105
bo’lishidan himoyalaydi. Yong’inni bartaraf etish tizimlari avtomatik va avtomatik
bo’lmagan turlarga ajratiladi. Ushbu tizimlarga
o’to’chirgich (ognetushiyet), suv
purkash tizimlarini misol keltirsa bo’ladi.
Yong’inga qarshi passiv himoya tizimlari bino bo’ylab yong’inni tarqalishini
oldini olib, yong’inga qarshi eshiklar, oynalar va devorlar himoya chorasi
sifatida
qaralib, boshqa biror tizim tomonidan ishga tushirilishni talab etmaydi.
Passiv yong’inga qarshi himoya usuli amaliyotda quyidagi usullar asosida
oshiriladi:
-
yonuvchan materiallardan minimal foydalanish;
-
binoga yong’inni tarqalishini oldini olish uchun qo’shimcha qavat yoki
xonalarni qurish;
-
binodan foydalanuvchilarni yong’in sodir bo’lganda qilinishi zarur
bo’lgan ishlar bilan tanishtirish;
-
yong’inga aloqador tizimlarni to’g’ri madadlash;
-
yetarli sondagi qo’shimcha chiqish yo’llarining mavjudligi.
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik to’siqlar. Fizik xavfsizlikni ta’minlash
odatda turli fizik to’siqlardan
foydalanib, fizik chegarani umumiy hududdan
taqiqlangan hududga ajratish yo’li bilan tashkilotda ruxsatsiz foydalanishni oldini
oladi. Ushbu to’siqlarni joylashuv o’rniga ko’ra:
tashqi, o’rta va
ichki to’siqlarga
ajratish mumkin. Tashqi to’siqlar odatda
g’ov, devor va boshqalarni o’z ichiga oladi.
O’rta to’siqlardan odatda olamon va insonlarni ruxsatsiz kirishlarini taqiqlash uchun
foydalaniladi. Ichki to’siqlarni esa eshiklar, derazalar, panjaralar, oynalar, pardalar
va boshqalar tashkil etadi.
Bino ichida foydalaniluvchi fizik to’siqlarning quyidagi turlari mavjud:
-
devorlar/ elektr devorlar/ metal to’siqlar odatda taqiqlangan
hududlarni, nazoratlanadigan hududlarni va ruxsatsiz kirishdan himoyani
belgilashda foydalaniladi. Fizik to’siqlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad:
o
hujumchini bloklash va ushlab qolish;
o
tashkilot chegarasini
belgilash;
o
xavfsiz hududni tashqi hujumlardan himoyalash;
106
o
transportlarni kirishidan himoyalash;
o
qo’paruvchilik hujumlaridan himoyalash.
-
tumba kichik vertikal shaklida bo’lib, avtomobillarni
kirishidan
himoyalaydi;
-
turniketlar shaxs tomonidan mos tanga, bilet, barmoq izi yoki token
ko’rsatilganda bir vaqtda bir shaxsni ichkariga kirishiga yoki chiqishiga ruxsat
beradi;
-
fizik himoyani tashkil qilishda bundan tashqari
turli eshiklar, oynalar,