Oʼzbekiston respublikаsi аxborot vа kommunikаtsion texnologiyalаrini rivojlаntirish vаzirligi




Download 154,15 Kb.
bet2/3
Sana30.12.2023
Hajmi154,15 Kb.
#129106
1   2   3
Bog'liq
sql tili va operatorlari
Amaliy ishi 2 malumotlar tuzilmasi.HABIBULLO, AMALIY MASHGULOT 1, MALUMOTLAR BAZASI DARSLIK, 6-amaliy ish, Ma\'lumotlar bazasi (Sh.Nazirov, A.Ne\'matov, R.Qobulov, N.Mardonova) 5, 2-amaliy ish

SQL tilida ma‘lumotlar turlari


SQL tilida ma‘lumotlarning quyidagi asosiy turlari ishlatilib, ularning formatlari har xil MBBT lar uchun farq qilishi mumkin:
Jadvallar yaratish va ularga cheklovlar kiritish
Jadvallarni yaratish. Jadvallar CREATE TABLE buyrug‘i bilan yaratiladi. Bu buyruq qatorlarsiz bo‘sh jadval yaratadi. U jadval nomini, ma’lum tartibda ko‘rsatilgan ustunlar nomlari ketma – ketligi, ma‘lumotlar turlari va ustunlar o‘lchovini aniqlaydi.
Cheklovlarni kiritish. Jadvalni yaratayotganda (yoki uni o‘zgartirayotganda), maydonlarga kiritilayotgan qiymatlarga cheklovlar o‘rnatish mumkin. Bu holda SQL cheklovlarga to‘g‘ri kelmaydigan hamma qiymatlarni rad etadi.
Maydonga bo‘sh (NULL) qiymatlar kiritilishi oldini olish uchun CREATE TABLE buyrug‘ida NOT NULL cheklovi ishlatiladi. Masalan, birlamchi kalitlar xech qachon bo‘sh bo‘lmasliklari kerak.
Ko‘p hollarda ustunga kiritilgan qiymatlar bir biridan farq qilishi kerak bo‘ladi. Agar ustunga UNIQUE cheklovi o‘rnatilsa, unda ustunga qiymat kiritishga urinish rad etiladi. Bu cheklov bo‘sh bo‘lmaydigan (NOT NULL) deb e’lon qilingan maydonlarga qo‘llaniladi.
Jadval cheklovi UNIQUE maydonlar guruhiga ham o‘rnatilishi mumkin. Bu bir necha maydonlar qiymatlari kombinatsiyasi unikalligini ta’minlaydi.
Maydon qiymatlarini tekshirish (CHECK cheklovi)
CHECK cheklovi jadvalga kiritilayotgan ma‘lumot qabul qilinishidan oldin mos kelishi lozim bo‘lgan shart kiritishga imkon beradi. CHECK cheklovi CHECK kalit so‘zi ko‘rsatilgan maydondan foydalanuvchi shartli ifodadan iboratdir.
CHECK cheklovidan maydonga ma’lum qiymatlarini kiritishdan himoya qilib, xatolar oldini olish uchun foydalanish mumkin.
Ko‘zda tutilgan qiymatlarni o‘rnatish. Biror bir maydon uchun qiymat ko‘rsatmagan holda jadvalga satr qo‘shilish kerak bo‘lsa, SQL bunday maydonga kiritish uchun ko‘zda tutilgan qiymatga ega bo‘lishi kerak, aks holda buyruq rad etiladi. Eng umumiy ko‘zda tutilgan qiymat NULL qiymatdir. CREATE TABLE buyrug‘ida ko‘zda tutilgan qiymat DEFAULT operatori orqali, ustun cheklovi sifatida ko‘rsatiladi
Maydonlar qiymatlarini kiritish, o‘chirish va o‘zgartirish
Jadvallarni o‘chirish.
Faqat bo‘sh jadvalni o‘chirish mumkin. Jadvalni o‘chirish buyrug‘i quyidagi ko‘rinishga ega:
DROP TABLE ;
Jadvalni yaratilgandan so‘ng o‘zgartirish. Jadvalni o‘zgartirish uchun ALTER TABLE buyrug‘idan foydalaniladi. Bu buyruqda jadvalga yangi ustunlar qo‘shish, ustunlarni o‘chirish, ustunlar kattaligini o‘zgartirish, hamda cheklovlarni qo‘shish va olib tashlash imkoniyatlariga ega.
Jadvalga ustun qo‘shish buyrug‘i:
ALTER TABLE ADD
;
Qiymatlarni kiritish. Hamma satrlar SQLda INSERT buyrug‘i yordamida kiritiladi. INSERT quyidagi formatga ega:
INSERT INTO
[(column [,column] ...)]
VALUES ( [,] ... );
Satrlarni o‘chirish. Satrlarni jadvaldan DELETE buyrug‘i bilan o‘chirish mumkin. U alohida qiymatlarni emas faqat satrlarni o‘chiradi. DELETE quyidagi formatga ega:
DELETE FROM




[WHERE search-condition];
Masalan, sotuvchilar jadvalidagi hamma satrlarni o‘chirish uchun, quyidagi shartni kiritish mumkin:
Ma’lum satrlarni o‘chirish uchun shartlardan foydalaniladi.
Maydon qiymatlarini o‘zgartirish. O‘zgartirish UPDATE buyrug‘i yordamida bajariladi. Bu buyruqda UPDATE ifodasidan so‘ng jadval nomi va SET ifodasidan so‘ng ma’lum ustun uchun o‘zgartirish ko‘rsatiladi. UPDATE ikki formatga ega. Ulardan birinchisi:
UPDATE




SET column = expression [, column = expression] ...[WHERE search-condition]bu yerda expression - bu ustun | ifoda | konstanta | o‘zgaruvchi.

Ikkinchi variant:




UPDATE SET column = expression, ...[ FROM table-list ][ WHERE search-condition]
Ma’lum satrlarni o‘zgartirish uchun DELETE dagi kabi shartlardan foydalanish kerak.
SET vergul bilan ajratilgan ixtiyoriy sondagi ustunlarga qiymat tayinlashi mumkin.
Oddiy SELECT so‘rovlar va mantiqiy operatorlar
SELECT operatori MB jadvallaridan natijaviy to‘plam olish uchun mo‘ljallangandir. SELECT operatori yordamida MBga so‘rov beriladi va u foydalanuvchiga ma‘lumotlarning natijaviy to‘plamini qaytaradi. Bu ma‘lumotlar jadval shaklida qaytariladi. Bu jadval keyingi SELECT operatori tomonidan yana qayta ishlanishi ham mumkin.
SELECT operatori SQL quyidagi ko‘rinishga ega:
SELECT [ALL]
FROM jadval
WHERE izlash sharti
GROUP BY ustunlar
HAVING izlash sharti
ORDER BY tartiblash spesifikatori
Masalan, OFFICES jadvalidagi hamma yozuvlarni qaytaruvchi sodda so‘rov quyidagicha yoziladi.
SELECT * FROM OFFICES
Agar izlash sharti TRUE bo‘lsa qator natijaviy to‘plamga qo‘shiladi, agar izlash sharti FALSE bo‘lsa, qator natijaviy to‘plamga qo‘shilmaydi, agar NULL bo‘lsa ham natijaviy to‘plamdan chiqariladi. O‘z ma’nosiga ko‘ra WHARE, kerakli yozuvlarni qoldiruvchi filtr sifatida ishlatiladi.
Mantiqiy operatorlar
BETWEEN va IN operatorlari. BETWEEN operatori - bu qiymatlar diapazoniga tegishlilikni tekshirishdir.
NOT ifodasi shartni teskarisiga o‘giradi, yani tegishli emas ma’nosini bildiradi. NOT ifodasi yordamida berilgan diapazonga tegishlilikni tekshirish mumkin.
IN operatori to‘plamga tegishlilikni tekshiradi.
NOT IN yordamida diapazonga "tegishli emaslikni " tekshirish mumkin.
LIKE operatori.
Quyidagicha '%' shablonli LIKE operatorini qaraymiz:
SELECT COMPANY, CREDIT_LIMIT FROM CUSTOMERS
WHERE COMPANY LIKE '%n'
Bu xolda LIKE '%n' operatori 'n' harfiga tugaydigan hamma yozuvlarni ko‘rsatadi, agar
% shabloni birinchi kelsa:
SELECT COMPANY, CREDIT_LIMIT FROM CUSTOMER
WHERE COMPANY LIKE '%gan'
Agar faqat bitta simvol ixtiyoriy bo‘lsa '_' shabloni qo‘llaniladi. Masalan:
SELECT COMPANY, CREDIT_LIMIT FROM CUSTOMERS
WHERE COMPANY LIKE 'Ap_lsin'
Yozuvlarni tartiblash, ORDER BY ifodasi. SELECT operatori tarkibida natijaviy yozuvlarni tartiblangan holda taqdim etish uchun ORDER BY ifodai ko‘zda tutilgan. Masalan, agar o‘quvchilar ro‘yxatini alfavit tartibida yoki tovarlar narxini kamayish tartibida chiqarish zarur bo‘lsa, u holda bu ifodadan foydalanish kerak bo‘ladi.
Quyidagi misolni ko‘ramiz: Har bir offis uchun sotuvlar haqiqiy hajmlarini regionlar nomlari, har bir regionda esa shaharlar nomlari bo‘yicha alfavit tartibida chiqarish.
SELECT CITY, REGION, SALES FROM OFFICES ORDER BY REGION, CITY
Masalan: Sotuvlari haqiqiy xajmlari kamayish tartibida bo‘lgan offislar ro‘yxatini chiqarish.
SELECT CITY, REGION, SALES FROM OFFICES
ORDER BY SALES DESC
Sotuvlar hajmlarini DESC predikatini qo‘llab kamayish tartibida chiqaramiz. O‘sish tartibida chiqarish uchun ASC predikati qo‘‘llanadi.Bu predikat ko‘zda tutilgan bo‘lib, uni ko‘rsatish shart emas.

Download 154,15 Kb.
1   2   3




Download 154,15 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oʼzbekiston respublikаsi аxborot vа kommunikаtsion texnologiyalаrini rivojlаntirish vаzirligi

Download 154,15 Kb.