• Birinchi usulda
  • Ikkinchi usulda
  • Ierarxik rejimda
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini




    Download 0.63 Mb.
    bet6/12
    Sana22.12.2022
    Hajmi0.63 Mb.
    #36709
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mus ish Sotvoldiyev Nurillo
    Boymonov Kamoliddin, O\'zbek adabiyoti tarixi ON, 2-JTYA Konspekt, Iqtisodiy tahlilning shakllanishi, Тема 6, Erkin savdo va protektsionizm siyosati, Amaliy ish 2, 1703870472452, 209-guruh talabasi Xikmatillayev Dilshodning ma’lumotlar bazasin-fayllar.org
    Siqishning progressiv rejimi bittadan ortiq skan bo‘lishini va dekodlanadigan tasvirning tiklanish tartibi boshqacha bo‘lishini taqozo etadi. Birinchi skanning tasvirini tarkibiy qismlarini dekodlash butun tasvirni boshlang‘ich, nisbatan yuqori bo‘lmagan sifat bilan tiklashni amalga oshirilishini ta’minlashi kerak. Har keyingi skanning dekodlanishi tiklanayotgan tasvirning sifatini ortishiga olib kelishi kerak. Bunday variant tasvirlarning ma’lumotlar bazasi, Internetdan qidirish va tez ko‘rish hamda boshqa holatlarda qo‘llanilishi mumkin. Bunday maqsadda dekodlanayotgan tasvirning sifatini sekin asta ko‘tarilib borishini ta’minlash uchun quyidagi ikki usuldan foydalaniladi.
    Birinchi usulda, joriy skandagi tasvirning har bir blokining, keskin-keskinsimon (zigzag) hisoblashlaridan olingan, ketma-ketli koeffitsientlar diapazonining faqat ma’lum belgilanganlari kodlanadi. Bu usul spektral seleksiya deb nomlanadi, chunki har bir diapazon odatda 8x8 pikselli blok chastota spektrini quyi yoki yuqori qismini egallovchi koeffitsientlar, ya’ni spektral diapazondan tarkib topgan.
    Ikkinchi usulda esa, barcha blok koeffitsientlarining muhim bitlari tasvirning birinchi skanida kodlanadi. Har keyingi skan DKO‘ koeffitsientlari aniqligini bitta bitga oshishini ta’minlaydi. Bu usul ketma-ket yaqinlashish deb nomlanadi.
    JPEG ning axborot yo‘qotishlarisiz rejimi (Loseless JPEG) tasvirning qo'shni elementlarining bashorat qilib topishdagi kodlashga asoslangan. Bunday rejimda barcha amallar to‘g‘ri va teskari holatlarda amalga oshirilishi mumkin, biroq erishiladigan siqilish katta emas.
    Ierarxik rejimda tasvir kadrlar ketma-ketligi sifatida kodlanadi. Birinchi kadr tayanch kadri hisoblanadi va har bir tayanch kadr ketidan bir yoki bir necha kadrlar farqini ko‘rsatuvchi ketma-ketlik kelishi mumkin hamda shundan so‘ng yana tayanch kadri keladi. Ma’lumotlar chiqish hajmini kamaytirish maqsadida kadrlararo piksellar qiymatini DKO‘dan foydalanilgan holda ma’lumotlarni yo‘qotishlar bilan yoki yo‘qotishlarsiz amalga oshiriladi, bu esa “sifat” ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ladi.
    Ierarxik rejim ham progressiv rejim kabi, tiklanish sifatini asta-sekin oshib borishini ta’minlaydi. Har keyingi kadrni dekodlash borgan sari siqilmagan originalga yaqin tasvirni beradi. Progressiv rejimga nisbatan ierarxik rejim muhim xususiyatga ega va u qator holatlarda tatbiq etishda foydali bo‘lishi mumkin. Ketma-ket keluvchi kadrlarning har bir tarkibiy qismlari tasvir aniqligining o‘lchamini oshishiga olib kelishi mumkin. Siqishda dastlabki tasvirning asta sekin oraliq o‘lchovlari kamaytirilishi bajariladi, natijada ikilamchi tasvir yuzaga keladi va uning elementlar soni ham asta-sekin kamayadi.
    Birinchi (tayanch) tasvir kichik o‘lchamga ega ikkilamchi tasvirni kodlash asosida olinadi. Keyingi kadrlararo farqning tyanch tasvirini olishda birinchi kadrdagi elementlar sonini interpolyatsiyasini oshirish orqali amalga ijro etiladi. Har keyingi kadrlararo farqning tyanch tasvirini olishda barcha kodlangan kadrlardan olingan tasvirdagi qo'shimcha elementlarni interpolyatsiyalash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    JPEG formati turli ma’lumot tashuvchilarda va Internet ilovalarida ko‘p rangli, sifatli rasmlarni saqlashda keng qo‘llaniladi.



    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini

    Download 0.63 Mb.