• Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 2018-yil 19-fevral, PF-5349-son




    Download 1.14 Mb.
    bet2/14
    Sana28.06.2022
    Hajmi1.14 Mb.
    #24540
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    О‘zbekistоn respublikаsi аxbоrоt texnоlоgiyаlаri vа kоmmunikаtsi
    Fizika 7-8-9-sinf 34 soat to\'garak, Самокаты Юрент , hujjatlar 12212121, 1-Mustaqil ishi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 2018-yil 19-fevral, PF-5349-son chiqarilgan farmonda qo’ydagi gaplar aks ettirilgan bunga ko’ra Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan: telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va internet tarmog‘ining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti va ushbu yuqorida aytib o’tilgan gaplarni tasdig’ini topish uchun unib o’sib kelayotgan yosh kelajak avlodimiz bunday kamchiliklarni yangi zamonaviy texnologiyalar yaratib bularni bartaraf etadi deb aytib o’tgan.
    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi:
    Insonlarning texnologiyalarga bo‘lgan talablari ortib borishi bilan texnologiyalar juda ham jadal tarzda rivojlanib bormoqda. Foydalaniladigan qurilmalarning imkoniyatlari yanada ko‘proq bo‘lishini hamma ham xohlaydi. Shu sababdan ham mikrotexnologiyadan nanotexnologiyaga o‘tilmoqda. Nanotexnologiya sohasida etarlicha natijalarga ham erishildi. Ushbu yo‘nalishda yaratilgan ilmiy ixtirolar iqtisodiyot, tibbiyot, biologiya, ekologiya, aviatsiya, radioelektronika kabi ko‘plab muhim sohalarda yuqori samaradorlik va tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda.
    Chunki ilm-fanning bunday kashfiyotlari noyob xususiyatlarga ega yangi meta-materiallar va ekstremal sharoitlarga chidamli nanomateriallar olish va ularni tatbiq etishga xizmat qiladi. Shu bois jahonda nanotexnologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish va bu boradagi innovatsion texnologiyalardan tobora keng foydalanishga e’tibor kuchayib bormoqda. Bugungi kunda nanoelektronika va nanotexnologiyaga bo‘lgan talab juda yuqori darajada jadal rivojlanib bormoqda.Shuning uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot va ularning tezligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun samarali ositalarni yaratish va qo‘llash juda muhim masaladir. Masalan, kom­pyuter texnologiyalari sohasida olib borila­yotgan izlanishlar natijasida kvant infor­matikasi fani yuzaga keldi.
    Ushbu soha nanoo‘lchamli protsessorlarga ega bo‘lgan kvant kompyuterlarini yaratish va ular uchun dasturlar ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. Kvant kompyuterla­rida bir birlik axborotni yozish uchun bitta yoki bir nechta atomdan foydalaniladi. Biz foydalanayotgan hozirgi zamon kompyuterlarida bu jarayonni bajarish uchun esa bir necha milliard atom sarflanadi. Demak, kvant kompyuterlarida hisoblash jarayonida o‘z-o‘zidan o‘ta yuqori tezlik, ixchamlik va samaradorlik oshadi. Ushbu yuqorida aytib o’tilgan gaplarni tasdig’ini topish maqsadida mikroprotsessorlarni kuchaytirish zarur va kelgusida ushbu kompyuterlarda axborot, ma’lumotlarni almashishda hech qanday qiyinchilik va ortiqcha vaqt sarflashimizga hojat qolmaydi.Shu bilan birgalikda yuqori tezlikda ishlaydigan kompyuterlar yaratiladi.

    Download 1.14 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.14 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 2018-yil 19-fevral, PF-5349-son

    Download 1.14 Mb.