• Axborotlarni kodlash usullari
  • Oʼzbekiston respublikаsi аxborot texnologiyalаri vа kommunikаtsiyalаrini rivojlаntirish vаzirligi




    Download 1,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana12.01.2024
    Hajmi1,09 Mb.
    #135870
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Mustaqil ish

     
    Axborotlarni kodlash 
    Axborotlarni kodlash ma’lumotlarni uzatish va saqlash qulay bo’lgan 
    ko’rinishda ifodalashdir. Tor ma’noda aytganda “kodlash” atamasi, ma’lum bir 
    ma’lumotning bir ko’rinishidan saqlash, uzatish, qayta ishlash oson bo’lgan boshqa 
    ko’rinishga o’tkazishdir. Odatda kodlashda har bir shakl alohida belgi bilan taqdim 
    etiladi. Kompyuter faqat raqamli ko’rinishda aks ettirilgan axborotni qayta ishlashi 
    mumkin. Boshqa barcha ma’lumotlar (masalan, tovush, tasvir, priborlarning 
    ko’rsatkichlari va boshqalar) kompyuterda qayta ishlanishi uchun raqamli formada 
    tavsiflanishi kerak. Masalan, musiqiy tovushni raqamli formaga o’tkazish uchun, 
    ma’lum chastotadagi tovush intensivligini katta bo’lmagan vaqt oralig’ida o’lchab, 
    har bir o’lchash natijalarini raqamli shaklda tasvirlash mumkin. Kompyuter 
    dasturlari yordamida qabul qilingan ma’lumotlarni o’zgartirish mumkin, masalan 
    turli xil tovushlarni bir-biriga bog’lash.Analog usulda kompyuter matnli axborotni 
    qayta ishlashi mumkin. Kompyuterga kirishda har bir harf ma’lum son bilan 
    kodlanadi, chiqishda tashqi qurilmalar(ekran yoki printer) inson idrok etishi uchun 


    bu sonlardan harflarning tasvirini hosil qiladi. Harflar to’plami va sonlarning mos 
    kelishi belgilarni kodlash deyiladi. Qoidaga ko’ra kompyuterda barcha sonlar nol va 
    bir yordamida ifodalanadi(insonlar qanchalik o’rganib qolishgan bo’lsa ham , o’nlik 
    sanoq sistemasidan emas). Boshqacha aytganda, kompyuterlar bu qurilmalarda 
    qayta ishlash sezilarli darajada oson kechganligi uchun odatda ikkilik hisoblash 
    tizimida ishlaydi. Kompyuterga sonlarni kiritish va ularni o’qish uchun chiqarishda 
    inson o’nlik formada amalga oshishiga o’rganib qolgan bo’lsa ham, barcha zarur 
    o’zgartirishlarni kompyuterdagi dasturlar bajaradi. 
    Axborotlarni kodlash usullari
    Har bir axborot bir necha xil usulda kodlanishi mumkin. Kompyuterlarning vujudga 
    kelishi bilan alohida inson va butun nsoniyat ishlatadigan barcha ko’rinishdagi 
    axborotlarni kodlash zaruriyati paydo bo’ldi. Ammo axborotlarni kodlash 
    muammosini yechishni insoniyat kompyuterlar paydo bo’lishidan ancha oldin 
    boshlagandi. Insoniyatning olamshumul kashfiyoti –yozuv va arifmetika-nutq va 
    raqamli axborotni kodlash sistemasidan boshqa narsa emasdi. Axborot hech qachon 
    sof holatda bo’lmagan, u har doim qandaydir kodlangan ko’rinishda bo’lgan. Ikkili 
    kodlash-axborotni ifodalashning keng tarqalgan usullaridan biridir. Hisoblash 
    mashinalarida, robotlarda, raqamli dastur boshqaruvidagi stanoklarda umumiy 
    qonundagidek, hamma informatsiya , apparat bajaradigan barcha ishlar, ikkilik 
    alfavit so’zlari ko’rinishida kodlanadi. 

    Download 1,09 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʼzbekiston respublikаsi аxborot texnologiyalаri vа kommunikаtsiyalаrini rivojlаntirish vаzirligi

    Download 1,09 Mb.
    Pdf ko'rish