|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet
|
bet | 25/32 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #267039 |
Bog'liq Miraxmedov Xusanboy BMIMahalliy shamollatish sistemasi
Mahalliy shamollatish sistemalari zararli moddalarning ajralish chiqayotgan joylarningo‘zida ishlab chiqarish zonasidagi havoni aralashib ulgurmasdan ushlab qolish va chiqarib yuborishni ta’minlashi zarur. Gigiena nuqtai nazaridan mahalliy shamollatish zararli moddani ishchi nafas olishorganlariga etib bormasligini yoki kamaygan miqdorda etib borishini ta’minlaydi. Bushamollatish sistemasida atmosferaga chiqarib yuborilayotgan havodagi zararli moddalar oz havoni chiqarish bilan shamollatishni engillashtiradi. Kiritilayotgan havoga ishlov berish va tozalash kerak bo‘lmaydi va bu iqtisodiy jihatidan yaxshi natija beradi. Mahalliyshamollatishning turlari juda xilma-xil. Shulardan ba’zi birlari bilan tanishib o‘tamiz. Havo so‘ruvchi shkaf asosan ximiya laboratoriyalarida ishlatiladi. Bu shkafning yuqori qismida engil gazlarni yig‘ish uchun ma’lum hajm miqdorida kenglik qoldiriladi. Shkafning texnologik eshikchasi oldidagi havoning harakati 0,5 m/s,dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar ajralib chiqayotgan gaz og‘ir va zaharli bo‘lsa, havo tezligi 0,7-1 m/s miqdorda belgilanadi.
Havoda mavjud qotishmalar katta ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish jarayonida havoga zaharli moddalar (bug‘lar, gazlar, chang) ajralib chiqishi mumkin. Ular nafas yo‘llari orqali va me’da-ichak trakti orqali inson organizmiga tushadi va salbiy oqibatlariga olib kelishga qodir.
GOST 12.1.007-76 ga muvofiq, inson organizmiga ta’sirida kasbiy kasalliklar yoki insonsalomatligi ahvolining og‘irlashuvlariga olib keluvchi moddalar zaharli moddalarga kiradi. Zaharli moddalar xavfning 4 ta sinfiga bo‘linadi:
1. Favqulodda xavfli.
2. Yuqori xavfli.
3. Mu’tadil xavfli.
4. Kam xavfli.
Ishchi hududning havoda mavjud zaharli moddalar ustidan nazorat 1 – sinf moddalari uchun uzluksiz bo‘lishi va qolgan sinflar moddalari uchun davriy bo‘lishi mumkin. Ishchining 8 soatli ishi yoki boshqa bir davomiylikda, biroq butun ish staji davomida haftasiga 41 soatdan kam bo‘lmagan vaqtda kundalik bo‘lishidagi kasallik yoki salomatligi ahvolining og‘ishmasini chaqirmaydigan konsentratsiya havoda zararli moddalar me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyasi deb ataladi. Me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya 700dan ortiq turdagi zararli moddalar uchun andoza belgilaydi. Ayrim moddalar tavsifi 1.4 – jadvalda.
1.4 – jadval
Ishchi hududining havosida me’yorli yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiya zaharli moddalar
Moddalarining nomlanishi
|
Meyorli yo‘l qo‘yilgan konsentratsiya, mg/m.kub
|
Xavf sinifi
|
Azod oksidi
|
5
|
2
|
Ammiak
|
20
|
5
|
Sulfat angidridi
|
1
|
2
|
Benzin eritmasi
|
300
|
4
|
Benzin yonilg’isi
|
100
|
4
|
Metalli simob
|
0.01
|
1
|
Qo‘rg’oshin
|
0.01
|
1
|
Uglerod oksidi
|
20
|
4
|
Xlor
|
1
|
2
|
O‘yuvchi ishqorlar
|
0.5
|
2
|
Mexanik ventelyasiya. Mexanik ventilyasiya tortib oladigan, irmoq, murakkabga ajraladi. Tortib olinadigan ventilyasiya:
Deraza va eshiklar orqali havo etarli bo‘lsa;
Binoda odamlarning qisqa vaqt bo‘lishlari holatlarida;
Binodan ifloslangan havoni ko‘p qismini chiqarish talab qilinganda qo‘llaniladi.
2-rasm havo so‘rg’ichlar
Irmoqli – so‘rg‘ich ventilyasiya ventilyasiyaning faqat birgina tizimi bilan bino havosini tozalash imkoni bo‘lmaganida o‘rnatiladi. Bunday ventilyasiya sozlash va ishga tushirishda katta harajat talab qiladi, o‘ta samarali sanalib, faqat ayrim holatlarda zarurat tug‘ilganda loyihalashtiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet
|