unga mos ikkilik koddagi belgi bo’lgan jadvaldir.
Birmuncha mashhur kodlash
jadvallari quyidagilar: ДКОИ-8, ASCII, CP1251, Unicode.
Tarixiy taraqqiyoti davomida belgilarni kodlash uchun sifatli kod uzunligi 8 bit yoki
1 bayt deb belgilangan. Shuning uchun kompyuterda saqlanuvchi har bir belgiga bir
bayt xotira mos keladi. 0 va 1 ning turli kombinatsiyalari 8 bit kod uzunligida
28=256, shuning uchun bir kodlash jadvali yordamida 256 tadan ko’p bo’lmagan
belgilani kodlash mumkin. 2bayt(16 bit) kod uzunligi bilan 65536 ta belgini kodlash
mumkin.
Raqamli axborotni kodlash.
Raqamli va matnli axborotni kodlashdagi o’xshashlik quyidagilardan iborat: bu
turdagi ma’lumotlarni taqqoslash mumkin bo’lganligi uchun,
har xil son har xil
kodga ega bo’lishi kerak. Sonli ma’lumotlarning matnli ma’lumotlardan asosiy
afzaligi
shundan iboratki, sonlar ustida taqqoslash amalidan tashqari turli-tuman
matematik amallarni bajarish mumkin: bo’lish, ko’paytirish,
ildi chiqarish ,
logarifmni hisoblash va h.k. matematikada sonlar ustida bu amallarning bajarilishi
qoidalari batafsil ishlab chiqilgan . Kompyuterga kiritilgan sonlarning asosiy
hisoblash tizimi pozitsion ikkilik tizimidir.
Matnli axborotlarni kodlash.
Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning katta qismi
kompyuter yordamida harflar,
sonlar, tinish belgilari va boshqa belgilardan iborat matnli ma’lumotlarni qayta
ishlaydi. Hisoblab ko’ramiz, hamma belgilar nechta
va bizga qancha miqdordagi
bitlar kerak. 10ta son, 12 ta tinish belgi, 15 ta arifmetik amal, lotin va rus alfaviti
harflari: jami 8 bitga to’g’ri keladigan 155ta belgilar.
Axborot o’lchovi birliklari:
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt
1 Mbayt = 1024 Kbayt
1 Gbayt = 1024 Mbayt
1 Tbayt = 1024 Gbayt
Kodlashning mohiyati shundan iboratki, har bir belgiga ikkilik koddagi 00000000
dan 11111111gacha bo’lgan sonlardan biri yoki o’nlik koddagi 0dan 255 gacha
bo’lgan sonlardan biri mos qilib belgilangan. Hozirgi vaqtda rus harflarini kodlash
uchun 5 turlicha kodlash jadvallaridan(КОИ - 8, СР1251, СР866, Мас, ISO)
foydalaniladi. Bir jadval yordamida kodlangan matn boshqa jadvalda to’g’ri
ko’rinmaydi.
Asosiy belgilarni kodlashning usuli ASCII(American Standard Code for Information
Interchange-ma’lumotlarni almasish uchun Amerika standarti)-kodi deb nomlanib,
16 lik sanoq tizimida kodlangan 16 ga 16 jadvaldan iborat.
Tovushli axborotlarni kodlash
Fizika kursidan ma’lumki tovush bu havoning tebranishidir. O’zining tabiatiga ko’ra
tovush uzluksiz to’lqindir. Agar tovushni elektr signalga o’zgartirsak(masalan,
mikrofon yordamida), biz vaqt o’tishi bilan o’zgaruvchi
bir tekis kuchlanishni
ko’rishimiz mumkin. Kompyuter analog signalni qayta ishlashi uchun uni qandaydir
ikkilik ko’rinishdagi sonlar ketma-ketligi ko’rinishiga o’zgartirishimiz kerak.
Buning uchun esa diskretizatsiya va raqamlash kerak. Bu ish bunday shaklda ham
bo’lishi mumkin: ma’lum bir vaqt oralig’idagi signal amplitudalarini aniqlash va
olingan raqamli ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga yozish.