O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana16.02.2022
Hajmi1.47 Mb.
#17662
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, 1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal, орфологический
OSI modeli sathlari 3.3-jadval 
 
Tatbiqiy material (Application Laer) 






Tanishtirish sathi (Presentation Laer) 
Seans sathi (Session Laer) 
Transport sathi (Transport Laer) 
Tarmoq sathi (Network Laer) 
Kanal sathi (Dota Link Laer) 
Fizik sathi (Fizical Laer) 
Seans sathi tarmoq uzellari orasidagi o’zaro ta’sirni muvofiqlashtiradi. 
Tanishtirish (taqdimot) sathi zarur bo’lganda ma’lumotlar formatlarini 
almashtirish bilan shug’ullanadi. Tatbiqiy sath oxirgi foydalanuvchining tatbiqiy 
(amaliy) jarayonlari va dasturlarini bevosita qo’llab-quvvatlashni hamda 
ma’lumotlarni uzatish tarmog’ining turli xil ob’ektli bu dasturlarining o’zaro 
ta’sirlarini boshqaradi. 


65 
Modelning 7-sathidan yuqorida joylashgan hamma narsalar amaliy (tatbiqiy) 
dasturlarda yechiladigan masalalardir. 
Amalda sanoat tarmoqlarining ko’pchiligi (fieldbus) faqat uchta 
sathbilangina cheklanishadi, xususan, fizik kanalli va tatbiqiy sath. Eng «ilg’or» 
tarmoqlar dasturiy qatlamni faqat yettinchi qoldirib, vazifalarining asosiy qismini 
apparatli hal qilishadi. Arzon tarmoqlar (masalan, Mod Bus) ko’pincha fizik sathda 
RS-232 yoki RS-485 dan foydalanadi, qolgan barcha masalalar esa, kanal sathidan 
boshlab, dasturiy yo’l bilan hal qilinadi. Istisno tarzida, OSI-modelining hamma 
yettita sathini amalga oshiruvchi sanoat tarmoqlari protokollari mavjud, masalan, 
Lon Works.
Ochiq sanoat tarmoqlari, interfeyslar va protokollarning katta xilma-xilligi 
avtomatlashtiruvchi texnologik jarayonlar talablarining xilma-xilligi bilan bog’liq. 
Bu talablar universal va iqtisodiy optimal yechim bilan qoniqtirila olmaydi. 
Sanoat tarmog’ining turini tanlash to’g’risidagi masala muhokama 
qilinganda bu tanlov avtomatlashtirishning aynan qaysi sathi uchun amalga 
oshirilayotganini aniqlashtirish zarur. Sanoat korxonasi ierarxiyasida tarmoqning 
qanday o’rin egallashiga bog’liq holda uning funktsional tavsiflariga bo’lgan 
talablar ham turlicha bo’ladi. 
Sanoat korxonalari ABT ierarxiyasi odatda uch qavatli piramida ko’rinishida 
taqdim etiladi: 
1. 
Korxonani boshqarish sathi (yuqori sath). 
2. 
Texnologik jarayonni boshqarish sathi.
3. 
Qurilmalarni boshqarish sathi. 
Korxonani boshqarish sathida odatdagi IBM-PC moslashuvchi kompyuterlar 
va lokal tarmoq bilan birlashtirilgan faylli serverlar joylashadi. Bu sathda hisoblash 
tizimlarining vazifasi ishlab chiqarishning asosiy parametrlarini vizual nazariy 
qismini, ta’minlash, hisobotlarni tuzish, ma’lumotlarni arxivlashtirish. Uzellar 


66 
orasida uzatiladigan ma’lumotlarning hajmlari megabaytlar bilan o’lchanadi, 
axborot almashishning vaqt ko’rsatkichlari esa kritik bo’lmaydi. 
Texnologik jarayonni boshqarish sathida joriy nazorat va boshqarish 
yoki operator pul’tidan turib dastakli rejimda yoki belgilangan algoritm bo’yicha 
avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Bu sathda ishlab chiqarishning ayrim 
uchastkalari parametrlarini muvofiqlashtirish, avariya va avariyaoldi holatlarini 
o’rganib olish, pastki sath kontrollerlarini parametrlashtirish, texnologik dasturlarni 
yuklash, ijrochi mexonizmlarni masofadan turib boshqarish bajariladi. Bu sathda 
axborot kadri odatda bir necha o’nlab baytni o’z ichiga oladi, yo’l ko’yiladigan 
vaqt tutilishlari (kechiqishlari) ish rejimiga bog’liq holda 100 dan 1000 
millisekundgachani tashkil etishi mumkin.
Qurilmalarni boshqarish sathida datchiklardan ma’lumotlarni bevosita 
to’plovchi va ijrochi moslamalarni boshqarishni amalga oshiruvchi kontrollerlar 
joylashadi. Kontroller chetki qurilmalar bilan almashadigan ma’lumotlar o’lchami 
odatda qurilmalarni so’rov tezligi 10 ms dan ortiq bo’lmaganda bir necha baytni 
tashkil etadi.
Keyingi paytda boshqarish tizimlarining ko’rib chiqilgan tuzilmasi butunlay 
murakkablashmokda, bunda turli sathlar orasidagi chegaralar yo’qolib bormoqda. 
Bu sanoat sohasiga Internet/Internet-texnologiyalarning kirib kelishi, sanoat 
Ethernet ning katta muvaffaqiyatlari, sanoatning ishlab chiqarish sharoitlari xavfli 
bo’lgan kimyo, neft, gaz va boshqa sohalarining korxonalarning portlash xavfi 
bo’lgan xududlarida ayrim Fieldbus sanoat tarmoqlarining foydalanilishi bilan 
bog’liqdir. Bundan tashqari, intellektual datchiklarning va ijrochi mexanizmlarning 
hamda ular bilan bog’lash uchun interfeyslarning paydo bo’lishi TJABT ning 
to’rtinchi, eng quyi sathi-chetki qurilmalar tarmog’i sathining paydo bo’lishini 
anglatadi.


67 

Download 1.47 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish