiy manfaatdorlik borligini zamonaviy fan ham e’tirof etmoqda. Shunday ekan, ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligiga va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish davr talabidir. Unutmaslik kerakki, ba’zi ijtimoiy qatlamlarning rivojlanmagan didiga «ommaviy madaniyat»da ko‘p uchraydigan mazmunan sayoz, siyqa va jo‘n mahsulotlarning mos kelishi va mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. Jahon taraqqiyoti tajribasi shuni ko‘rsatadiki, texnologik jarayonlar har qanday qudratli bo‘lmasin, hayotni olg‘a boshlaydigan, unga ma’no-mazmun baxsh etadigan kuch baribir, madaniyat va ma’naviyat bo‘lib qolaveradi.Aslida to‘g‘ri ma’nodagi ommaviy madaniyat ko'pchilik o'ylaganidek, zararli tushuncha emas. U, eng avvalo, bir-birimizga «Assalomu alaykum» deya tinchlik tilashimizdan boshlanadi. Xalqimizning ming yillar sinovidan o'tgan bayramlari, to'ylari, xalq og'zaki ijodi, bir so'z bilan aytganda, omma uchun madaniyatga aylanib ulgurgan barcha qadriyatlar ijobiy ma’nodagi ommaviy madaniyat namunalari nhisoblanadi. «Ommaviy madaniyat» asosini esa «Biz» degan tushuncha emas, «Avval mening o‘zim, keyin boshqalar» degan g‘arbona egotsentrizm g‘oyasi tashkil etadi.Mustaqil rivojlanish yo‘lini tanlab yangi jamiyat qurayotgan har bir millat uchun axloq va milliy madaniyatni saqlash va yanada rivojlantirish - eng dolzarb va ustuvor vazifadir. Globallashuvning yoshlar tarbiyasiga o‘tkazayotgan salbiy ta’siri informatsion vositalarning yuksak rivojlanishi natijasida internet, uyali telefon, telekommunikatsiyalar va turli axborot nashrlarining kirib kelishi, bu vositalar orqali taklif etilayotgan «qadriyatlar» ko‘p hollarda yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirib qo‘ymoqda. Boshqacha qilib aytganda, «ildizi yo‘q individ»larning shakllanishiga olib kelmoqda. «Ommaviy madaniyat» turli xil ko‘rinishlarining yoshlar orasida tobora keng tarqalishi asosan kiyinishda, qiziqishlarda, bo‘sh vaqtni o‘tkazishda, didlarning sayozlashuvida, milliy qadriyatlarga munosabatda namoyon bo‘lmoqda. Bular esa behayolik va zo‘ravonlik, milliy qadriyatlarga va ijtimoiy manfaatlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish kabi illatlarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda yoshlar orasida taqlidchilik holatlarining kuchayayotganligi kuzatilayapti. Xorijda keng tarqalgan axloqiy va ma’naviy yurish-turish andozalarining kinofilmlar, moda va turli xil reklamalar orqali yoshlarimizning ongini ma’lum ma’noda zaharlayotganini sezish qiyin emas. Natijada, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishdan ko‘ra kompyuter o‘yinlarining oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz filmlarni tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda.Umuman olganda, globallashuvning salbiy oqibatlarini, «ommaviy madaniyat» niqobidagi aksilmadaniyat va turli g‘arazli, noxolis axborotlar xurujining ta’sirini mumkin qadar kamaytirish uchun aholi, ayniqsa, yoshlarning siyosiy ongini, huquqiy, axloqiy, estetik madaniyatini yuksaltirish talab etiladi. Navqiron avlodni milliy va umumbashariy qadriyatlarga, madaniyat durdonalariga bolalikdan boshlab hurmat ruhida tarbiyalash, ularda «ommaviy madaniyat»ga xos ayrim ko‘rinishlarga tanqidiy munosabatni, aksilmadaniyatga, turli buzg‘unchilik g‘oyalar va axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi.Xozir insoniyat g‘oyat chigal va ziddiyatli zamonda yashayapti. Buning ustiga, ezgu g‘oyalarni turli g‘arazli manfaatlar yo‘lida soxtalashtirishga intiluvchilar tobora ko‘paymokda. Oqibatda asl maqsadlar niqoblanib, azaliy qarashlarning ma’nosi atayin chigallashtirilayapti.Mustaqil O‘zbekistonimizning qisqa tarixiy davri shuni ko‘rsatdiki, vayronkor, buzg‘unchi g‘oyalar birinchi galda yoshlar ongini zaharlashga qaratilgan. Buning oldini olish uchun jamiyatimizda, kundalik hayotimizda ta’lim-tarbiyaga, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jiddiy e’tibor qaratishimiz darkor.
G‘oyaviy-ma’naviy tahdidlar nimalarda ayon bo‘lishini tahlil qilib ko‘raylik. Bu tahdid, birinchi galda, tili, dini, e’tiqodidan kat’iy nazar, har qaysi shaxsning tom ma’nodagi ozod inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy olamini izdan chiqarish maqsadini ko‘zlaydigan mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari tariqasida yuzaga chiqadi.:



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik

Download 0,59 Mb.