• 4. Asosiy xotira haqida asosiy tushunchalar Asosiy xotira
  • Himoyalangan rejim
  • 0-Zamonaviy kompyuterlarning arxi(6-22). docx




    Download 332,83 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/8
    Sana16.12.2023
    Hajmi332,83 Kb.
    #121005
    1   2   3   4   5   6   7   8
    analog kompyuterlar mavjud.
    3. Kompyuterni tashkil etishda umumiy qarashlar
    Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning qurilish asoslarini o‘zida
    mujassam etgan dastlabki kompyuterlardan biri, bu 1952 yili Djon Fon Neyman


    10
    tomonidan ishlab chiqilgan va birinchi avlod kompyuterlariga mansub bo‘lgan - IAS
    (Immediate Address Storage) «to‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslanuvchi xotira» degan nomga
    ega kompyuter edi. Ushbu kompyuterning arxitekturasini 1.1-rasmda keltirilgan
    chizma asosida tushuntirish mumkin.
    1.1-rasm. Fon Neyman kompyuterining tuzilish chizmasi.
    Fon Neyman kompyuteri beshta asosiy qismlardan iborat edi: xotira, arifmetik-
    mantiqiy qurilma, boshqarish qurilmasi va ma’lumotlami kiritish-chiqarish
    qurilmalari. Ushbu kompyuterning xotirasi, har biri 40 bit uzunlikdagi 4096-ta
    so‘zlardan iborat edi. Bu 4096 x 5 bayt (40 bit = 5 x 8 bit) = 20480 bayt = 20 Kbayt
    hajmga ega tezkor xotira demakdir. 40 bitli har bir so‘z 20 bitli ikkita buyruqdan yoki
    40 bit uzunlikdagi ishorali butun sondan iborat bo‘lishi mumkin edi. 20 bit
    uzunlikdagi har bir buyruqning 8 biti buyruqning xilini - ya’ni qo‘shish (ADD),
    ayrish (SUB), ko‘paytirish (MUL), ko‘chirib yozish (MOV) kabi buyruqlardan birini
    ko‘rsatsa, buyruqning qolgan 12 biti esa xotiradagi 4096 so‘zdan birini adreslash
    uchun xizmat qilar edi.
    4. Asosiy xotira haqida asosiy tushunchalar
    Asosiy xotira - kompyuteming dasturlar va ma’lumotlami saqlash uchun
    mojllangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni
    saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladi. Hozirgi kompyuterlarning xotirasi 8-bitli,
    ya’ni bir baytli yacheykalardan iborat bo‘lib, xotiraga ana shu baytlarning adreslari
    orqali murojaat qilinadi. Baytlarni guruhlarga birlashtirilib so‘zlar (rus tilida - слово)
    hosil qilinadi. 1, 2, 4 va 8 baytli, ya’ni 8, 16, 32 va 64-bitli yoki razryadli so‘z
    uzunliklariga ega kompyuterlar mavjud.


    11
    1.2-rasm. 8-razryadli so‘z uzunligiga ega 64 Kbaytli asosiy xotira.
    1.3-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda
    joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira.
    Ushbu asosiy xotirada yacheykalar adreslarining qiymati 0000 dan FFFF
    gacha o‘zgarishi mumkin. Asosiy rasmda esa baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan
    xotira chizmasi keltirilgan. Bu xildagi xotira baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan
    xotira deb ataladi (rus tilida - прямой порядок следования байтов) va u SPARC


    12
    oilasiga mansub protsessorlarga ega bo'lgan serverlarda ishlatiladi.
    Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish qanday amalga
    oshirilishini ko‘rib chiqamiz. 2.3-rasmda asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni
    ko‘rsatilgan.
    Protsessorning IP (Instruction Pointer) yoki PC (Program Counter) deb
    nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq adresini
    ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ushbu registr buyruqlar sanagichi yoki buyruqlar
    ko‘rsatgichi deb nomlanadi. PC registrida yozilgan adres, ya’ni navbatdagi bajarilishi
    kerak bo‘lgan buyruqning adresi, protsessorning adres shinasi yordamida asosiy
    xotira bilan bog‘lanuvchi porti - adres registri orqali xotiraning, xotira adresi
    registriga uzatiladi. Shundan so‘ng xotiraning ma’lumotlar registriga ushbu adres
    bo‘yicha yozilgan ma’lumot chiqariladi. Bu ma’lumot, ma’lumotlar shinasi orqali
    protsessorning registrlaridan biriga, masalan akkumulyatorga, ya’ni A registriga kelib
    tushadi.
    1.4-rasm: Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni.
    Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat qilishning ikki xil rejimi
    mavjud (2.4-rasm):
    1. Real rejim - 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim
    kompyuter MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan. Hozirda bu,
    MS DOS operatsion tizimini emulyatsiya qilishda ishlatiladi.


    13
    1.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi.
    2. Himoyalangan rejim - xotira hajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan holda , ya’ni
    bu kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan buyon
    qo'llanilgan rejim hisoblanadi.
    Real rejimda xotiraga murojaat qilish segmentlarga murojaat qilish orqali,
    himoyalangan rejimda esa, sahifalarga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi. Bitta
    segmentning hajmi - 64 Kbayt, sahifaning hajmi esa - 4 Kbaytga ega bo‘ladi.

    Download 332,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 332,83 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    0-Zamonaviy kompyuterlarning arxi(6-22). docx

    Download 332,83 Kb.
    Pdf ko'rish