15
Kesh-xotirani qo‘llashning - bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2.6-
rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-
xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-I)
va ma’lumotlar uchun (L1-D) mo’jallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha hajmga
ega bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan bitta
blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha
hajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda
saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi. Uchinchi sath kesh-
xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir necha megabayt
hajmga ega bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan
(TXQ) iborat bo‘ladi (rus tilida -
статическое оперативное запоминающее устройство - ОЗУ).
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha birinchi sath
kesh-xotirasidagi barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh- xotirasida, ikkinchi sath
kesh-xotirasining barcha ma’lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham
yozilgan bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir necha xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri
akslantiriluvchi kesh-xotira (rus tilida - кэш-память прямого отображения) va
assotsativ kesh-xotira.
Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari. Hozirda xotira mikrosxemalari,
odatda 8 ta yoki 16 tali guruhlarga birlashtirilib bitta kichikroq plataga o‘matilgan
holda ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda (2.8-rasm). Bunday platalar
xotira
modullari deb ataladi.