6. PC-A kompyuteri uchun IP manzil qoʻying Manzillash jadvaliga muvofiq kompyuterga IP manzil va
tarmoq maskasini oʻrnating. Koʻrilayotgan tarmoq uchun asosiy
shlyuz kerak emas.
1)
Ekranning oʻng tomondagi pastki burchagidagi
belgiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosing.
2)
“Подключение по локальной сети” belgisiga 2 marta
sichqonchaning chap tugmasini bosing.
3)
Chiqqan oynadan “Protokol Interneta TCP/IP” qatori
tanlanib, “свойства” tugmasi bosiladi.
4)
Chiqqan oynadan IP-manzil va tarmoq maskasi kiritiladi.
7. Tarmoq bogʻlanishni tekshiring 7.1. Kommutatorning konfiguratsiyasini chiqaring. Console
orqali ulangan PC-A kompyuterda kommutatorning konfiguratsiyasini
chiqaring. Show run buyrugʻi hozirgi konfiguratsiyani sahifa
koʻrinishida chiqaradi. Keyingi qatorlarni koʻrish uchun PROBEL
tugmasi bosiladi.
a. Bu erda konfiguratsiyaga misol keltirilgan. Kiritgan
sozlanishlar sariq rangda ajratilgan. Konfiguratsiyaning boshqa
ko`rsatkichlari IOS ning oʻzida oʻrnatilgan sozlanish hisoblanadi.
S1# show run
Building configuration...
Current configuration : 2206 bytes !
version 15.0 no service pad service timestamps debug datetime msec
service hostname S1 !
boot-start-marker
enable secret 4 06YFDUHH61wAE/kLkDq9BGho1QM5EnRtoyr8cHAUg.2
no aaa new-model system mtu routing 1500 ! !
b. Administrativ VLAN 1 ni ko`rsatkichlarini tekshiring.
7.2. Toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanishni exo soʻrov joʻnatish orqali tekshiring. a. PC-A kompyuterdan kommutatorning SVI interfeysining
administrativ manziligi exo soʻrov joʻnating C: \ Users \ User1>ping 192.168.1.100
20
PC-A kompyuter S1 kommutatorning MAC manzilini ARP
protokoli yordamida olishi kerak. Birinchi paket uzatmada kutish
vaqti tugashi mumkin. Lekin exo – soʻrov amalga oshmasa,
qurilmaning bazaviy sozlanishidagi nosozlikni tekshiring va sozlang.
7.3. S1 kommutatorni masofadan boshqarishni tekshiring. Qurilmaga masofadan kirishni Telnet orqali amalga oshiring. Bizning
misolda kompyuter va kommutator yonma – yon joylashgan. Ishlab
chiqarishda esa kompyuter 1 qavatda, kommutator boshqa qavatda
joylashgan boʻlishi mumkin. SHu sababli kommutatorni masofadan
boshqarish uchun Telnetdan foydalaniladi.
a. PC-A kompyuterning cmd oynasida S1 kommutatorga
SVI administrativ manzil orqali ulanish uchun telnet /SSH buyrugʻini
kiriting.
C:\Users\User1> telnet 192.168.1.100
C:\Users\User1> ssh –l admin 192.168.1.100
b. cisco parolini kiritgandan soʻng foydalanuvchi rejimiga
oʻtgan hisoblanadi. Imtiyoz rejimiga oʻting.
c. Telnet yoki SSH seansini tugatish uchun exit ni kiriting.
7.4. Kommutatorga kiritilgan oʻzgarishlarni saqlang. Konfiguratsiyani saqlang.
S1# copy running-config startup-config
Destination filename [startup-config]? [Enter]
Building configuration...
[OK] S1#
Topshiriq
1.8-rasmda keltirilgan tarmoq topologiyasini Cisco Packet
Tracer dasturida tuzish talab qilinadi;
Router1 va PC0 qurilmalarini bir-biriga mos kabellar
yordamida ulang, har biriga ip address bering, qurilmaga nom bering
ular uchun telnet protokolini sozlang;
Switch0 va PC1 qurilmalarini bir-biriga mos kabellar
yordamida ulang, har biriga ip address bering, qurilmaga nom bering
ular uchun ssh protokolini sozlang.