|
Changlangan havoni tozalash qurilmalari
|
bet | 26/32 | Sana | 08.07.2024 | Hajmi | 2,32 Mb. | | #267039 |
Bog'liq Miraxmedov Xusanboy BMIChanglangan havoni tozalash qurilmalari
Filtrlar - g‘ovakli mexanik chang ajratuvchilar, elektrofiltrlar va moyli.
G‘ovakli- (ipsimon, gazmolli, donli, graviyali) chang filtrlar g‘ovaklarida tez-tez o‘tiribqoladi, ko‘pincha filtrlovchi massa tepasida va g‘ovaklar devorlarida qoladi.
Mexanik chang ajratuvchilar – turli xil siklonlar, chang o‘tiruvchi kameralar, changto‘plovchilar.
Elektrofiltrlar – doimiy tarzda yuqori kuchlanishdagi tokni o‘tkazuvchi havo o‘tkazgichi ichida elektrodlar o‘rnatilgan. Elektrodlar yonidan ifloslangan havo o‘tayotganda chang zarralari nurlanayotgan elektrod elektronlarining salbiy elektrzaryad oladilar, oqibatda ular erga tutashelektrodlar yo‘nalishida joylashadi va shu erda chang to‘plovchilarga o‘tirib qoladi.
Samaradorligi 99% dir. Shuni aytib o‘tish kerakki yonuvchi va portlash xavfi bulgan moddalarda ishlatib bulmaydi. Moyli filtrlar – ifloslangan havo vamoyli ustama bilan tutash ustunini hosil qiluvchi moylangan qisqa metall quvurchalar bilan to‘ldirilgan katakli quti. Bunday filtlar irmoq va so‘rg‘ich ventilyasiyada qo‘llaniladi.
3.2. Tabiatda sodir bo‘ladigan favqulotda holatlar.
Hozirgi zamon jamiyati yuqori industrial rivojlanishi, tabiatning xavfli holatlari, ofatlari, ishlab chiqarish korxonalaridagi avariyalar, og’ir oqibatlarni yuzaga keltiruvchi insonlar tomonidan ekologik holatlarning o‘zgarishiga sababchi iqtisodiy faoliyatlari oqibatida, katta masshtabdagi harbiy nizolar, butun jahon jamiyatiga katta zarar yetkazadi.
Tabiiy ofatlar deganda, bu tabiat va tabiat-texnogen hodisasi.
U kutilmaganda ro‘y berib moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi. Shu bilan birga odamlarning halok bo‘lishiga olib keladi. Bunday holatlarda turli ko‘rinishdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga keladi. Favqulodda vaziyatlar yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘rganishda mavjud kriteriyalarga asoslanadi, ya’ni: avariya yoki tabiiy hodisalar yoki portlashlar, radioaktiv chiqindilar tashlash miqdori hisobga olinadi. Har qanday boshlang’ich holatda yuzaga kelgan texnogen yoki tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlar hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlar halokatlarini moddiy zararlarni odamlarni halok bo‘lishlari va boshqa kelib chiqadigan holatlarini o‘lchov birligi kriteriyasiga asoslanib oldindan tahlil qilinadi.
|
| |