О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/142
Sana06.12.2023
Hajmi4,35 Mb.
#112708
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   142
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari (1)

Fizik xavfsizlikni nazoratlash: Yashirin qurol/ kontrabanda qurilmalarini 
aniqlash moslamasi. Tashkilotlarda odatda shaxslar tomonidan olib kiriladigan 
jixozlar yoki vositalar maxsus skanelarlar yordamida turli qurollar yoki kontrabanda 
vositalarini, bombalar, yoki o’q otar qurilmalari aniqlanadi. Mazkur skanerlarga 
misol qilib, metalni aniqlovchilar, X-ray aniqlash tizimlari va harakat bo’ylab 
metalni aniqlash tizimlarini keltirish mumkin (39-rasm). 


109 
39-rasm. X-Ray metal detektorlar [2] 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: qopqon chegarani buzib o’tuvchini tutuvchi 
fizik xavfsizlikni nazoratlash vositasi hisoblanib, odatda xavfli hududni xavfsiz 
hududdan ajratadi. Qopqon ikki eshikli mexanik qulflashga asoslangan kichik hudud 
bo’lib, ikkinchi eshik ochilishidan oldin birinchi eshik yopiladi. Shaxsni 
autentifikasiyalash smart karta, PIN kod yoki biometrik usullar asosida amalga 
oshirilishi mumkin (40-rasm). 
40-rasm. Qopqon 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: xavfsizlik yorliqlari va ogohlantiruvchi 
signallar. Xavfsizlik yorliqlari xavfsizlik darajasi turlicha bo’lgan axborotdan 
foydalanishga ruxsatlarni cheklash uchun juda qulay hisoblanadi. Buning uchun 


110 
tashkilotdagi ma’lumotlar dastlab xavfsizlik yorliqlari bilan ta’minlanadi. Odatda 
quyidagi turdagi xavfsizlik yorliqlari mavjud: 
- ochiq ma’lumotlar (unclassified); 
- chegaralangan ma’lumotlar (restricted); 
- konfidensial ma’lumotlar (confidential); 
- maxfiy ma’lumotlar (secret); 
- o’ta maxfiy ma’lumotlar (top secret). 
Axborotdan foydalanishdan oldin uning yorlig’iga qarab, ruxsat bor yoki 
yo’qligi aniqlanadi, agar ruxsat bo’lsa undan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ogohlantiruvchi signallar odatda tashkilotda ko’p sonli xodimlarni ruxsatsiz 
harakatlarni cheklash uchun foydalaniladi. Odatda ogohlantiruvchi signallar sifatida 
“TAQIQLANGAN HUDUD” (RESTRICTED AREA), “OGOHLANTIRISh” 
(WARNING), “XAVFLI” (DANGER) iboralardan foydalaniladi (41-rasm).
41-rasm. Ogohlantiruvchi belgilar 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: video kuzatuv vositalari tashkilotning 
aktivlarini bosqinchilardan va o’g’rilardan himoyalab, fizik xavfsizligini 
ta’minlashda muhim komponent hisoblanadi. Video kuzatuv moslamalari odatda 
tashkilotning kirish eshiklarida, zallarda va ishchi hududlarida o’rnatilib, tashkilotda 
kirish va chiqish harakatlarni kuzatishga yordam beradi. Hozirgi kundagi video 
kuzatuv vositalari nafaqat harakatlarni qayd etishga balki, noma’qul harakatlarni 
aniqlash imkonini beradi. Masalan, taqiqlangan jixoz olib kirayotgan yoki olib 
chiqayotgan holatni aniqlaydi yoki janjal bo’layotgan holatni aniqlab, ogohlantirish 
signalini yuboradi. Video kuzatuv vositalari sifatida hozirgi kunda, quyidagi 
kameralardan amalda foydalanib kelinmoqda (42-rasm). 


111 
a) Dome CCTV 
b) Bullet CCTV 
C) C-mount 
CCTV 
d) Day/ night 
CCTV 
42-rasm. Kuzatuv kameralari 
Fizik xavfsizlikni nazoratlash: fizik xavfsizlik siyosati va muolajalari. Har bir 
tashkilot samarali fizik xavfsizlikni amalga oshirish uchun talab qilingan fizik 
xavfsizlik siyosatini va muolajalarini amalga oshirishi zarur. Turli tashkilotlar uchun 
fizik xavfsizlik siyosati turlicha bo’lishi mumkin. Xususan, tashkilot fizik 
xavfsizligining siyosati tashkilotni fizik xavfsizligi nuqtai nazaridan o’zida 
quyidagilarni mujassamlashtiradi: 
- xodimlarning huquq va vazifalari
- foydalanishlarni boshqarishning nazorati; 
- qaydlash va auditlash. 
Fizik xavfsizlik muolajasi o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
- qulflash tizimini boshqarish; 
- suqilib kirish insidentlarini qaydlash
- tashrif buyuruvchilarni boshqarish; 
- konfidensial materiallarni yo’q qilish; 
- qog’oz ko’rinishidagi axborot uchun toza stol siyosatini va axborotni 
ishlashda toza ekran siyosatini amalga oshirish. 

Download 4,35 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   142




Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish