• DKO‘ har bir bloki koeffitsientlarini, inson vizual qabul qilish idrokini hisobga olib, mukammalashtirilgan vazn funksiyalarini qo‘llagan holda kvantlash;
  • Tasvirni optimal(mukammal) rangli maydonga o‘zgartirish




    Download 0.63 Mb.
    bet4/12
    Sana22.12.2022
    Hajmi0.63 Mb.
    #36709
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Mus ish Sotvoldiyev Nurillo
    Boymonov Kamoliddin, O\'zbek adabiyoti tarixi ON, 2-JTYA Konspekt, Iqtisodiy tahlilning shakllanishi, Тема 6, Erkin savdo va protektsionizm siyosati, Amaliy ish 2, 1703870472452, 209-guruh talabasi Xikmatillayev Dilshodning ma’lumotlar bazasin-fayllar.org
    Tasvirni optimal(mukammal) rangli maydonga o‘zgartirish;

  • Piksellar guruhlarining rang tashkil etuvchilarini umumiylashtirish hisobiga subdiskretizatsiyalash;

  • Tasvir ma’lumotlarining ortiqchaliklarini qisqartirish uchun diskret- kosinus o‘zgartirishni qo‘llash;

  • DKO‘ har bir bloki koeffitsientlarini, inson vizual qabul qilish idrokini hisobga olib, mukammalashtirilgan vazn funksiyalarini qo‘llagan holda kvantlash;

  • Axborotning ortiqchaligini olib tashlash uchun, Xaffman algoritmini qo‘llagan holda, natijaviy koeffitsientlarni (tasvir ma’lumotlarini) kodlash.

    JPEG standarti kodekining ishlashini 4.1.- rasmda ko‘rsatilgan tashkiliy chizma asosida ko‘rib chiqamiz. Shu o‘rinda JPEG dekodlash amali teskari tartibda amalga oshirilishini nazarda tutish lozim.

    4.1- rasm. JPEG standarti bo‘yicha tasvirlarni kodlash va dekodlash tashkiliy chizmasi
    Boshlang‘ich tasvirning piksellar ma’lumotlari rang fazosi(maydoni) o‘zgartirish blokiga kelib tushadi. Odatda JPEG algoritmi har qanday rangli model bilan ishlaydi, chunki uning har bir tashkil etuvchisiga alohida ishlov beriladi. Bu JPEGning har qanday rangli fazo modelidan (masalan, RGB, HSI yoki CMYK) mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi, biroq yorug‘lik/ranglilik (YUV yoki YCbCr) rangli fazoda(maydonda) foydalanilganda nisbatan yuqori siqish ko‘rsatgichiga erishiladi. Y tashkil etuvchi yorug‘lik intensivligini ifodalasa, U va V lar esa - ranglilikni (rangfarq signallarni) ko‘rsatadi. Bu model RGBga o‘zgartirilishi mumkin va o‘zgartirishda to'yinganlikni korreksiya qilish shart emas. Yarim ton tasvirlar uchun (kul rang misolida) faqat yagona tarkibiy Y qo‘llaniladi.
    RGB rang modelini YCbCr modeliga o‘zgarishi quyidagi munosabatlar yordamida amalga oshiriladi:
    Y = 0,299 R + 0,587 G + 0,114 B;
    Cb = - 0,1687 R - 0,3313 G + 0,5 B + 128;
    Cr = 0,5 R - 0,4187 G - 0,0813 B + 128.
    YCbCr modelini RGB rang modeliga qayta aylantirilishi esa quyidagi munosabatlar bilan amalga oshiriladi:
    R = Y + 1,402 (Cr-128);
    G = Y - 0,34414 (Cb-128) - 0,71414 (Cr-128);
    B = Y + 1,772 (Cb-128).
    So‘ngra subdiskretizatsiya blokida rangfarq tashkil etuvchilarni o‘zgartirish imkoni mavjud bo‘ladi, ya’ni 4:4:4 formatdagi (YUV24) yoki 4:2:2 formatdagi (YUV16) model (4.2 -rasm). Bu yerda YUV- bitta yorug‘lik va ikkita rangfarq tashkil etuvchi. Bunda 4:2:2 modeli kichik elementlar soni ko‘p bo‘lmaganda, ranglar biridan biriga tekis o‘tadigan real tasvir syujetlarini siqishda kam buzilishlar kiritadi. Kompyuter grafikasidagi sun’iy tasvirlarda ko‘p kichik detallar tasviri mavjud bo‘lib, rangdan rangga o‘zgarish tez amalga oshganda, 4:4:4 modulidan foydalangan ma’qul, ammo bunda raqamli oqimning tezligi oshirilishi kerak.

    Download 0.63 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tasvirni optimal(mukammal) rangli maydonga o‘zgartirish

    Download 0.63 Mb.