• Takrorlash uchun savollar
  • 8-BOB. DAVLAT INSTITUTSIONAL TAShKILOT SIFATIDA 8.1. Davlatning funksiyalari 8.2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish
  • O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet85/101
    Sana28.05.2024
    Hajmi0,7 Mb.
    #255953
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101
    Bog'liq
    institutsional iqtisodiyot 1 1 1

    Tayanch so`zlar va iboralar
    “Prinsipial” va “agent” munosabatlari, ichki axborot assimmetriyasi, Nesh
    bo`yicha muvazanat, “agentlar” raqobati, firmaning ichki tuzilmalari, xolding,
    unitar tashkilot, multidivizinal tuzilma, trayektoriya, tashkiliy madaniyat,
    firmaning xillari, taqqoslash mezonlari.
    Takrorlash uchun savollar
    1. “Prinsipial” va “agent” so`zlari nimani anglatadi? Ular o`rtasidagi
    munosabatlar nimalarga asoslanadi?
    2. Sizga yaxshi tanish bo`lgan tashkilotni tanlang va quyidagi savollarga
    javob bering: korxonada «prinsipal-agent» muammosi qanday hal etiladi;
    korxonaning tashkiliy tuzilishi qanaqa (unitar, xolding, multidivizional, aralash);
    korxona firmaning qaysi ideal xiliga ko`proq yaqin?
    3. O`zbekiston bozorida ishlovchi chet el firmasining filiali qanday xildagi
    korxona jumlasiga kirishi mumkin? Javobingizni asoslashda qaysi omilarni
    hisobga olish lozim?
    4. O`tish xilidagi korxona barqaror tashkiliy tuzilma hisoblanadimi yoki
    ushbu ideal xil yordamida faqat
    B
    korxonaning A firmaga aylantirilishidagi
    bosqich yoritilganmi?


    109
    8-BOB. DAVLAT INSTITUTSIONAL TAShKILOT SIFATIDA
    8.1. Davlatning funksiyalari
    8.2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish
    8.3. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»
    8.4. Davlat «chegarasi»
    8.1. Davlatning funksiyalari
    Firmadan tashqari, davlat ham tashkilotning yana bir turi hisoblanadi.
    Davlatning o`lchamlari katta bo`lsada, iqtisodiyotga davlatning iqtisodiyotga
    aralashuvini tahlil qilish mikroiqtisodiyot emas, balki makroiqtisodiyot predmetiga
    kiradi, davlatni alohida tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko`rib chiqish
    lozim. Fuqarolar tomonidan o`z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi fakti
    bunday yondashuvning asosini tashkil qiladi – u o`z faoliyatini aynan shu asosda
    amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, davlatning tabiati fuqarolar va davlat
    apparati o`rtasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari bilan belgilanadi.
    Odatda fuqarolar bilan davlat o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi
    ijtimoiy
    shartnoma
    rolini o`ynovchi konstitutsiyada qayd etiladi. Masalan, Amerikada
    qo`llaniladigan «Huquqlar to`g`risidagi bill» shaxslardan hech qanday holatda
    begonalashtirilishi mumkin bo`lmagan huquqlarni va ular tomonidan davlatga
    topshirilishi mumkin bo`lgan huquqlarni aniq chegaralaydi.
    Nima uchun fuqarolar o`zlarining «tabiiy» huquqlaridan ixtiyoriy ravishda
    voz kechishadi va ularni davlatga topshirishadi? Hukumronlik munosabatlarining
    har qanday boshqa variantlari singari ushbu holatda ham fuqarolarni davlatning
    o`zaro hamkorlikni ta’minlash bo`yicha qator funksiyalarning amalga oshirilishini
    ularning o`zlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq uddalashiga bo`lgan ishonch
    harakatlantiradi. Mazkur funksiyalar to`plami u yerda bozor «muvaffaqiyatsizligi»
    o`rin tutgan, ya’ni u yerda klassik va neoklassik shartnomalar asosida hal etib
    bo`lmaydigan vazifalar paydo bo`ladigan sohalar bilan belgilangan. Bunday
    vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
    -
    mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish:
    transaksiya
    xarajatlari nolga teng bo`lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi
    resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko`rsatadi;
    -
    axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish:
    muvozanatli narx
    bozor ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko`rsatilgan axborot bilan
    almashish imkonini beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida
    shakllanadi;
    -
    o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish:
    davlatning ushbu
    yo`nalishdagi faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o`lchash
    xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi, yanada keng ma’noda esa universal
    chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham
    kiradi, chunki almashuvning universal tadbiri – pulning eng muhim
    funksiyalaridan biri;
    -
    tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va
    mexanizmlarini barpo etish:
    bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish


    110
    tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari
    (transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan maydonchalar va h.k.)ni ham o`z
    ichiga oladi;
    -
    huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini
    bajarish:
    shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo`lishi
    sharnoma tomonlarining ulardan opportunistik maqsadlarda foydalanishidan
    kafolatlash uchun «uchinchi» tomon (sud)ning aralashuvini talab qiladi;
    -
    sof ijtimoiy farovonlikni yaratish
    «chiptasiz» muammosini keltirib
    chiqaradi, bu uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan
    foydalanishni talab qiladi (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog`liqni saqlash va
    ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish).
    Endi davlatning ushbu sanab o`tilgan funksiyalaridan birinchisini,
    shuningdek uning mazkur sohadagi qiyosiy ustunliklarini batafsilroq ko`rib
    chiqamiz.
    Davlat
    – fuqarolarning quyidagi sohalarda o`z faoliyatini nazorat qilish
    huquqlarining bir qismini topshirishi natijasida yuzaga keladigan hukumronlik
    munosabatlarining alohida varianti: mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya
    qilish; axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish; o`lchash va tortish
    standartlarini ishlab chiqish; tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish
    tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish; huquqni muhofaza qilish faoliyati va
    ijtimoiy farovonlikni yaratish. Ushbu sohalarda davlat legitim, ya’ni ijtimoiy
    shartnomaga asoslangan majburlash va kuch ishlatish huquqiga ega bo`ladi.

    Download 0,7 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   101




    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»

    Download 0,7 Mb.
    Pdf ko'rish