IV.BOB. XAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/31
Sana16.02.2022
Hajmi1.47 Mb.
#17662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
IV.BOB. XAYOT FAOLIYAT XAVFSIZLIGI. 
 
Elektr va aloqa ishchi xizmatchilari uchun mehnatni muhofaza qilish 
va xavfsizlik texnikasi bo`yicha umumiy qoidalar va talablar.
 
Aloqa sohasidagi ishchi xizmatchilar, xavfsizlik bo`yicha kirish, ish 
joylarida tushuntirish qoidalaridan hamda bilim sinovidan o`tgan asbob
uskuna, maxsus kiyim va himoya vositalari to`liq va yaroqli bo`lgan tibbiy
ko`rikdan o`tgan hollarida 18 yoshga to`lgan shaxslarga ishlab chiqarishga ruxsat 
etiladi. Ish joylarida va korxona hududida namunali xulqqa ega bo`lishi kerak, 
ya`ni ish davomida spirtli ichimliklar ichmaslik, giyohvandlik moddalarini
iste`mol qilmaslik, mehnat qonunlarida xavfsizlik texnika qoidalariga rilya qilish 
lozim. Baxtsiz hodisalar sodir bo`lganda, eng avvalo jabrlanuvchiga birinchi 
tibbiyo yordam ko`rsatish, so`ngra rahbariyatga xabar bershi lozim. Qurilma,
apparat asboblarda, kabel tarmoqlarida sodir bo`lgan nosozliklarni
o`zboshimchalik bilan tuzatish yoki ta`mirlashga ruxsat etilmaydi.
Ishchi xizmatchilar doimo ish jarayonida shaxsiy gigiena, yong`in va 
portlash xavflarini oldini olish qoidalarini va talablarini bilishi shart.
Havo aloqa va aloqa tarmoqlarida xizmat qiluvchi elektromontyorlar uchun 
texnika xavfsizligi qoidalari:
Elektromontyorlar maxsus x/b kostyum, botinka, indikator, ko`chirma
erga ulagich, changak, kamar, himoyalangan dastali kusachka va boshqa asboblar 
bilan ishlashi shart. Chaqmoq va yashin vaqtida, qor, yomg`ir yog`ayotgan vaqtida 
havo aloqa tarmoqlarida ishlash ta`qiqlanadi. To`tr, sakkiz va undan yuqori balli 
shamol turgan vaqtida qorbo`ronlarda ishlash ta`qiqlanadi. Faqatgina
avariyalarni tiklash davrida, unda ham ikki kishidan kam bo`lmagan va 
ruxsatnomasi bo`lgan hollarda ishlashga ruxsat etiladi. Temir yo`l platformalarida 
va avtomobillardan kabellarni tushirish vaqtida ehtiyotkorlik talab etiladi. Aloqa va 
radio montyorlariga ish vaqti tugagach changak va kamarlarni uyga olib ketish va 
bosh muxandislarni ruxsatisiz tarmoqlar nosozliklarini ta`mirlash ta`qiqlanadi. 


68 
Aloqa kabellarni yotqizish quduq, karobka va shkaflarni o`rnatishda va 
ta`mirlashda 1m dan chuqur bo`lmagan quduqlarga ishonchli va maxsus kiyim va 
narvonlar orqali tushiladi. Telefon quduqlari ichida elektr kuchlanish
kabellarini joylagtirish man etiladi. Yuqori kuchlanishli kabellar,
gazoprovod, er osti qurilmalari o`tgan joylarda kabel yotqizish faqat qo`lda 
bajariladi. Ish davomida er osti boshqa qurilmalari tashkilotlaridan vakillar bo`lishi 
shart. Kabel tortayotganda, ta`mirlash ishlari olib borilayotanda, quduqlar
atrofiga to`siqlar qo`yish kerak.
Transport o`tish joylarida to`siqlar eng kamida ikki metr masofada
qo`yiladi. Imoratlar devorlariga kabel osishda faqat soz va sinovdan o`tkazilgan 
narvonlardan foydalanish kerak. Quduqlarda gaz borligini aniqlovchi asbob
bo`lmasa u holda ishlash lozim bo`lgan quduqning ikkala tomonidagi
quduqlarning og`zi ochilib, ma`lum vaqt shamollatish uchun uchala quduqning
og`zi ochiq turadi va gazlar chiqib kergandan so`ng ish boshlanadi. Kabellarni
payvandlashda metall qatlamlari va kabel erga ulangan bo`lishi kerak.
Kabellarni payvandlash ishlarini kamida ikki kishi bajarishi kerak, 
shulardan bittasi xavfsizlik texnikasi bo`yicha javobgar shaxs bo`lishi kerak.
Ish boshlashdan oldin himoya vositalarini diqqat bilan tekshirish kerak.engsiz 
ko`ylak va maykalarda ishlash ta`qiqlanadi. Tok bor bo`lgan metall qismlarda 
qo`lga rezina qo`lqop kiyib ishlash kerak.
Kabel barabanlarni ortish va tushirishni mexanizmlardan foydalangan
holda bajarish kerak. Bu ishlarni bajarishda ish boshida uchastka boshliqlari
yoki xavfsizlik texnikasi bo`yicha javobgar shaxs qatnashishi shart. Agarda kabel
barabanlarini qo`l kuchi asosida tushirish yoki ortishga to`g`ri kelsa maxsus
asboblar lom, lebyotka va boshqa asboblar yordamida xavfsizlik texnikasiga
to`liq rioya qilgan holda bajariladi. Barabanlar tekis joyga qo`yilishi kerak va 
ikkala tomondan ham tirgaklar qo`yilishi shart.
ATS, Kross, LAZ, kommutatorlarda ishlovchi muxandis texnik
va elektromontyorlar maxsus xalat, tapochka va ishlash qismlari himoyalangan 
indikator asboblar bilan ishlashi shart. Havo kabel liniyalari kirish ustunlari oldida 


69 
polda dielektrik rezina gilamchalar to`shalgan bo`lishi shart. Ta`mirlash ishlari olib
borilayotgan vaqtda to`liq o`chirilgan holda ishlashi kerak. Chaqmoq vaqtida aloqa 
liniyalarida o`lchash ishlari ta`qiqlanadi. Priborlarni tozalashda etil spirtidan
foydalanish man etiladi. Uskunalarning tokli qismlarida tok bor yo`qligini
maxsus volt`metr priborlari yoki indikatorlar bilan tekshirib ko`rish kerak.
Kommutator va telegraf tsexida profilaktika va ta`mirlash ishlari olib
borilayotganda uskunalardagi elektr to`lig`icha o`chirilishi shart.
Akkumulyator xonalarida ishlashda quyidagilarga amal qilish lozim:
1. Akkumulyator xonalari markaziy isitish tizimidan isitilishi kerak,
qo`shimcha elektr isitgichlaridan foydalanish mumkin emas.
2. Akkumulyator xonasi ventilyatsiya uskunasi bilan jihozlangan bo`lishi 
kerak va ish davomida ventilyatsiya qo`shilgan bo`lishi kerak.
3. Akkumulyator xonasida ishlovchi, akkumulyatorchi rezina qo`lqop,
kalish, qirqilgan fartuk, x/b kostyum, himoya ko`zoynagi bilan ta`minlangan
bo`lishi kerak.
4. Elektrolit tayyorlashdan oldinshisha idishga suv (distillangan) solib keyin 
rezina idish yoki shisha krujkada oz ozdan kislota quyiladi va doimo shisha cho`p 
bilan aralashtirib turiladi. Kislotaga suv qo`shish qat`iyan taqiqlanadi.
5. Maxsus kiyim kechaklar va himoya vositalari maxsus shkaflarda 
saqlanadi.
6. Elektorlit, distillangan suv, sodaoi suyuqlik va hokazolar solingan
idishlarda aniq nomlari yozilgan bo`lishi shart.
7. Akkumulyatorni zaryad qilishdan oldin akkumulyator xonasidagi
ventilyatorni ishlatib qo`yish kerak, hamda gazlar chiqib ketgandan so`ng
zaryad qilish tugatilgandan so`ng ventilyator o`chiriladi.
8. Akkumulyator orasidagi bo`sh joylarga hech qanday narsa qo`yilmasligi 
kerak.
9. Akkumulyator xonasida chekish man etiladi. Olov bilan kirish,
uchqun chiqaradigan asboblarbilan kirish va ishlatish ta`qiqlanadi.
10. Akkumulyator xonasida ovqatlanish ta`qiqlanadi.


70 
11. Elektr o`chigich, rozetkalar akkumulyator xonasidan tashqarida bo`lishi 
kerak.

Download 1.47 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish