• Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi sabablari
  • Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi




    Download 2,32 Mb.
    bet27/32
    Sana08.07.2024
    Hajmi2,32 Mb.
    #267039
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
    Bog'liq
    Miraxmedov Xusanboy BMI

    Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi.
    Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi kelib chiqishiga, davom etishiga, keltiriladigan zararlarga, aholi joylashishiga qarab tuziladi.
    Favqulodda vaziyatlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
    1. Texnogen.
    2. Tabiiy.
    3. Ijtimoiy-biologik.
    4. Ijtimoiy.
    5. Iqtisodiy.
    6. Harbiy tusdagilarga bo‘linadi.
    Texnogen favqulodda vaziyatlar quyidagi sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: ob’ektlar konstruksiyalashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yishdan, yaroqsizligi sababli, ishlovchi xodimlarni texnika xavfsizligiga sust tayyorlashdan.
    Texnogen xarakterdagi favqulodda holatlar atrof muhitni zararlashi yoki zarar yetkazmasligi mumkin. Atrof-muhitga zarar keltiruvchi texnogen avariyalar ishlab chiqarish korxonalaridan radioaktiv, kimyoviy chiqindilar tashlashdan kelib chiqadi. Texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlar yana atrof-muhitni elektromagnit zararlanishi kiradi. Atrof-muhitni zararlamaydigan texnogen favqulodda vaziyatlarga binolarni portlashi, yong’inlar, binolarni qulashi, kommunikatsiyalarini buzilishi vash u kabilar kiradi.
    Tabiiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishi sabablari
    Tabiiy ofatlar natijasida, ichki va tashqi tabiiy ofatlar sababidir. Yerning ichki jarayoni fizik va mexanik qatlamlar holatiga bog’liqdir. Magnit maydonda magmatik va tektonik faollik vulqon va yerning seysmik holati kuzatiladi. Bu sodir bo‘ladigan jarayonlar o‘z navbatida biomaydonda falokatlar yuzaga kelishini yuzaga chiqaradi.
    Geofizik harakatlar xavfi bilan bog’liq tabiiy hodisalarga - zilzila, vulqonlarning otilishi kiradi. Rossiya hududida 7 balli zilzilalar 7% ni, 8-9 balli 6%ni (Kamchatka, Saxalin va b.) 20 mln.dan ortiq Rossiya aholisi vayronagarchilik keltiruvchi zilzila bo‘ladigan hududlarda yashaydilar. Deyarli yarim (50 yil) asr MDH hududida ko‘plab yirik zilzilalar bo‘lib o‘tdi. 1948-yil Ashxobodda 110000 odam o‘lgan; 1966-yil Toshkentda shahar butunlay vayron bo‘lgan; 1988-yil Armanistonda 25000 dan ortiq aholi o‘lgan, 55000 ziyodi jarohatlangan, 1995-yilda Saxalin viloyatida zilzilada 3000 ta aholidan 1841 kishi o‘lgan. Rossiyada vulqonlarni yuzaga kelishi Kuril va Kamchatkada kam sonli hududlarda nazorat qilib turiladi. Geologik o‘ta xavfli hodisalarga, sel, ko‘chki va lavalar kiradi. Bu kabi tabiiy hodisalar Uralda, Sibir va kavkazda ko‘proq kuzatiladi. Meteorologik va agromateorologik tabiiy hodisalarga shamol chiqaruvchi bo‘ron, dovul ko‘chki; kuchli yog’in 50 mm li namlik 12 soat va undan oz vaqtda; kuchli qorbo‘ronlar, kuchli muzlamalar kiradi.

    Download 2,32 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




    Download 2,32 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Favqulodda vaziyatlar klassifikatsiyasi

    Download 2,32 Mb.