|
To’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish WDM va DWDMA texnologiyasi
|
bet | 8/8 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 158,45 Kb. | | #250698 |
Bog'liq 1 mustaqil ishi bajardi Djabborov b qabul qildi Rustamova M q fayllarTo’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish WDM va DWDMA texnologiyasi.
Optik kanallarni to`lqin uzunligi bo`yicha zichlashtirish (Wavelength Division Multiplexing, WDM) texnologiyasining yaratilgunga qadar mavjud bo`lgan sinxron raqamli ierarxiya tizimlarida bir optik tola orqali faqat bitta to`lqin uzunligida signallarni uzatish mumkin bo`lgan. To`lqin uzunligi bo`yicha yoki optik spektral zichlashtirishning ma‘nosi shundan iboratki, bir optik tola orqali ko`plab SDH kanallarining signallarini uzatishni tashkil etish mumkin, buning natijasida aloqa liniyasining o`tkazish qobiliyati ko`p martaga ortadi. Bu texnologiyaga tolali optika yaratilgunga qadar 1958- yilda asos solingan edi. Biroq u birinchi marta 1980-yil laboratoriya tadqiqotlari uchun yaratilgan.
Yana besh yildan keyin AT&T kompaniyasining tadqiqotlar markazida zich to`lqin uzunligi bo`yicha zichlashtirish (Dense Wavelength Division Multiplexing, DWDM) texnologiyasi yaratildi va bitta optik tolada 2 Gbit/s li 10 ta kanalni zichlashtirishga erishildi. DWDM texnologiyasi orqali uzatiladigan yorug`lik oqimi turli to`lqin uzunlik (λ) laridan tarkib topgan. To`lqin uzunligi chastotaga teskari proporsional bo`lganligi uchun, turli to`lqin uzunliklarini bir optik tolada zichlashtirish bu bir optik tolada turli chastotali signallarni zichlashtirishdir, lekin umuman boshqa diapazonda, ya‘ni teragers diapazonda, ya‘ni bir optik tola orqali yuzdan ortiq standart kanallarni uzatish mumkin. DWDM texnologiyasi «zich» deyilishiga sabab, unda WDM ga qaraganda to`lqin uzunliklari orasida juda kichik oraliq ishlatiladi. Hozirgi kunda ITUT G.692 tavsiyalarida 1528,77 nm (196, 1 TGs) dan 1560,61 nm (192,1 TGs) gacha diapazonda 41 ta kanalni uzatish imkonini beruvchi qo`shni kanallar orasi 100 GGs (0,8 nm) li va shu diapazonda 81 ta kanalni uzatish imkonini beruvchi qo`shni kanallar orasi 50 GGs (0,4 nm) li chastota rejalari mavjud. Ba`zi 11 kompaniyalar qo`shni kanallar orasi 25 GGs qadamli (High-Dense WDM, HDWDM deb ataladigan) apparaturalar ham ishlab chiqarilga. 50 GGs va 25 GGs chastotali qadamlarning yaratilishi DWDM qurilmalariga juda ham yuqori talablarni qo`yadi, ayniqsa agar har bir optik kanal orqali 10 Gbit/s va undan yuqori tezlikli (STM-64, STM-256 yoki 10GE) signallar uzatilsa. Bu shu bilan bog`liqki, uzatiladigan signalning spektri (SDH va 10GE tizimlarda qo`llaniladigan NRZ potensial kodlashda) modulyasiya chastotasiga proporsional, shunnig uchun STM-64 signalining spektri STM-16 signaliga nisbatan taxminan 4 marta keng. 50 GGs va xattoki 25 GGs qadamlar 10 Gbit/s tezlikli signallarni uzatish imkonini beradi, lekin bunda impuls spektrlari bir birini qoplamasligi uchun chastotaning yuqori aniqliligini va tashuvchi to`lqinning mumkin bo`lgan minimal spektr kengligini, shuningdek shovqinlar sathini kamaytirishni ta‘minlash kerak. Bir optik tolada bir necha optik kanallarni tashkil qilish uchun har bir optik kanal signallarining to`lqin uzunliklari o`zgartiriladi. Bu signallar multipleksor yordamida zichlashtiriladi va optik liniyaga uzatiladi. Qabul punkitida bunga teskari jarayon – guruhli signaldan SDH signallarini har birini alohida ajratib olinadi va foydalanuvchilarga uzatiladi. Albatta, bir optik toladan ko`plab optik kanallarni uzatish uchun DWDM texnologiyasi yuqori aniqlikdagi jihozlar bilan ta‘minlangan. Lazer nurlanish manbai ta‘minlaydigan, to`lqin uzunligining aniqliligi, barqarorligiga yuqori talab qo`yiladi, chunki to`lqin uzunligining siljishi optik kanallarning ustama-ust tushishiga, o`zaro xalaqitlarga olib keladi.
DWDM tarmog`ini qurishda oraliq tugunlar kirish/chiqish multipleksori vazifasini bajaradi (1.2-rasm). DWDM tizimining asosiy to`rtta tugunini belgilash mumkin:
1) optik terminal multipleksor (Optical Terminal Multiplexer - OTM);
2) regenerator (Regenerator - REG);
3) optik kuchaytirgich (Optical Line Amplifier - OLA);
4) optik kirish/chiqish multipleksori (Optical Add Drop Multiplexer - OADM).
1.5-rasm. Oraliq tugunlarda kirish/chiqish multipleksorli DWDM tizimining tuzilish sxemasi
Optik kirish/chiqish multipleksorlari (OADM) guruhli optik signaldan aniq to`lqin uzunlikli signalni ajratib olishi va guruhli signalga o`sha to`lqin uzunlikli signalni kiritishi mumkin, tranzit signal spektri o`zgarmaydi, oraliq multipleksorga ulangan abonentlardan biri bilan bog`lanish bajariladi. OADM kiritish/chiqarish operatsiyasini optik vositalar yordamida yoki elektr ko`rinishga oraliq o`zgartirish yordamida bajarishi mumkin. Odatda to`liq optik (passiv) kirish/chiqish multipleksorlari kam sondagi kanallarini ajratib olishi mumkin, chunki har bir ajratib olish jarayoni optik signalni qo`shimcha yo`qotishlar olib kiradigan optik filtrdan ketma-ket o`tishini talab etadi. Katta uzunlikli aloqa masofalarida guruhli signalni har 600 km da qayta tiklash talab etiladi. Bu xolda ba‘zi joylarda OADM o`rniga regeneratorlarni o`rnatish zarur bo`ladi. Klassik SDHmultipleksorlaridan farqli ravishda ADM multipleksorlari kross-kommutatsiya matritsasiga ta‘sir etmaydi va qo`shimcha O-E-O o`zgartirishlarni amalga oshirmaydi.
Xulosa qilsak, agar multipleksorda signalni elektr regeneratsiyalash ishlatilsa, berilgan diapazondagi istalgan to`lqin uzunliklari sonini ajratib olish mumkin, chunki tranzit optik signal dastlab to`liq demultipleksirlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Landsberg G.S. Optika. –T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1981.
2. Raxmatullaеv. M. Umumiy fizika kursi. -T.: 1995.
3. Гуревича С.Б. Оптическая обработка информации. –М.: 2007.
4. Ионов А.Д., Попов Б.В. Волновые линии связи. –М.: «Радио и связь», 2006.
5. http://www.Ziyonet.uz
6. http://www.Atdt.tuit.uz/dl
7. http://www.fizika.ayp.ru›
8. http://www.dic.academic.ru
9. http://www.optika.ucoz.ru›index
http://fayllar.org
|
| |