• Toshkent-2021 6 – amaliy mashg‘ulot AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN OPTIK ULAGICHLAR, OPTIK ATTENYUATORLARNING XARAKTERISTIKASINI TADQIQ ETISH
  • 6.2. Topshiriq
  • 6.3. Nazorat savollari: Optik ulagichlarning qanday turlarini bilasiz
  • Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar qaysi hollarda qo‘llaniladi
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti optik aloqa tizimlari fani bo’yicha Amaliy ishi-6




    Download 154.58 Kb.
    bet1/3
    Sana03.10.2023
    Hajmi154.58 Kb.
    #86120
      1   2   3
    Bog'liq
    2 5226853673132364112, 8 sinf testlar, TABIAT-BILAN-TANISHTIRISH-NAZARIYASI-VA-TEXNOLOGIYALARI, Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotl-fayllar.org, 1-Amaliy topshiriq (1), Gipsosementpussolan . Asqarov Obidjon, 1702402746, Ta\'mirlash ishlarida xavfsizlik

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Optik aloqa tizimlari fani bo’yicha


    Amaliy ishi-6
    Bajardi: 413-18 –guruh talabasi
    Haydarqulov Azamat
    Tekshirdi : Komilov Rasul

    Toshkent-2021

    6 – amaliy mashg‘ulot


    AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN OPTIK ULAGICHLAR, OPTIK ATTENYUATORLARNING XARAKTERISTIKASINI TADQIQ ETISH


    6.1. Mashg‘ulotning maqsadi

    Optik tolani optik ulagich bilan ulashda kiritiladigan so‘nish qiymatini aniqlash va optik attenyuator tomonidan kiritiladigan so‘nishni shakllantirish.


    6.2. Topshiriq

    3.2.1. Mashg‘ulotga tayyorlanishda quyidagi o‘quv materiallarini o‘rganish va 3.3 paragrafda keltirilgan nazorat savollari (NS) ga javob tayyorlash zarur (ulardan 4 ta savolga javob yozma ravishda bayon etilishi kerak)


    3.2.2. Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlarning, optik attenyuatorlarning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish.


    6.3. Nazorat savollari:



    1. Optik ulagichlarning qanday turlarini bilasiz?

    Optik ulagich – bu nurlanishni kiritish va chiqarish joyida tolali optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini, optoelektron modullarni kabel tolalari bilan ulash, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri yoki boshqa komponentalar bilan ulash uchun mo‘ljallangan qurilma.
    Ulagichlarning ajraladigan va ajralmaydigan turlari mavjud. Ajralmaydigan ulanishni ta’minlovchi asosiy montaj usuli payvandlash hisoblanadi. Ajraladigan ulagichlar (ularni belgilash uchun konnektor, connector atamalaridan keng foydalaniladi) ko‘p martalab ulash/ ajratishlarni bajarish imkonini beradi.



    1. Qismlarga ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar qaysi hollarda qo‘llaniladi?

    Ajraladigan ulagichlardan optik aloqa liniyasining alohida passiv elementlarini ulashni ta’minlash uchun ham foydalaniladi. Bu turdagi ulashlar odatda tolali shnurlar – pigteyllar yordamida amalga oshiriladi. Har bir shnurning oxirgi uchlari sifatli ulanishga erishish uchun optik konnektorlar bilan ta’minlanadi.
    Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan nay (trubka) yordamida ulash hisoblanadi (6.3-rasm). Bunday ulashda kiritiluvchi so‘nish qiymati 0,29 dB ni tashkil etadi.



    6.3- rasm. Trubka yordamida tolani ulash: 1 - vtulka; 2 - yopishtiruvchi kompaundni quyish uchun teshik; 3, 4 - optik tola.


    Tolalarni yarimssilindrik ariqchali plastina yordamida ulash (11.4-rasm) usulida kiritiladigan so‘nish sathi 0,5 dB ni tashkil etadi. Tola oxirlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi.



    /
    Ajralmaydigan optik ulashda optik tolalarni doimiy ulash, yuqorida qayd etilganidek, payvandlashda keng foydalaniladi. Hozirda payvandlash qurilmalari amaliyoti takomillashib bormoqda. Natijada payvandlashli ulash usuli qo‘llanilganda kiritiluvchi so‘nish qiymatlari bir modali va ko‘p modali tolalar uchun 0,04-0,1 dB ni tashkil etadi.
    Ko‘p modali tolalarda payvandlashli ulash sifatiga ta’sir qiluvchi, tolaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillar mavjud. Bu omillarga tola diametrlarining, sonli aperturalarining va sindirish ko‘rsatkichlarining mos kelmasligi, o‘zakning qobiq markazida joylashmasligi kiradi.





    Download 154.58 Kb.
      1   2   3




    Download 154.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti optik aloqa tizimlari fani bo’yicha Amaliy ishi-6

    Download 154.58 Kb.