• DTM tuzilmasi
  • DTM tuzilishi
  • Dasturiy-texnik majmualarning funktsional tarkibi




    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/31
    Sana16.02.2022
    Hajmi1.47 Mb.
    #17662
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
    Bog'liq
    kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash
    bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
    Dasturiy-texnik majmualarning funktsional tarkibi 
    Hozirgi paytda sanoat avtomatlashtirishi bozorida ham mamlakatimiz, ham 
    xorijiy ishlab chiqaruvchilarning bir necha yuzdan ortiq eng xilma-xil DTMlari 
    mavjud. Ularning barchasi o’z tuzilishi, axborot quvvati, foydalanish tavsiflari 
    (haroratlar, namlik oralig’i, portlash va yong’in chiqish havfi bo’lgan ishlab 
    chiqarishda foydalanish imkoniyati), qiymati va boshqalar bilan farqlanadi. 


    58 
    Mavjud DTMlarning xilma-xilligiga qaramay, ularning ko’pchiligiga xos 
    bo’lgan bir qancha funktsional elementlarni ajratib ko’rsatishi mumkin: 

    sanoat tarmoqlari; 

    dasturlanuvchi mantiqiy kontrollerlar yoki RS negizidagi 
    kontrollerlar, ob’ektli intellektual aloqa qurilmalari; 

    turli xil vazifani bajaruvchi ishchi stantsiyalar va serverlar; 

    amaliy (tatbiqiy) dasturiy ta’minot. 
    DTM tuzilmasi birinchi navbatda majmuaning alohida komponentlari 
    (kontrollerlar, operator pultlari), uzoqlashtirilgan kiritish-chiqarish bloklarining 
    o’zaro aloqasi vositalari va tavsiflari bilan, ya’ni tarmoq imkoniyatlari bilan 
    belgilanadi . DTM tuzilmalarining qulayligi va xilma-xilligi quyidagilarga 
    bog’liq: 

    mavjud tarmoq sathlari soni; 

    tarmoqning har bir sathida imkon bo’lgan aloqa turlari 
    (topologiyalar): umumiy shina, yulduzcha, halqasimon; 

    har bir sath parametrlari: kabel turlari, yo’l qo’yiladigan 
    masofalar, har bir tarmoqka ulanuvchi uzellar (majmua komponentlari) ning 
    maksimal miqdori, axborotni uzatish tezligi, komponentlarning tarmoqqa 
    kirishi usullari (xabarlarni yetkazish vaqti bo’yicha tasodifiy, yoki ularni 
    eltib berish vaqtini kafolatlovchi). 
    DTM ning ko’rsatib o’tilgan xossalari ishlab chiqarish tsexlarida 
    apparaturalarni taqsimlash imkonini ifodalaydi, mazkur DTM da amalga oshirilgan 
    avtomatlashtirish tizimi qamrab olishi mumkin bo’ladigan ishlab chiqarish hajmini 
    kiritish-chiqarish bloklarini bevosita datchiklarga va ijrochi mexanizmlarga 
    ko’chirish imkoniyatini ifodalaydi.
    DTM tuzilmalarining eng oddiy va ommaviy turlaridan biri keltirilgan. 
    Tizimning hamma funktsional imkoniyatlari ikkita sathga aniq bo’lingan. Birinchi 


    59 
    sathni kontrollerlar, ikkinchisini-operator pulti tashkil etib, u ishchi stantsiya yoki 
    sanoat kompyuteri bilan ifodalanishi mumkin.
    Bunday tizimda kontrollerlar sathi boshqarish ob’ektida o’rnatilgan 
    datchiklardan kelayotgan signallarni yig’ish (to’plash) ishini bajaradi, sinallarga 
    dastlabki ishlov berish (filtrlash va masshtablash), boshqarish algoritmlarini 
    amalga oshirish va boshqa ruvchi signallarni boshqarish ob’ektining ijrochi 
    mexanizmlariga shakllantirish, sanoat tarmog’idan axborot qabul qilish va uzatish 
    ishlarini bajaradi. 
    Operator pulti quyi sath kontrollerlariga tarmoq so’rovlarini shakllantiradi, 
    ulardan texnologik jarayonning kechishi to’g’risidagi tezkor axborotni oladi, 
    monitor ekpanida texnologik jarayonning kechishini operatorga qulay bo’lgan 
    ko’rinishda aks ettiradi, jarayonning ketishi to’g’risidagi dinamik axborotni 
    (arxivni yuritish) uzoq vaqt saqlashni amalga oshiradi, boshqarish algoritmlarining 
    zaruriy parametrlarining va quyi sath kontrollerlarida regulyatorlar ustavkalarining 
    korrektsiyasini amalga oshiradi. 
    3.12-rasm. DTM tuzilmasi
    Boshqarish 
    ob’ektining 
    axborot 
    quvvatining 
    (kiruvchi-chiquvchi 
    o’zgaruvchilar miqdorining) ortishi, boshqarishning yuqori sathida hal etiladigan 
    masalalar doirasining kengayishi, puxtalik ko’rsatkichlarining ortishi dasturiy-


    60 
    texnik majmualarning yanada murakkab tuzilmalarining paydo bo’lishiga olib 
    keladi.
    3.13-rasm. DTM tuzilishi 
    Microsoft firmasining Windows oilasidagi operatsion tizimlar (OT) ofis 
    kompyuterlari bozorini deyarli to’liq egallab oldi va sanoat avtomatlashtirish 
    darajasini faol o’zlashtirmokda. Ko’pchilik serverlar va ishchi stantsiyalar 
    Windows NT/2000/XP OT boshqaruvi ostida ishlamokda. Micosoft ning ayrim 
    texnologiyalari hozirga keliboq sanoat standarti bo’lib qoldi.
    «Mijoz-server» 
    arxitekturasidan 
    foydalanish 
    butun 
    tizimning 
    samaradorligini va ishlash tezligini oshirishga, serverlarni ishchi stantsiyalarni 
    zaxiralash hisobiga, hal qilinayotgan masalalarni hududiy taqsimlash bilan 
    tizimning puxtaligini va yashovchanligini oshirishga imkon beradi.
    Serverlar, odatda, sanoat kompyuterlari negizida bajariladi va zaxiralanuvchi 
    hisoblanadi. Turli xil DTM larda serverlarning nomi farqlanadi: real vaqt 
    ma’lumotlari bazasi serveri, kiritish-chiqarish serveri va boshq. Asosiy vazifalari: 

    ob’ekt va kontroller bilan aloqa qurilmalaridan kelayotgan tezkor 
    ma’lumotlarni to’plash, ishlov berish; 

    kontrollerlarga boshqarishning yuqori sathidan boshqarish buyruqlarni 
    uzatish; 


    61 

    berilgan o’zgaruvchilar to’g’risidagi axborotni saqlash va aks ettirish; 

    talab qilinayotgan axborotni mijoz ishchi stantsiyalariga taqdim etish; 

    trendlar, bosma xujjatlari va voqealar bayonnomalarini arxivlashtirish.
    Zamonaviy DTM lar, odatda, ofis ijrosidagi shaxsiy kompyuterlar negizida 
    ishlangan injenerining stantsiyalarini o’z ichiga oladi. Ular yordamida kontrollerga 
    injenerlik xizmat ko’rsatish amalga oshiriladi: dasturlash, sozlash, moslash. Ayrim 
    DTM larda injenerining stantsiyalari, shuningdek, ishchi stantsiyalariga injenerlik
    xizmatlarini amalga oshirish imkonini beradi.
    Zamonaviy DTM larning yana bir tomoni Internet- texnologiyalarining 
    sanoat avtomatlashtirish darajasiga faol singib borish bilan bog’liq. Bugun ham 
    xorijiy, ham mamlakatimizdagi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari uchun 
    instrumental dasturiy ta’minotni barcha yetakchi ishlab chiqaruvchilari o’z 
    maxsulotlariga mazkur texnologiyalarni o’rnatmoqdalar. 
    Internet-texnologiyalarning TJABT da eng keng qo’lanilishiga Web-
    serverlarda TJ ning kechishi to’g’risidagi axborotning va boshqa har qanday 
    hisobotlarning bosimini misol bo’ladi. Web-serverlar ma’lumotlar ba’zasi (MB) 
    serverlar bilan o’zaro aloqa qilish imkoniga ega bo’lib, u jarayon to’g’risida zarur 
    axborotni o’zida saqlaydi. (Internet-sharhlovchi) orqali ma’lumotlar bazasiga zarur 
    so’rovlar berishga imkon beradi. Bunday yondashuv yana xarajatlarni kamaytiradi, 
    chunki mijoz tomonida odatdagi dastur-brouzerlar (Internet Explorer, Netspace 
    Naigator va boshqalar.) dan tashqari birorta qo’shimcha dasturiy ta’minotni 
    o’rnatishni jalb etmaydi. 

    Download 1.47 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy-texnik majmualarning funktsional tarkibi

    Download 1.47 Mb.
    Pdf ko'rish