SCIENCE PROMOTION “ZAMONAVIY FALSAFA, IJTIMOIY VA GUMANITAR FANLARNI RAG'BATLANTIRISH”
sciencepromotion.uz
2024.06.30
158
SANOAT ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARIDA HAVO MUHITI.
Musayeva Husnida Xaydarovna,
Andijon Iqtisodiyot va Qurilish instituti
Qurilish muxandisligi kafedrasi assisent o`qituvchisi.
Anatatsiya
Maqolada
ishlab chiqarish maydonlarida,sanoat binolarida havo muhiti va
havoning tarkibi,shamollatish tizimlari haqida ma`lumot berilgan.
Sanoat korxonalaridagi ,ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil
zararli moddalarni shamol yo’naltirish vositalari orqali chiqarib yuborish ,umumiy
shamollatish ,yakka tartibdagi shamollatish tizimlarini qanday o`rnatish
xaqida
ma`lumot berilgan.Issiqlik ajralib chiqadigan sanoat xonalarida havo almashtirishni
ta`minlash haqida to`liq ma`lumot berilgan.Mashinasozlik sanoati korxonalarini
loyihalashda tabiiy shamollatish tizimlariga alohida e’tibor qaratilishi haqida to`liq
ma`lumot berilgan.
Kalit so`zlar
:
Atmosfera,loyixa,havo tozalagichlar,korbanat
angidrit,argon
neon,krypton,geliy,neon,suv bug`lari,aeratsiya.
Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta ekanligi ma`lum.Uning
kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo’lishi,
havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. Chunki havoning
tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Yer atmosferasi quruq havo bilan ma`lum miqdordagi suv bug’larining
aralashmasidan tashkil topgan. Quruq atmosfera havosining tarkibida 78% azot,
20,9% kislorod, 0.93% argon, 0.03% karbonat angidrit va uncha ko`p bo’lmagan
miqdorda geliy, neon, kripton va boshqa gazlar bor.
Ma`lumki , inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo`lishidir.
Havo holati uning bosimi,
zichligi, harorati,
absolyut namligi , namlik
sig`imi,nisbiy namliki,issiqlik sig`imi va boshqalar bilan belgilanadi.Shuning uchun
qurilishda sanoat binolarini qurayotganda tabiiy va umumiy shamollatish tizimlariga
alohida e’tibor qaratish kerak.