|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet
|
bet | 23/32 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #267039 |
Bog'liq Miraxmedov Xusanboy BMIBuyurtmalar va To‘lovlar: Har bir buyurtma uchun bir yoki bir nechta to‘lov amalga oshirilishi mumkin. To‘lovlar buyurtma ID orqali buyurtmalarga bog‘langan.
Buyurtmalar va Yetkazib berishlar: Har bir buyurtma uchun bir yoki bir nechta yetkazib berish jarayoni bo‘lishi mumkin. Yetkazib berishlar buyurtma ID orqali buyurtmalarga bog‘langan.
Ushbu ma'lumotlar bazasi arxitekturasi oziq-ovqat buyurtma berish veb-ilovasi uchun samarali va barqaror yechim bo‘lib, foydalanuvchilar, restoranlar va buyurtmalar haqida to‘liq va aniq ma'lumotlarni boshqarishga imkon beradi.
III BOB. Hayot faoliyati xavfsizligi 3.1.Mikro iqlim va ishchi hududining havo muhiti
Ishlab chiqarish xonalari (binolari) mikroiqlimi - bu binolar ichki muhitining meteo(iqlim) sharoitlaridir. Ular havo harorati, namligi va harakat tezligi bilan birikma holda, shuningdek tuso‘vchi moslamalar, texnologik uskunalar va issiqlik nurlanish yuzalari haroratining inson organizmiga ta’siri bilan belgilanadi.
Mikroiqlim ishchi hududda ishchilarning doimiy va vaqtincha turgan joyidan 2 mbalandlikda baholanadi. Eng qulay sharoitlar - termoregulyasiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmningnormal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o‘lchamlarining yig‘indisidir. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart - sharoit yaratadi va issiq - qulay sezuvchanlikni ta’minlaydi.
Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyasiya mexanizmlari- kuchlanishi bilandavom etadigan organizmning issiqlik holatida darhol normallashuvchi o‘zgarishlar chaqiradiganmikroiqlim o‘lchamlari yig‘indisiyo‘l qo‘yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo‘lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o‘zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
Korxonalarda shamollatish va shamollatish turlari
Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotganhar xil zararli moddalarni shamol yo‘nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishningimkoniyati bo‘lmasa, yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo‘lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Ana shunday hollarda umumiy shamollatish usulidanfoydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralibchiqayotgan zonaga o‘rnatish kerak
Ishlab chiqarish zonalarida yig‘ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va fonarlar, shuningdek havo almashtirish maqsadida o‘rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqaribyuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin.
Shamollatish vositalarini o‘rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kamxarj bo‘lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur.
Xonalarga barilayotgan umumiy shamollatish samaradorligini havo almashtirishjarajasini belgilovchi koeffitsient orqali ifodalanadi
K =
bunda K -havo almashtirish darajasini belgilovchi koeffitsient; L -ventilyator yordamida xonaga yuborilayotgan yoki xonadan so‘rib olinayotgan havomiqdori,m.kub ·soat; V -xonaning hajmi, m.kub . Bu birlik bir soat davomida xona ichidagi havo necha marta yangilanayotganini ko‘rsatadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fakultet
|