IV–BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI




Download 1.14 Mb.
bet11/14
Sana28.06.2022
Hajmi1.14 Mb.
#24540
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
О‘zbekistоn respublikаsi аxbоrоt texnоlоgiyаlаri vа kоmmunikаtsi
Fizika 7-8-9-sinf 34 soat to\'garak, Самокаты Юрент , hujjatlar 12212121, 1-Mustaqil ishi
IV–BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.
4.1 Telekommunikatsiyada mehnat faoliyati xavfsizligi chora-tadbirlari
Asosiy tushunchalar. Fan-texnika taraqqiyoti insonning mehnat faoliyatida talay qulayliklarni yaratish bilan birga inson hayoti uchun zararli bo‘lgan ba’zi bir omillarni kelib chiqishiga ham olib keldi .
Hozirgi vaqtda radio va elektron qurilmalarning radiotelemetriya,
radionavigatsiya va boshqa elektromagnit tebranishlarga asoslangan apparatlarning keng qo‘llanishi, ko‘pchillik kishilarning radioapparatlar, uyali telefonlar va kompyuterlardan foydalanishi elektromagnit tebranish to‘lqinlaridan muxofazalanish chora-tadbirlarini amalga oshirishni taqozo etadi.
Omillar:
1. Manitorning elektromagnit nurlanishlari .
2. Ekranda statik elektr razryadning hosil bo‘lishi.
3. Ultrabinafsha nurlanishlar.
4. Infraqizil nurlanishlar.
5. Rentgen nurlari.
6. Yorug‘lik tasvirining yorqinligi.
7. Yorug‘lik oqimining lippillash darajasi.
8. Ko‘rish maydonida yorqinlikning notekis taqsimlanganligi.
9. To‘g‘ridan-to‘g‘ri yaltirash darajasining yuqoriligi .
10. Yoritilganlik darajasining yuqori yoki pastligi .
11. Havodagi chang zarrachalari.
12. Havoning ionlanishi darajasining o‘zgarishi .
13. Havo namligining o‘zgarishi.
14. Ish zonasida havo oqimining o‘zgarishi .
Kimyo omillar: Havo tarkibidagi: uglerodlar oksid, ozon, ammiak,
formaldegid, polixlorli bifenillarning hosil bo‘lishi.
Psixofiziologik va mikrobiologik omillar:
1. Diqqat va ko‘rishining zo‘riqishi.
2. Zukkolik va hissiyotning zo‘riqishi.
3.Uzoq davom etuvchi muvozanatli zo‘riqish.
4. Ish jarayonining bir xilligi.
5. Vaqt birligida ishlab chiqiladigan axborot xajmining ko‘pligi.
6. Ish joylarining noto‘g‘ri tashkil qilinishi.
7. Havodagi mikroorganizmlar miqdorining yuqoriligi.
Mehnat faoliyati sharoitining klassifikatsiyasi. So‘nggi 10 yillikda
mamlakatning xo‘jalik yuritish kompleksida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, yangi mehnat faoliyatlari paydo bo‘ldi. Bunday tashqari bozor iqtisodiyotiga o‘tish islohoti norentabel yoki zarar bilan ishlovchi korxonalarni qisqarishiga yoki butunlay yopilishiga olib keldi. Yangi, turli mulk shaklidagi korxonalar, fermer xo‘jaliklari tashkil topmoqda. Ularning iqtisodiy ahvoli ham turlichadir. Shu sababli ularning barchasida ham ishchilarga normal faoliyat ko‘rsatishi uchun mehnat muhofazasi qonunlariga mos ish joylari yaratib berilgan deyish qiyin.
Mehnat faoliyati sharoiti quyidagicha klasifikatsiyalanadi:
1) qulay;
2) uncha katta bo‘lmagan hajmdagi ishlab chiqarish zararlari ko‘rinishidagi qisman murakkabliklar bilan;
3) murakkab-ishlab chiqarishdagi zararlarning o‘rtacha hajmi bilan;
4) o‘ta murakkab ishlab chiqarish zararlarining absalyut maksimal hajmi bilan.

Download 1.14 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV–BOB. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARIDA HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI

Download 1.14 Mb.