• Optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari.
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali




    Download 158,45 Kb.
    bet7/8
    Sana22.05.2024
    Hajmi158,45 Kb.
    #250698
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    1 mustaqil ishi bajardi Djabborov b qabul qildi Rustamova M q fayllar

    Optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari. To’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish WDM texnologiyasi-optik tolaning o’tkazish qobiliyatini oshirishning samarali usuli.
    Reja:


    1. Optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari.


    2. To’lqin uzunligi bo’yicha zichlashtirish WDM va DWDM texnologiyasi.


    Optik aloqa liniyalarini zichlashtirish usullari.
    Tolali optik aloqa liniyalarini quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va spektr bo‘yicha. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin.
    Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu optik tola o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentining ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.
    Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki, signallarni bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi.
    Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentini oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri spektr bo‘yicha (to‘lqin bo‘yicha) zichlashtirishdir. Bunda har xil tezlikli va raqamli, analog turli modulyatsiyali (telefon, televideniye, telemetriya, EXM boshqarish signallari) signallarni uzatish imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini tashkil etishni ta’minlaydi.
    Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig’idan bir muncha to‘liq foydalanish bu usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda 0,8....1,8 mkm diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish mumkin.

    Download 158,45 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 158,45 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti qarshi filiali

    Download 158,45 Kb.