6
1-mavzu: Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasining rivojlanish
tendensiyasi. Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlari, zamonaviy
kompyuterlarni arxitekturasi tamoillari va klassifikatsiyasi.
Kompyuter tizimlarining xotirasini tashkillashtirish asoslari
Reja:
1. Kirish
2. Kompyuterning rivojlanish tarixi
3. Kompyuterni tashkil etishda umumiy qarashlar
4. Asosiy xotira
haqida asosiy tushunchalar
5. Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari
6. Xotira modullarining quyidagi xillari mavjud.
Kalit so'zlar. Triggerlar (triggers), registrlar (registers), ventillar, xotira
elementlari (memory elements), asosiy xotira (main memory), yordamchi xotira,
adreslash (address), razryad, kiritish-chiqarish arxitekturasi (input - output
architecture), shinalar (bus), arifmetik - mantiqiy qurilma (arithmetic - logical
devices), boshqarish qurilmasi (control device), Xotira (memory), yacheyka,
registrlar (registers), operatsion tizim, asosiy xotira (main memory), akkumulyator,
adreslash (address), razryad, segment
, shinalar (bus), SIMM, DIMM, boshqarish
qurilmasi (control device), kondensator, dinamik xotira, flesh-xotira, sath, konveyer,
superskalyar.
1.Kirish
Hozirda kompyuter injiniringi va dasturiy injiniring hamda ularga yondosh
sohalar mutaxassislari - kompyuterlarda, kompyuter tizimlarida va kompyuter
tarmoqlarida amalga oshirilayotgan ma’lumotlarni
ishlash jarayonlarini qanday
tashkil qilinganligini tushunishlari, ulardan kundalik faoliyatlarida foydalana olishlari
tobora muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Fan o’qitilishidan maqsad. Kompyuterda ma’lumotlami ishlash jarayonlari,
ya’ni hisoblash jarayonlarining qanday tashkil
qilinganligi, ma’lumotlami bir joydan
boshqa joyga ko‘chirib yozish amallari, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash,
kompyuterda, kompyuter tizimlarida va kompyuter
tarmoqlarida xavfsizlik
choralarini amalga oshirish hamda multimedia vositalari bilan ishlash uchun
yaratilgan dasturiy vositalardan unumli foydalanish, ularni amaliyotda qo‘llashda -
kompyuter arxitekturasiga oid bilimlardan xabardor bo‘lishlik ham talab etilmoqda.
Hozirda kompyuter va telekommunikatsion tarmoqlar asosida yaratilgan va
7
yaratilayotgan turli xil tizimlarni, jumladan taqsimlangan
va bulutli hisoblash
tizimlari kabi tizimlarni ham, o‘ziga xos kompyuterlar deb qarash mumkin
bo‘lmoqda.