8
Uchinchi bobda kompyuterlar protsessorlarning tuzilishlari va qanday
ishlashlarini tushuntirish amalga oshirilgan.
Unda sakkiz, o‘n olti va o‘ttiz ikki
razryadli protsessorlarning tuzilishlari va qanday ishlashlari ularni o‘zaro
taqqoslashlar bilan keltirilgan. Ushbu bobda zamonaviy kompyuterlar protsessorlari -
Intel Core i7, UltraSPARC III, OMAP4430 va ATmega168 protsessorlari hamda
parallel kompyuter arxitekturalariga oid ma’lumotlar bilan ham tanishtiriladi.
To‘rtinchi bob Assembler tilida dasturlash asoslarini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Unda asosiy e’tibor Assembler tilida yozilgan dasturlarni o‘rganish va tuzish asosida
kompyuter arxitekturasining tuzilishini qanday ekanligini mukammalroq tushinib
olish mumkinligi ta’kidlangan.
Beshinchi bobda kompyuterga ma’lumotlarni kiritish-chiqarish
arxitekturasi,
kompyuterning shinalari va ularning ishlash tamoillari haqida so‘z yuritilgan.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda qo‘llanilayotgan PCI, PCI Exspress
va USB shinalarining tuzilishlari va xususiyatlari ko‘rib chiqilgan.