|
, BESM-3, 4, 4M, Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6222, BESM-3, 4, 4M, Rozdan, Ural-11, 14, 16, BESM-6.
Uchinchi avlod - integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar(1965-1980
yillar). Bu avlodning muxim qulayliklardan biri, ularning multi dasturli va vaqt
taqsimoti holatida ishlash imkoniyatlarining mavjudligidir. Bu imkoniyat kuchli
OT(operatsion tizim)ning yaratilishi bilan amalga oshiriladi. Kompyuter multidasturli
holatda ishlash jarayonini bir paytda bir necha dasturni bajarish imkoniyatiga ega,
ya‘ni kompyuter qurilmalari ishlash imkoniyatiga ega. Uchinchi avlod kompyuterda
ichki va tashqi xotira muammosi deyarli xal qilinib, tezlik muommo bo’lib qoldi. Bu
avlodga kompyuterlarning yagona tizimi ostida ishlaydigan mashinalar kiradi. 3-
avlod kompyuterlariga quydagilar kiradi: TI-ASC (Texas Instruments Advanced
Scientific Computer), STAR-100
To‘rtinchi avlod - katta integral sxemalar asosida qurilgan kompyuterlar (1980
yillardan boshlab) - Intel 8080 (8), 8086 (16), 8088 (16), 80486 (32) va Pentium
protsessorlari asosida qurilgan kompyuterlar.
1. Beshinchi avlod - ko‘rinmas kompyuterlar. «Ko‘rinmas kompyuterlar»
hozirda - maishiy texnika qurilmalari, soatlar, bank kartochkalari va boshqa-boshqa
ko‘pgina qurilmalar tarkibida ishlatilmoqda. Ushbu kompyuterlar, jahon ishlab
chiqarishining rivojlanishiga, o‘zining juda kuchli ta’sirini ko‘rsatdi va yillar o‘tishi
bilan uning bu ta’siri yanada kuchayib borishini ko‘rish qiyin emas.
Kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi davomida juda ko‘p turli xil
kompyuterlar ishlab chiqildi. Ularning ichida hozirda unitilib ketganlari bilan birga,
kompyuter arxitekturasiga oid zamonaviy g‘oya va ishlanmalarga o‘zining katta
ta’sirini ko‘rsatgan kompyuterlar ham bor. Kompyuter arxitekturasini yuqorida
keltirilgan rivojlanish bosqichlarini taxlil qilish bilan, zamonaviy kompyuterlarning
qanday qurilganligi va qanday ishlashi haqidagi bilimlarni yanada kengaytirish
hamda ushbu kompyuterlarda ishlash malakasini yanada oshirish mumkin bo‘ladi.
Bugungi kunda kompyuterlarning ikkita asosiy turi, ya’ni:
- ikkilik sonli kodlar ko’rinishidagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi raqamli
kompyuterlar;
- hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi sanaladigan, uzluksiz o’zgarib
turuvchi fizik (elektr kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi
|
| |