|
O‘zbеkiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
|
bet | 9/10 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 6,65 Mb. | | #112941 |
3 - Bob bo‘yicha xulosa.
Bu bobda PostgreSQL database muhitida yaratilgan ma’lumotlar bazasini Spring Boot muhitiga ulash ishlarini amalga oshirildi. Loyiha yaratish uchun muhit tanlandi. Bular: Spring Boot va PostgreSQL database muhitlari. Ushbu loyiha ishini bajarish mobaynida PostgreSQL muhitida ishlash bo‘yicha ko‘plab ko‘nikmalar hosil bo‘ldi. Bajarish mobaynida bir qancha muammolar ham kelib chiqdi. Ularni bartaraf etgan holda avtomatlashtirilgan tizim ma’lumotlar bazasi oxiriga yetkazildi. Ushbu muammolardan eng muhimlari bu PostgreSQL muhitini interfeysga bog‘lash vaqtida yuzaga keldi. Spring Boot dasturlash muhitida ishlashdi yanada mustahkam bilimga hosil bo‘ldi.
PostgreSQL muhitida ma’lumotlar bazasini yaratib turli xil o‘zgarishlarni ya’ni bazalarni bir-biriga bog‘lash, obyektlar o’rtasidagi aloqa ya’ni norelatsion ma’lumotlar bazasini qanday tuzish va bu yaratilgan bazada ishlash ko‘nikmalar paydo bo‘ldi. Kelajakda bu muhitlarda ishlash zarurati yuzaga kelsa, bemalol bu muhitlarda proyektlar olib, ishlash imkoniyati tug‘ildi. PostgreSQL ma’lumotlar ombori mukammal ekanligini bilib oldim. Kelajakda o‘z loyihalarimda albatta foydalanishim kerak degan xulosaga keldim.
XULOSA.
Bugungi kunga kelib yurtimizda informatsion texnologiyalar va axborot
texnologiyalarini rivojlantirish yo‘lida bir talay ishlar amalga oshirilmoqda. Buni birgina bu sohada ishlab chiqilgan qaror, qonun va farmonlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Men bu kurs ishini bajarib ko‘pgina bilimlarni o‘rgandim. Bu dastur ishini bajaradigan dasturlar ko‘p. Lekin bu dastur juda ahamiyatli. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki kurs ishini bajarish davomida bir qator bilimlar
egallandi. Bu kurs ishini bajarish davomida men juda katta bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Bu olgan bilim va ko‘nikmalarim kelajakda o‘z kasbimning ustasi bo‘lishimda yordam berishiga ishonchim komil.
Bugun global kompyuter tarmoqlarining tashkil etilishi natijasida dunyoda axborot uzatish va tarqatish sohasida ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar sabab bo‘ldi. Xalqaro tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, jami korporativ axborotning qariyb 30 foizi ma’lumotlar bazasida yo‘nalishlarga bo‘lingan va bo‘linmagan holda
elektron shaklda almashilmoqda hamda saqlanmoqda. Shubhasiz, bunday sharoitda elektron hujjat aylanishi yanada tez rivojlanadi. Bu esa axborot almashish tezligini ancha oshirib, uni saqlash joylariga bo‘lgan ehtiyojni jiddiy ravishda kamaytirish imkonini beradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki bu loyiha ishi Kasalxona ma’lumotlar bazasini tizimi vaqtdan yutish, qisqa vaqt ichida talabini bajarish va ortiqcha sarf xarajatlarni qisqartirish hamda xodimlar ishlarini yengillashtirishdan iborat. Bu kurs ishini bajarish davomida ko‘pgina bilimlarga ega bo‘ldim va mavjud bilimlarimni boyitdim. PostgreSQL ma’lumotlar bazasida ishlashni o‘rgandim hamda Spring Boot muhitida ishlash ko‘nikmalarimni yanada takomillashtirdim.
O‘ylaymanki ko‘zlangan maqsadga qaysidir ma’noda erisha oldim.
Umuman
olganda ushbu loyiha ishi men uchun juda foydali ekanligi, kelajakda o‘z
kasbimning yetakchi mutahasisi bo‘lishimga zamin yaratadi degan umiddaman.
|
| |