• 6.2. Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi shartnoma
  • O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    6.1
    -
    rasm. Shartnomaviy majburiyat doirasi


    62
    2. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatadi, lekin uning ta’sirini
    oldindan aytish mumkin. Shaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil
    natijalarning paydo bo`lishi ehtimoli ma’lum bo`lganida «hisoblab chiqish» mumkin.
    3. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatadi, lekin uning ta’sirini
    oldindan aytib bo`lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin
    emas, chunki qarorni qabul qilish vaqtida ularning paydo bo`lishi ehtimoli emas, balki
    faqat uning muqobil yakunlari ma’lum.
    Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi.
    Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili
    mavjud: xatarga
    qarshi
    insonlar; xatarga
     betaraf
    munosabatda bo`ladigan insonlar
    va xatarga
    moyil
    insonlar (risk aversion, risk neutrality, risk preference).
    6.2. Sotish to`g`risidagi shartnoma va
    yollash to`g`risidagi shartnoma
    Qaysi institutsional doiralar insonlarning «tabiiy» («tabiat» bilan
    shartlangan) xatar va noaniqliklarga bo`lgan munosabatlarining o`ziga xos
    xususiyatlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzish imkonini beradi? Ushbu
    institutsional doiralar bitim tomonlaridan biriga o`zaro hamkorlik natijalariga
    «tabiiy omillar» ta’siridan qat’i nazar kafolatlangan daromad olish huquqini qo`lga
    kiritib, xatardan voz kechish imkoniyatini beruvchi yollash to`g`risidagi
    shartnomada belgilanadi. Biroq bunda shartnomaning xatarga qarshi bo`lgan
    tomoni vaziyat qulay tus olgan hollarda katta daromad olish uchun e’tirozlardan
    voz kechadi.
    «Yollash to`g`risidagi shartnoma» atamasi yollanma xodim va ish
    beruvchining o`zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda
    tutiladiki, yollanma xodim – xatarga qarshi, ish beruvchi esa xatarga nisbatan
    betaraf. Bozor kon’yunkturasi va yollanma xodim ishlab chiqaradigan mahsulotga
    bo`lgan talab qanday bo`lishidan qat’i nazar, u mehnati uchun qat’iy belgilangan
    mukofotni oladi. Bunda shartnomaning o`zida qaysi harakatlarni amalga
    oshirganlik uchun yollanma xodim mukofot olishi aniq ko`rsatilmaydi, harakatlar
    xususiyati «tabiiy» omillar bilan shartlangan u yoki bu vaziyat sodir bo`lishidan
    kelib chiqadi. Amalda yollash to`g`risidagi shartnoma faqat yollanma xodimning
    ish beruvchining qarorlariga bo`ysunishi zarurligini qayd etadi.
    Endi yuqorida aytilganlarni qat’iyroq shaklda namoyon etamiz. Shartnoma
    tuzish pallasida uning amalga oshirilishiga shartnoma ishtirokchilarining nazorati
    ostida bo`lmagan
    ye
    i
    voqealar ta’sir ko`rsatishi ma’lum, deylik. Shu bilan birga
    ushbu
    r
    i
    voqealarning sodir bo`lishi ehtimoli ham ma’lum. U holda yollash
    to`g`risidagi shartnomani tuzishda ish beruvchi tomonidan yollanma xodim
    shartnomaning amalga oshirilishi pallasida qanday
    ye
    i
    voqea sodir bo`lishiga qarab
    bajarishi uchun
    x
    i
    vazifani tanlash tartibi tafsirlanadi. Yollash to`g`risidagi
    shartnomada butun
    X
    vazifalar yig`indisi haqida kelishib olinadi, shulardan ish
    beruvchi, bunda o`zining foydalilik funksiyasini maksimallashtirgan holda
    x
    i
    ni
    tanlashi mumkin. Ya’ni yollash to`g`risidagi shartnoma deb
    X
    vazifalar
    yig`indisining unda funksiyaning maksimal qiymati


    63
    EU[p
    l
    x
    l
    (e
    l
    ) Q p
    2
    x
    2
    (e
    2
    ) Q ...Qp
    k
    x
    k
    (e
    k
    )],
    bu yerda x
    l
    , ..., x
    k
    є X bo`lgan tafsirsiga aytiladi, bu yerda EU – ish
    beruvchining kutilayotgan foydaliligi. Yollash to`g`risidagi shartnomaga
    sotish
    to`g`risidagi shartnoma
    muqobil hisoblanib, unda ehtimoliy vazifalarning
    yig`indisi emas, balki bajarish uchun qabul qilinadigan va ye
    i
    voqealar sodir
    bo`lishining ma’lum ehtimolligi asosida belgilangan muayyan vazifalar haqida
    kelishib olinadi. Shunday qilib, sotish to`g`risidagi shartnoma quyidagi
    funksiyaning qiymati maksimal bo`ladigan (shartnomaning amal qilish muddati
    mobaynida)
    kelgusi
    davrlarda bajarish uchun qabul qilinadigan vazifalarni belgilab
    beradi:
    r
    l
    U[x
    l
    (ye
    l
    )]Qp
    2
    U[x
    2
    (e
    2
    )]Q...Qp
    k
    U[x
    k
    (e
    k
    )],
    bu yerda U – bitim ishtirokchilarining x
    i
    topshirig`ini bajarishdan umumiy
    foydaliligi.
    Sotish to`g`risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga
    nisbatan betaraf bo`lib, kutilayotgan voqealar sodir bo`lmasligi va shartnomada
    qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo`lmagan ehtimollikka
    ko`nishga tayyor bo`lgan taqdirda tuzilishi mumkin.
    Demak, sotish to`g`risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda
    bo`ladigan – xatarga betaraf shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
    Yollash to`g`risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo`ladigan –
    xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o`zaro hamkorligining institutsional
    doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf
    bo`lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o`zlarining kelgusida «tabiiy»
    omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan
    ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. Shaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi
    ustidan
    nazorat qilish huuqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi
    yuz beradi. Huddi

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish