Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari




Download 4,4 Mb.
bet135/311
Sana20.12.2023
Hajmi4,4 Mb.
#125403
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari. Ishlab chiqarish jarayoni eng avvalo mehnat jarayonidir. Mehnat – bu, insonlarning foydali faoliyati bo‘lib, insonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat ne’matlariga ta’sir ko‘rsatib o‘z ehtiyojiga muvofiqlashtirish jarayonidir. SHuningdek mehnat iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omili hisoblanadi
Mehnatning quyidagi jihatlariga e’tibor berish zarur:

  • Inson ongli mehnat qiladi, o‘zi uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalarini ishlab chiqaradi va takror ishlab chiqaradi. Uning hayvonlardan farqi ham ana shunda. U o‘zi bilan tabiat o‘rtasidagi moddiy almashuv vositasini tartibga solib, nazorat qilib turadi;

  • Mehnat jarayonida inson faqatgina tabiatning o‘zgarishiga ta’sir qilibgina qolmasdan, o‘zining bilim doirasini kengaytiradi. Tajribasini, malakasini oshiradi va o‘zi ham o‘zgarib boradi, u inson ongining o‘sishi va taraqqiy qilishining asosiy omili bo‘lib maydonga chiqadi.

“Mehnat –umumiy ehtiyojlarni qondirish yo‘lida tabiat ne’matlarini o‘zlashtirishga qaratilgan, individ va jamiyat hayoti uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy farovonlikni yaratishga yo‘naltirilgan insonning maqsadga muvofiq faoliyati bo‘lib, u inson mavjudligining bosh mezonidir”78.
Demak mehnat insonning foydali faoliyati bo‘lib, uning sub’ekti mehnatkashlar hisoblanadi. Mehnatkashlarning ikkita konsepsiyasiga diqqatingizni jalb qilamiz (V.S.Barulin bo‘yicha). Birinchi konsepsiya – ijtimoiy-iqtisodiy, ikkinchi konsepsiya – ijodiy-madaniy. Birinchi konsepsiya bo‘yicha, mehnatkashlar – bular, yaratuvchilar, ish haqi oluvchi yollanma ishchilar, ular ekspluatatsiya qilinganlar, ezilganlar; qolganlar – “mehnatkash bo‘lmaganlar”. Ikkinchi konsepsiya mehnatkashlarning yanada keng mezonini ilgari suradi – jamiyat boyliklari majmuini, madaniyatning barcha turlarini: moddiy va ma’naviy madaniyatning yaratuvchilari. Mehnatkashlarning bu ikki konsepsiyasini ko‘rib chiqib, V.S.Barulin shunday hulosaga keladi: birinchi konsepsiya (siyosiy iqtisod bo‘yicha) jamiyatni tushunishning o‘z yo‘lida haqqoniy, biroq zamonaviy dunyoning rivojlanishi, ko‘proq ijodiy-madaniy konsepsiyaga diqqat qaratishni talab qiladi79.
K.Marks mehnatkashlar deganda asosan ishchilar sinfini nazarda tutadi. Uning nazarida ishchilar sinfi tom ma’noda moddiy ishlab chiqaruvchilar, ishlab chiqarish sub’ektlari. Uning fikriga qarama-qarshi tarzda D.Bell ta’kidlaydiki, ayni vaqtda sanoati rivojlangan davlatlarda industrial kapitalizm borasidagi marksistik iqtisodiy-siyosiy qarashlar o‘z kuchini yo‘qotmoqda. 1976 yil u shunday yozgan edi: “Tarixiy taraqqiyotga proletariatning partiya ta’limoti asosida mutlaq g‘alabasi sifatida qaraladi (partiya tomonidan amalga oshirilgan qatag‘onlar “proletariat diktaturasi” nomi bilan oqlanadi), bu dogmani proletariat postindustrial jamiyatning asosiy sinfi bo‘lib qolmaguncha mahkam ushlab turadi. Proletariat bu jamiyatda asosiy sinf bo‘lib qolarmikan?”80
Mehnat jarayonida o‘z ta’sirini o‘tkazadigan tabiat ashyolari mehnat omillari hisoblanadi. Inson mehnatining umumiy ashyosi tabiat va er hisoblanadi. Kishilar o‘zlariga kerak bo‘ladigan hamma narsalarni ana shular ichidan tanlab oladi va ularni ham hom ashyo, yarim fabrikat sifatida qayta ishlab foydalanadilar.
Fan-texnika inqilobining taraqqiy etishi bilan yangi mehnat ashyolarini hosil qilish imkoniyati yaratildi. Lekin shunda ham er, tabiat kishilik jamiyatining birinchi asosi bo‘lib qolaveradi. Demak, buyuk iqtisodchi U.Pettining “Mehnat boylikning otasi va u faol prinsipidir, er esa uning onasi”81 degan iborasi o‘z isbotini to‘la saqlab qoladi.
D.Bell fikricha, postindustrial jamiyatning asosiy xususiyatlariga “nazariy bilimlarning markaziy roli” kiradi. U o‘z qarashlarini shunday ifodalaydi: “Har bir jamiyat doim tajriba va bilimga tayangan. ...Bizning davrimizda, nazariy izlanishlar va moddiyatshunoslikning natijalarini tizimlashtirish texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, oxirgi yuz yillikning nimchoragida - sanoatning bilim talab qiladigan yangi sohalari – kompyuterlar, elektron, optik texnikalar, polimerlar ishlab chiqarishda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi”82. Demak ilmiy bilimlar va texnologiyalarham iqtisodiy taraqqiyotning omillari hisoblanadi. SHuningdek “XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan ilmiy-texnika inqilobining asosiy texnologik yutuqlari ilm-fanni, bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylantirdi. Ilmiy bilimlar tizimi sekin-asta jamiyat farovonligining ortishini belgilovchi omillar bo‘lgan tabiiy resurslar, homashyo, mehnat va kapital kabi an’anaviy manbalariga qaraganda, ustuvor omilga aylandi. Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish, tobora zamonaviy ilm-fanning asosiy sohasiga aylanmoqda va bunda ilm-fan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida jadal rivojlanayotgan texnika va ishchilarning yuksalib boruvchi kasbiy bilimlariga aylanmoqda”83.
Inson nimaniki yordamida mehnat ashyosiga o‘z ta’sirini o‘tkazsa, shu narsalar mehnat vositalari hisoblanadi. Unga birinchi navbatda mehnat qurollari kiradi: har-xil mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, qurilmalar.
Mehnat qurollarining takomillashib borishi tabiatga insonning hokimlik darajasining o‘lchovi ishlab chiqarish taraqqiyotining ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi. Ancha keng ma’noda mehnat taraqqiyotida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etmasada, lekin ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish inshootlari, turli axborot vositalari, aloqa kanallari ham mehnat vositalari hisoblanadi.
Mehnat vositalari va mehnat ashyosi birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil etadi.
Demak ishlab chiqarish jarayonining ro‘y berishi uchun ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari bo‘lishi shart. SHundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning omillari deganda: ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari tushuniladi.
Ishlab chiqarish jarayoni amalga oshishi uchun ish kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birlashishi, iste’mol qilinishi zarur.

Download 4,4 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   311




Download 4,4 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqtisodiy taraqqiyot va uning asosiy omillari

Download 4,4 Mb.