|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet
|
bet | 22/32 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #267039 |
Bog'liq Miraxmedov Xusanboy BMI7. Barqarorlik va ishonchlilik: Java uzoq yillar davomida rivojlanib kelgan va o‘zini ishonchli dasturlash tili sifatida ko‘rsatgan. Uning barqarorligi va ishonchliligi ko‘plab yirik kompaniyalar va loyihalar tomonidan isbotlangan.
2.3 Ilova uchun ma'lumotlar bazasi arxitekturasi.
Oziq-ovqat buyurtma berish veb-ilovasi uchun ma'lumotlar bazasi arxitekturasi bir nechta asosiy komponentlar va jadvallardan iborat bo‘lishi kerak. Ushbu arxitektura foydalanuvchilarning buyurtmalarini, restoranlar va taomlar haqida ma'lumotlarni, to‘lovlar va yetkazib berish jarayonlarini samarali boshqarishga imkon beradi. Quyida loyiha uchun ma'lumotlar bazasi arxitekturasini qanday tashkil qilganimni ko’rsatib o’taman.
1.Foydalanuvchilar (Users). Foydalanuvchilar jadvali ilovadan foydalanadigan barcha foydalanuvchilar haqida ma'lumotlarni saqlaydi.(2.2-rasm)
2.2-rasm. Foydalanuvchilar jadvali va undagi malumot turlari.
2. Restoranlar (Restaurants). Restoranlar jadvallari ilovadagi barcha restoranlar haqida ma'lumotlarni saqlaydi(2.3-rasm).
2.3-rasm-Restoranlar ma’lumotlarini saqlovchi jadval.
3.Taomlar (Dishes). Bu restorandagi taomlar ma’lumotlarini saqlash vazifasini bajaradi(2.4-rasm).
2.4-rasm. Taom ma’lumotlari.
4. Buyurtmalar (Orders). Buyurtma ma’lumotlarini saqlash uchun jadval(2.5-rasm).
2.6-rasm. Buyurtma ma’lumotlari.
Ma'lumotlar bazasi bog’lanishlari
Foydalanuvchilar va Buyurtmalar: Har bir foydalanuvchi bir yoki bir nechta buyurtma berishi mumkin. Buyurtma foydalanuvchi ID orqali foydalanuvchilarga bog‘langan.
Restoranlar va Taomlar: Har bir restoran bir yoki bir nechta taom taklif qilishi mumkin. Taomlar restoran ID orqali restoranlarga bog‘langan.
Buyurtmalar va Buyurtma detallar: Har bir buyurtma bir yoki bir nechta buyurtma detallarga ega bo‘lishi mumkin. Buyurtma detallari buyurtma ID orqali buyurtmalarga bog‘langan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet
|