• 4. Optik attenyuatorlar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi Optik attenyuatorlar haqida umumiy tushuncha
  • Shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishini tavsiflang




    Download 154.58 Kb.
    bet2/3
    Sana03.10.2023
    Hajmi154.58 Kb.
    #86120
    1   2   3
    Bog'liq
    2 5226853673132364112, 8 sinf testlar, TABIAT-BILAN-TANISHTIRISH-NAZARIYASI-VA-TEXNOLOGIYALARI, Katta guruhda yil davomida oʻtkaziladigan matematika mashgʻulotl-fayllar.org, 1-Amaliy topshiriq (1), Gipsosementpussolan . Asqarov Obidjon, 1702402746, Ta\'mirlash ishlarida xavfsizlik
    3.Shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishini tavsiflang.
    6.1-rasmda shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu ulagichda uya va shtir qismlari ulanadi. Ulanishdan so‘ng gayka bilan mustahkamlanadi. 6.1-rasmda ulagichning uyali qismi yuzasidagi rezba va gayka ko‘rsatilmagan [6].
    Ulagichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: kirituvchi yo‘qotishlari va teskari aks etishlari kam, tashqi mexanik, klimatik va boshqa ta’sirlarga bardoshli, yuqori ishonchli, tuzilishi sodda va ko‘p martalab takroriy ulanishlardan so‘ng xarakteristikalari kam o‘zgarishi kerak.



    6.1-rasm. Shtekerli ulash: a - uya; b-shtir; d-ajraladigan ulagich;
    1 - tola; 2 - kanal; 3 - birlashuvchi yuzalar.



    4. Optik attenyuatorlar qanday maqsadlarda qo‘llaniladi?


    Optik attenyuatorlar haqida umumiy tushuncha

    Optik attenyuatorlar kirish optik signallarining quvvatini kamaytirish maqsadida ishlatiladi. Raqamli signallarni uzatishda ham, analog signallarni uzatishda ham bunga zaruriyat vujudga kelishi mumkin. Katta sathli raqamli signallarni uzatish chog‘ida bu hol qabul qiluvchi optoelektron modulning to‘yinishiga olib kelishi mumkin.


    Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatgichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazerning chiqish quvvatini undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari, FD kabi qurilmalar talab etadigan sath bilan moslashtiradi.
    Yorug‘likning jadalligi (intensivligi) fotodiodning dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta bo‘lgan qisqa optik tolali seksiyalarda attenyuator o‘rnatish mumkin. Ular jadallikni qabul qilgichning dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi.
    Ishlash prinsipi bo‘yicha attenyuatorlar so‘nish qiymati o‘zgaruvchi va so‘nish qiymati o‘zgarmas turlarga bo‘linadi.
    O‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0-20 dB oraliqda o‘zgartirish imkonini beradi.
    So‘nish qiymati o‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan bo‘ladi. Uning qiymati 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB ni tashkil etishi mumkin.
    Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish ±15 % dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Optik aks etish qobiliyati maksimal -40 dB sathda bo‘lishi kerak. Attenyuatorlarning ishchi to‘lqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani, eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi diapazoni 1310-1580 nm oraliqda yotadi. Attenyuatorlarda qutblangan moda dispersiyasi (QMD)ga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak.




    Download 154.58 Kb.
    1   2   3




    Download 154.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shtekerli ajraladigan optik ulagichning tuzilishini tavsiflang

    Download 154.58 Kb.