|
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari
|
bet | 4/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 158,45 Kb. | | #250698 |
Bog'liq 1 mustaqil ishi bajardi Djabborov b qabul qildi Rustamova M q fayllarOptik aloqa tizimlari va tarmoqlarining holati va rivojlanish istiqbollari.
Yangi turdagi optik tolalaring, keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to'liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda . Bunday axborot uzatish texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit / s o'tkazish oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi. Ushbu optik aloqa bir qancha afzalliklarga ega bo'lishiga qaramay , kamchiliklari ham mavjud . Bunda optik aloqa qurilmalarining qimmatligi va ba'zi optik aloqa texnologiyalarining mukammal darajaga yetmaganligi bilan tushuntiriladi. Shularga bog'liq holda quyidagi kamchiliklarni keltirish mumkin:
-optik aloqa tizimlari element bazasining qimmatligi. Optik uzatgich va qabul qilgichlarning iqtisodiy jihatdan qimmatligi. Ayniqsa optik generatorlar ( azer) nurlanish manbalari narxining qimmatligi va ularga tehnik xizmat ko'rsatish muddatining chegaralanganligi . Shuningdek optik aloqa tizimlaridagi passiv optik qurilmalarni (attenyuator, kommutator, multipleksor va boshqalar) ishlab chiqarish katta sarf- xarajatlarga olib keladi;
- tolali optik aloqa liniyalarini montaj qilish va ularga xizmat ko'rsatishning murakkabligi. Elektr kabelli tizimlarga nisbatan optik kabelli tizimlarni qurish, unlardan texnik foydalanish, o'lchash va montaj ishlarining murakkabligi yuqori malaka talab etadi;
-tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqli diapazonlarda signallaming yo'qolmasligi uchun tolani ortiqcha yuklash va bukilishlardan himoyalash kerak.
Maxsus himoyalashni tashkil etish. Ishonchlilik darajasini oshirish uchun optik aloqa tolalarini ishlab chiqarish jarayonida optik tola epoksiakrilad asosidagi maxsus lak bilan qoplash. Shu bilan bir qatorda, kabel maxsus po'lat tross va shisha plastik sterjenlar hisobiga yanada mustahkamlanishi mumkin. 1995-2000 yillarda OECF (Yaponiya) loyihasi doirasida 1080 km uzunliklida hududiy TOA liniyasi qurildi va foydalanishga topshirildi. 1996-1997- yillarda Toshkent shahrida Simens tolali optik kabellarini qo'llab barcha elektron aloqa tizimlari, shuningdek tugunli analog ATS larni bog'lovchi katta transport halqa qurildi. EDSF (Koreya) loyihasi asosida Respublikamizning Andijon va Farg'ona viloyatlarida hududiy ahborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta ta'mirlash ishlari bajarildi. Loyiha natijasida umumiy uzunligi 354 kmni tashkil etuvchi hududiy TOA liniyasi qurildi. Hozirda tashqi iqtisodiy birdamlik Yaponiya banki krediti hisobiga Farg'ona vodiysining uchta viloyatida halqali tarmoqlarini, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlarida halqali xududiy telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish, Buxoro-Nukus uchastkasida TOA liniyasini Buxoro-Navoi-Zarafshon-Uchquduq-Nukus TOA liniyasi orqali rezervlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu loyiha doirasida 2000 km magistral, 700 km hududiy TOA liniyalarini qurish nazarda tutilgan edi. Bu loyiha o'z-o'zini tiklovchi halqa tuzilishi va raqamli uzatish tizimlarini qo'llash asosida kanal va traktlarning zahirasini ta'minladi, natijada aloqa tarmoqlarining ishonchliligi yanada oshdi. Joriy yilning iyun oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O'zbekistonda xalqaro internet-kanallarga ulanish tezligi 140,034 Gbit/s ni tashkil etayotgani va bu ko'rsatkich 2018-yil boshiga nisbatan bir yarim barobar tezlashganini ma'lum qilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, 2018-yilning 6 oyi mobaynida O'zbekistonda 690 km optik tolali aloqa liniyalari tortilgan. 1004 ta yangi bazaviy stansiyalar o'rnatilgan. Ularning 483 tasi 3G va 4G LTE tarmog'ini qo'llab quvvatlaydi. Ayni paytda mamlakatimizdagi optik aloqa tizimlarining uzunligi 24.500000 kilometrga, bazaviy stansiyalarning jami soni esa 20,994 mingta yetib, o'tgan yillar sarhisoblariga ko'ra, Respublikamiz hududlarini mobil aloqa bilan ta'minganlik darajasi 96 % atrofida va keng polosali mobil internet tarmog'iga ulanish darajasi 70 % ga yetkazildi. Respublikamizda mobil internet tizimlari xizmatidan foydalanuvchilarning ummiy soni 22 milliondan ortdi. Stastistik ma'lumotlarga asosan mobil internetdan foydalanuvchilar soni 19 milliondan ortiqni tashkil etadi. Optik aloqa tizimlarini rivojlantirish maqsadida respublikamizda bir qancha mobil aloqa baza stansiyasi o'rnatildi va ularning umumiy soni 26000 ga ortdi. Joriy yilda respublika bo'yicha 12000 km uzunlikdagi optik tolali aloqa liniyalarini yotkazilish va 2200 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o'rnatish belgilandi.
Xulosa. Respublika bo‘yicha 237 ta optik aloqa tizimlari asosida ishlovchi ob’ektlarda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, ularning samaradorligi oshirilib, ushbu tizimlarda ahborot o‘tkazuvchanlik qobiliyati hududlararo darajada 200Gbit/s ga yetkazildi. O‘zbekiston telekommunikatsiya tizimining 28 ta yo‘nalish bo‘yicha dunyoning 180 ta mamlakatiga chiqadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro kanallari mavjud. Bularda ham tolali optik aloqa va sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlaridan foydalanilmoqda. Butun tarmoq nafaqat hozirda, balki keyinchalik ham hozirgidan ko‘proq sifatli axborot o‘tkazuvchanlik quvvatiga ega bo‘ladi.
|
| |