• Ikkilik kodi
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 31.54 Kb.
    bet4/4
    Sana19.12.2023
    Hajmi31.54 Kb.
    #123511
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Dеshifratоr va shifratоrlar
    Sultonmuratova Sohibaning OTO\'M Kurs ishi, 3-sinf Barcha fanlardan 2022-2023 ish reja file 6301ed2c06946, eretgd, Kabel turlari va ularning qo’llanishi (1), BIZNES JARAYONLARINI TASHKIL ETISHDA KREATIV FIKRLASHNING O, Raqamli texnologiyalarga tanqidiy fikrlarni shakllantirish, Mavzu- Kreativ fikrlashda evristik qoidalarning turlari-fayllar.org, 1405665737 56139, Fizika test maruza, 66694, Mundarija kirish I Bob IoTning asosiy tushunchalari va texnolo fayllar, ja, tahdid testlar, Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Ilmiy texnika revoly
    Ma’lumot - umumilmiy tushuncha bo‘lib, insonlar o‘rtasida, inson va 
    avtomat o‘rtasida, avtomat bilan avtomat o‘rtasida ma’lumotlar almashishni o‘z 
    ichiga oladi. Quvvat olish, qayta ishlash, uzatish va qo‘llash yuzasidan material 
    va ma’lumotlarni insonning bevosita ishtirokisiz, avvaldan belgilangan dastur 
    yordamida bajaruvchi qurilma - avtomat deb ataladi. 
    Ma’lumotlar almashinuvi uchun u dastlab kodlangan bo‘lishi kerak. 
    Kodlash deganda ma’lumotni simvollar (belgilar) ketma-ketligi yordamida 
    ifodalash tushuniladi. Insonlar o‘rtasida qog‘oz ko‘rinishi- dagi ma’lumotlar 
    almashinuvi keng tarqalgan bo‘lib, unda asosan raqamlar (0,1,2, ... 9), harflar 
    (— o‘zbek va 26 lotin), mahsus belgilar («+», «-», «•», «=», «%» va h.k.) 
    qo‘llaniladi. Bunda har bir ma’lumot uchun ma’lum belgilar kombinatsiyasi mos 
    keladi. 
    Raqamli texnikada ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash uchun shartli 
    ravishda nol va bir deb ataluvchi, atigi ikkita o‘zgarmas kuchlanish qiymati bilan 
    ifodalanuvchi elektr signallar hizmat qiladi. Shuning uchun raqamli qurilmalar 
    yordamida qayta ishlanayotgan ma’lumotni kodlash uchun ikkilik yoki raqamli 
    kodlar qo‘llaniladi. Ikkilik kodi - bu ikkilik o‘zgaruvchi qiymatlarining ketma-
    ketligi. 
    Ikkilik kodini tuzishda atigi ikkita simvol qodlanilishiga qaramay 
    ixtiyoriy sonning turlicha kodlarini tuzish mumkin. Ba’zi kodlarda ketma-ketlik 
    bir-biridan razryadlar soni yoki uzunligi bilan farqlansa, ba’zilarida ular tuzilgan
    qoidalari bilan farqlanadi. Birinchi holda kod, umuman olganda ikkilik sanoq 
    tizimda yozilgan butun son bo‘lib, bunday kodlarda katta uzunlikdagi cheksiz 
    nol va birlar ketma-ketligi ishtirok etishi mumkin. 
    Arifmetik amallarni bajarishda teskari, qo‘shimcha ikkilik-o‘nlik va 
    ikkilik kodining boshqa turlarini tadqiq etish maqfsadga muvofiqdir. Ularni 
    qo‘llaganda o‘zgartirgich elektr signallarini maksimal soddalashtirish va 
    amallarni bajarish vaqtini kamaytirish mumkin. 
    Kodlarning boshqa gurui raqamli tizimlarda, masalan, xotira 
    qurilmalarning maxsus yacheykalarining ishdan chiqishi sababli yuzaga 
    keladigan nosozliklarni aniqlash va tuzatish kabi muammolarni yechishga 
    yordam beradi. Ular ortiqcha kodlar deb ataladi. Bu kodlarda faqat bitta razryad, 
    yoki umumiy holda bir nechta razryadlar ham bir, qam nol qiymat olishi 
    mumkin, lekin qolgan boshqa razryadlar nolga teng bo‘lgan, belgilangan 
    qiymatga ega bo‘ladilar. Mazkur kodlar n dan 1, n dan 2 va shu kabi deb 
    ataladilar. Bundan kodlarga «10 dan 1» (10ta simvoldan faqat bittasi bir 
    qiymatiga ega bo‘lishi mumkin), «5 dan 2» (beshta simvoldan ikkitasi doim 
    birga teng qiymatga ega), juft yoki toqlikni tekshiruvchi kodlar, Heming kodlari 
    misol bo‘la oladilar. 
    Raqamli tizimlar, umuman olganda, tashqi muqit bilan doim periferiya 
    (tashqi) qurilmalar orqali boqlangan bo‘lib, uchta guruga bo‘linadi: 
    - inson va mikro EHM o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi qurilmalar (klaviatura, 
    yozuv mashinkalari, simvolli va grafik displeylar, o‘quvchi avtomatlar va h.k.); 
    - boshqaruv obyektlari o‘rtasida aloqa o‘rnatuvchi qurilmalar (turli 
    datchiklar va ijro organlari, datchiklardagi analog signallarni raqamli signalga 
    o‘giruvchi va ma’lumotlarni ijro organlariga uzatishda qaytadan o‘girish 
    qurilmalari); 
    - katta hajmdagi tashqi xotira qurilmalari (XQ) (magnit tasmalari va 
    disklardagi XQlari, silindrik magnit domenlari va zaryad aloqali asboblardagi 
    xotira). 
    Tegishli qayta ishlashlardan so‘ng, shifratorning chiqish shinalarida, ikkilik 
    kodda yozilgan raqamga mos keluvchi signallar o‘rnatiladi. 
    Shifrator va uni boshqaruv klaviaturasi. 
    «1» nuqta potensiali mantiqiy bir potensialiga teng. 
    Shunday qilib, shifrator faqat bitta o‘tkazuvchi simga berilgan signalni 
    (masalan, 9-sim) shifrator chiqishda hosil bodadigan parallel ikkilik kodga (bu 
    qolatda 1001) o‘tkazadi. Shifrator faqat bitta kirish signaliga javob berishi 
    uchun, uning sxemasi ustuvor qilib tuziladi. U holda, chiqishdagi signal, signalni 
    qabul qilgan «katta» qirish raqamiga mos kelish kerak. Deylik, signallar bir 
    vaqtning o‘zida 3,4 va 9 kirishlarga berilgan bo‘lsin. Bu yerda 9-kirish katta 
    raqamga ega bo‘lib, ustuvorlikka ega, shuning uchun shifrator chiqishidagi kod 
    - 1001 bo‘ladi. Shu sababli ustuvor shifrator mikrosxemalarida qo‘shimcha 
    mantiqiy elementlar ko‘zda tutiladi. Ustuvor shifrator analog-raqamli 
    o‘zgartirgich va mikroprotsessorli tizimlarda qo‘llaniladi. 


    Download 31.54 Kb.
    1   2   3   4




    Download 31.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 31.54 Kb.