Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/142
Sana06.12.2023
Hajmi4,35 Mb.
#112708
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari (1)

2.3.3. Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish 
Ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish masalasini ko’rib 
chiqishdan oldin, quyidagi belgilashlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
A tomonning ochiq kaliti bilan xabar 𝑀𝑀 ni shifrlash: 𝐶𝐶 = {𝑀𝑀}
𝐴𝐴

𝑆𝑆 tomonning shaxsiy kaliti bilan shifrmatnni deshifrlash: 𝑀𝑀 = [𝐶𝐶]
𝐴𝐴

Bundan esa quyidagi tenglikni osonlik bilan yozish mumkin: 
[{𝑀𝑀}
𝐴𝐴
]
𝐴𝐴
= 𝑀𝑀. 
Boshqacha aytganda, 
𝑀𝑀 xabarni A tomoning ochiq kaliti bilan shifrlab, keyin aynan 
shu tomonning shaxsiy kaliti bilan deshifrlash amalga oshirilsa, yana o’sha xabar 
hosil bo’ladi. 
Simmetrik shifrlar bilan bajargan ixtiyoriy amalni, ochiq kalitli shifrlash 
algoritmlari bilan ham amalga oshirish mumkin. Biroq, jarayon ko’proq vaqt talab 


53 
etadi. Masalan, tarmoqda ma’lumotni uzatishda va xavfsiz bo’lmagan muhitda 
axborot konfidensialligini ta’minlashda simmetrik shifrlash algoritmlarining o’rniga 
ochiq kalitli kriptografik tizimlardan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, simmetrik kriptotizimlar kabi ochiq kalitli kriptotizimlardan 
ham ma’lumotning yaxlitligini ta’minlashda foydalanish mumkin.
Ochiq kalitli kriptotizimlar simmetrik kriptotizimlarda mavjud bo’lgan kalitni 
taqsimlash muammosini o’zida bartaraf etgan. O’z o’rnida simmetrik kriptotizimlar 
ham ochiq kalitli kriptotizimlarga qaraganda samaradorligi bilan ajralib turadi. 
Boshqacha aytganda, shifrlash va deshifrlash amallari ochiq kalitli shifrlash 
algoritmlariga nisbatan tezroq amalga oshiriladi.
Har ikkala kriptotizimning afzalliklarini birlashtirish imkoniyati mavjudmi? 
Ya’ni, ma’lumotni shifrlashda yuqori samaradorlikka ega bo’lgan va kalitlarni 
taqsimlash muammosi bo’lmagan kriptotizimni yaratish mumkinmi? Albatta, 
buning imkoniyati mavjud va bunday tizimlar gibrid kriptotizimlar deb ataladi. 
Gibrid kriptotizimlarda simmetrik shifrlash algoritmining kaliti ochiq kalitni 
shifrlash orqali yetkazilsa, ma’lumotning o’zi esa simmetrik shifrlash orqali 
himoyalanadi. Gibrid kriptotizim sxemasi 17-rasmda aks ettirilgan. 
А томон

томон
B
K}
{
E(B 
томон маълумоти, K)
E(A 
томон маълумоти, K)
17-rasm. Gibrid kriptotizim 

Download 4,35 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   142




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Ochiq kalitli kriptotizimlardan foydalanish

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish