Birinchi avlodStrela, BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1.Ikkinchi avlodMir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32, M-220 |
Kompyuterning rivojlanish tarixiBu sahifa navigatsiya:
- Birinchi avlod
- Strela, BESM-1, M-2, M-3, M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1.
- Ikkinchi avlod
- Mir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32, M-220
2. Kompyuterning rivojlanish tarixi
Kompyuter arxitekturasining rivojlanish bosqichlarini quyidagicha ifodalash
mumkin:
Nolinchi avlod - mexanik kompyuterlar (1642-1945 yillar) - Paskal (1642 yil),
Leybnits
(1672 yil)
va Bebbidjlar
(1722 yil)
tomonidan ishlab chiqilgan
kompyuterlar.
Birinchi avlod - elektron lampalar asosida qurilgan kompyuterlar (1945-1955
yillar) - Fon Neyman tamoili asosida qurilgan kompyuterlar. Birinchi kompyuterni
yaratishda M.V.Keldsh, S.A.Lebedev, M.A.Lovrentev kabi buyuk olimlarning xissasi
kattadir. Bu avlodlarga quyildagi kompyuterlar kiradi: Strela, BESM-1, M-2, M-3,
M-20, Minsk-1,12,14, BESM-2, Ural-1.
Birinchi avlod kompyuterlardan foydalanish ochiq holatda bo’lib, unga ko'ra
har bir dasturchi kompyuterni o’zi boshqarar edi. Shuning uchun ham kompyuterni
foydali ish vaqti foydalanuvchining malakasiga bog’liq edi. Bu davr standart
dasturlar yaratish, dasturlar kutubxonasini tashqi xotirada saqlash va undan
foydalanish bilan ajralib turadi.
Ikkinchi avlod - tranzistorlar asosida qurilgan kompyuterlar (1955-1965
yillar). Bu avlod kompyuterlarida dasturlar asosan algoritmik tillarda tuzilib, ularni
tushinish uchun traslyator (tarjimachi dasturlar) lar yaratildi. Bu dasturlash jarayonini
avtomatlashtirishdagi muhim qadamlardan biri bo’ldi. Bu davrga kelib, dasturchilar
uchun yopiq holat joriy etildi va unga ko'ra dasturchilar kompyuter joylashgan
xonaga kiritilmasdan, ular o’zlarining dasturlarini operatorlarga topshirar va natijani
kutib turar edilar. Birinchi va ikkinchi avlodlarning xotira o’lchami sifatida mashina
9
so’zlari (yacheykalar) olingan bo’lib, ularning uzunligi doim bir xil bo’ladi.
2-avlodga quyildagi kompyuterlar kirar edi: Mir-1, Mir-2, Minsk-2, 22, 32, M-220,
|
| |