|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 101/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAGerbert Spenser (1820 – 1903) – ingliz faylasufi va sotsiologi, pozitivizm asoschilaridan biri. Spenser Kont izidan borib, sotsiologiya asosiga evolyusiya g‘oyasini qo‘ygan. Evolyusiyaning mohiyatini u aloqadorlikning o‘sib borishida, deb bilgan. Uning "Sotsiologiya asoslari" asarining o‘zagini biologik ijtimoiy organizmlar o‘rtasida o‘xshashlik mavjud, degan qoida tashkil etadi. Bu masalada Spenser, Aflotun va Gobbs kabi jamiyatga "organizmik" yondashuvchi mutafakkirlar bilan bahsga kirishadi. Uning fikricha individual organizm "konkretlilik", ijtimoiy organizm esa "diskret" xususiyatga ega. Demakki, jamiyat alohida olingan shaxsni "yutib" yubora olmaydi. SHaxsning butunlay, ijtimoiy bir butunlikka bo‘ysungan jamiyatdan uni tashkil etuvchi, individlarga "xizmat qiluvchi" holatga o‘tishini, Spenser ijtimoiy taraqqiyotning muhim o‘lchovi, deb bilgan.
Kishilarning umumiy maqsadlariga erishishlaridagi hamkorligining ixtiyoriy yoki majburiy ekanligi ijtimoiy tuzilmalarning asosiy farqini belgilaydi. Aynan shu narsa "harbiy" va "sanoat" xilidagi jamiyatlarning qarama–qarshiligini belgilaydi. Spenser qarashlarida evolyusiyaviy– tarixiy yondashuv, strukturali – funksional va sistemali yondashuvlar bilan birlashib ketgan. Uning fikricha, ijtimoiy organizm uchta asosiy "sistema"dan iborat: "regulyativ", "hayot uchun vositalar ishlab chiquvchi", "taqsimlovchi". Sinfiy tavofutlarning manbaini g‘oliblarni xukmron sinfga aylanishi, mag‘lublarning qul yoki mute’ bo‘lib qolishi tashkil etadi. "Regulyativ" sistemani tahlil qilar ekan Spenser e’tiborini " ijtimoiy nazorat" mexanizmlariga qaratadi. Xususan, siyosiy boshqaruvni u ijtimoiy nazoratning bir turi sifatidagina qaragan. Bu institutlar, ibtidoiy jamiyatdayoq mavjud bo‘lgan shakllardan yuzaga kelgan va asta – sekin rivojlanib borgan.
Har qanday ijtimoiy institut "ijtimoiy harakatlarning" mustahkam tuzilmasi sifatida shakllanadi. Odamlarning kundalik xatti – harakatlari ustidan ijtimoiy nazorat "marosimiy institutlar" tomonidan amalga oshirildi. "Marosimlar", munosabatlarga kirishayotgan sub’ektlarning "maqom" va "miqyos"larini ramzlashtirgan holda, muomalani tartibga soladilar. Spenser evolyusiyani tarixiy jarayonga tadbiq etar ekan, ba’zi yangi hodisalarni tushuntirishda murakkabliklar sezgan. Masalan, kapitalistik erkin raqobat davrining tugashini ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotning asosiy mezoni, deb bilgan. Shuning uchun u harbiylashtirilgan va byurokratiyalashib borayotgan jamiyatning bag‘ridagi xavfni tasvirlashga harakat qilgan.
Spenser sotsiologik ta’limotining ba’zi g‘oyalari (jamiyatning organik konsepsiyasi, ijtimoiy darvinizm unsurlari, muvozanat nazariyasi) zamonaviy sotsiologiya, xususan, Parsonsning strukturali funksional tahlili, sotsiobiologiya maktablari tomonidan puxta o‘zlashtirilgan.
|
| |